Kurs ishi mavzu: “


III.BOB. MAMLAKATIMIZDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING ISTIQBOLLI MASALALARI



Download 157,8 Kb.
bet10/13
Sana20.06.2022
Hajmi157,8 Kb.
#679812
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shonazarova MArjona

III.BOB. MAMLAKATIMIZDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING ISTIQBOLLI MASALALARI
3.1 Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishning istiqbollari
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq: qaror ijrosi yuzasidan alohida ishlar amal oshoirilishi belgilandi. Unga ko’ra Respublika, Toshkent shahri va viloyatlarda masxux ishchi guruhlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Yuqorida biz keltirib o’tgan prezidentimiz qarorlari asosida yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish ishlari juda keng miqyosda o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Tegishli tashkilotlar tomonidan soha rivojiga munosib amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu say harakatlarning natijasi evaziga maktabgacha ta’lim tizim dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga muhim omil bo’lmog’i lozim. T.Malikov va N.Haydarovlarning fikricha, “Moliyalashtirish deyilganda rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni taqdim etish tushuniladi. U pul mablag‘larini taqdim etishning o‘ziga xos shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir prinsiplarga tayanadi.
Ta’lim sohasi o‘ziga xos moliyaviy mexanizm bilan tavsiflanadi.
S.A.Belyakov ta’limni moliyalashtirish-ta’lim xizmatlariga haq to‘lash bilan bog‘liq munosabat bo‘lib, ushbu xizmatdan foydalanmaydigan davlat tomonidan emas, balki ushbu xizmatdan foydalanmaydigan davlat tomonidan ko‘rsatilishini e’tirof etgan.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan Z.Sirojiddinova, B.Sugirboyev, B.Nurmuhammedovalarning fikricha, “Ta’lim tizimini moliyalashtirishga sarflanadigan mablag‘lar davlat va nodavlat manbalarga bo‘linadi”. Moliyalashtirishning davlat manbalari: ➢ Davlat (respublika va mahalliy) byudjeti; ➢ Davlat maqsadli fondlari.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olim X.Do‘stmuhammad xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish borasida olib borgan tadqiqotlari natijasida ta’limni barkamol insonni shakllantirishga qaratilgan investitsiya ekanligini e’tirof etgan.
D.Rahmonovning O‘zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borgan tadqiqotida aytilishicha, “Ta’lim tizimini moliyalashtirish yo‘nalishlarini kengaytirish lozimligi ta’lim bilan aholini qamrab olishning dozarbligi orqali ifoda etiladi. O‘zbekistonda ta’limning qamrab olish darajasi birmuncha kichik raqamlarda bo‘lib qolayotganligi uning moliyaviy dastaklari bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin”.

Download 157,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish