Asosiy tushuncha va atamalar: tranzistorli elektromagnit tebranishlar generatori
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: I- chorakda o`tilganlarni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Agar mayatnik muvozanat vaziyatdan chiqarilib, so’ngra qo’yib yuborilsa, u holda mayatnik faqat unga dastlabki berilgan energiya tufayli ancha vaqt tebranib turadi. Mayatnikning bunday tebranishlari erkin tebranishlar yoki xususiy tebranishlar deyiladi. Amalda havoning qarshiligi va ishqalanishining mavjudligi mayatnik tebranishlar amplitudasini vaqt o’tishi bilan kamayishiga olib keladi. Vaqt o’tishi bilan amplitudasi kamayib boradigan tebranishlar so’nuvchi tebranishlar deyiladi.
Kichik tezliklarda havoning qarshilik kuchi tezlikka proporcional, lekin unga teskari yo’nalgan bo’ladi:
(14.47)
bu erda r – qarshilik koefficienti deb ataladi.
Tebranayotgan jism uchun Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalansak, natijada so’nuvchi tebranishni xarakterlaydigan tenglama
(14.48)
ko’rinishida yoziladi. Bu tenglamaning ikki tomonini m ga bo’lsak va
(14.49)
belgilashlardan foydalansak, quyidagi munosabatni hosil qilamiz:
(14.50)
Bu tenglamaning echimi bo’lgan holda quyidagicha bo’ladi:
(14.51)
Bundagi - so’nuvchi tebranish chastotasi, uning qiymati
(14.52)
munosabat bilan aniqlanadi. Faqat bitta xususiy holda, ya’ni bo’lgan holda bo’ladi. So’nuvchi tebranish davri (Ts) esa xususiy tebranish davri (T0) dan katta:
(14.53)
so’nuvchi tebranishlarning amplitudasi esa vaqt o’tishi bilan
14.8-rasm.
(14.54)
qonun bo’yicha kamayib boradi (14.8 – rasm). Bunda A0 – bosh-lang’ich amplituda, b esa so’nish koefficienti deb ataladi.
Amplitudaning kamayib borishi 14.8 – rasmda punktir chiziq bilan tasvirlangan.
Mustahkamlash:
Real tebranish konturidagi erkin tebranishlar nima uchun so`nadi ?
Avtotebranishning majburiy tebranishdan farqi nimada ?
Avtotebranish tizimi qanday asosiy elementlardan iborat?
Generatorning ishlashida transistor qanday vazifani bajaradi?
Teskari bog`lanish nima?
Uyga vazifa: 51- betdagi savollarga javob yozish.
Baholash: dars davomida baholab jurnalga qayd qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |