Morfologiyasi. Virion sferik ko'rinishdabo'lib, o'lchami 76-160 nm, o'zida bir ipli musbat RNK tutadi. Virion oqsil va lipoproteid qobiqlar bilan o‘ralgan. Tashqi qobig‘ida 12-14 nm uzunlikdagi tikansimon o‘simtalari bor. Ular glikoproteidlardan tashkil topgan bo‘lib, gemagglutinatsiya qilish xususiyatiga ega.
Antigenlari. Virionda bir necha antigen bor. Odam koronaviruslarining shtammlari antigen xususiyatiga ko‘ra 4 guruhga bo’linadi. Ular umumiyantigenga ega.
Ko‘payishi (reproduksiyasi). Bu viruslarni odam embrionining traxeya va bronxlaridan olingan to'qima kulturalarida o'stiriladi. Virus hujayra ichiga endositoz yo‘l bilan kiradi va uning ko‘payishi sitoplazmada kechadi. Virionlar endoplazmatik to‘r membranasida yig‘iladi va kurtaklanish yo‘li bilan hujayradan chiqadi.
Chidamliligi. Koronaviruslar efir, etanol va boshqa organic erituvchilar ta’sirida parchalanadi. 60°C haroratda, ultabinafsha nurlar, nordon va ishqorli pH muhit ta’siriga chidamsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |