Tayanch va fanga oid kompetensiya: Fizika fani va qonunlari kompentensiyasi, fizik kattaliklar kompentensiyasi...
Fanlararo aloqadorlik: Matematika, astronomiya, biologiya, kimyo.
Darsning jihozlari: darslik, qo`shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushuncha va atamalar: Tebranish konturi, erkin elektromagnit tebranishlar, energiya, So’nuvchi elektromagnit tebranishlar...
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Kondensator to’liq zaryadsizlanganda g’altakdagi tok maksimal bo’ladi (14.2b– rasm). Bu vaqtda elektr maydonning energiyasi to’lig’icha g’altakning magnit maydon energiyasi ga aylanadi. Vaqt o’tishi bilan magnit maydon zaiflashib, g’altakda o’zindukciya EYuK vujudga keladi. Indukcion tokni yo’nalishi dastlabki tok yo’nalishida bo’ladi, natijada kondensator qayta zaryadlanadi. Bu momentda magnit maydon energiyasi elektr maydon energiyasiga aylanadi, biroq bu holda elektr maydonning yo’nalishi (14.2 v – rasmga qarang) boshlang’ich holatdagi elektr maydon yo’nalishiga teskari bo’ladi. So’ngra yana kondensatorning zaryadlanishi va konturda teskari yo’nalishda elektr tokning oqishi kuzatiladi. Bu tok g’altakdan o’tib unda magnit maydon hosil qiladi. Magnit maydonning yo’nalishi bu holda (14.2 g–rasm) oldingi holdagiga qarama - qarshidir.
Keyin magnit maydon energiyasi hisobiga o’zindukciya toki vujudga keladi va kondensator qoplamalari orasida dastlabki yo’nalishdagi kabi elektr maydon (14.2 d – rasm) hosil bo’ladi. Shunday qilib, konturda bitta to’liq tebranish tugallanadi, bu hol o’z navbatida konturda ma’lum T davrga ega bo’lgan elektromagnit tebranishlari hosil bo’lganligini ko’rsatadi. Konturdan tok davrning birinchi yarmida bir yo’nalishda, davrning ikkinchi yarmida esa qarama – qarshi yo’nalishda oqadi.
Agar tebranishlar ideal konturda (R=0) hosil bo’lyapti deb faraz qilsak, elektr yoki magnit maydon energiyalari boshqa tur energiyalarga aylanmaydi. Tebranishlar sodir bo’layotgan vaqtda konturga tashqi kuchlanish berilmaganligi uchun kondensatordagi kuchlanish tushishi va g’altakdagi kuchlanish tushishi esa bo’ladi. Bu kuchlanish tushishlarining yig’indisi nolga teng bo’lishi kerak, ya’ni :
(14.12)
Bu ifodani L ga bo’lsak va
(14.13)
deb belgilasak, (14.12) munosabat quyidagi ko’rinishga keladi:
(14.14)
14.3 – rasm.
Bu tenglamaning echimi
(14.15)
ko’rinishida bo’ladi. Bu ifodadan shu narsa ko’rinadiki, kondensator qoplamalaridagi zaryad miqdori garmonik qonun bo’yicha o’zgaradi (14.3 – rasm) u holda kondensatordagi kuchlanish
(14.16)
ifoda bilan aniqlanar ekan, u ham garmonik qonun bo’yicha o’zgaradi(14.3 – rasm.).
Zanjirdagi tok kuchi ham garmonik qonun bo’yicha o’zgaradi:
(14.17)
Mustahkamlash:
1) tebranish konturidagi magnit va elektr maydon energiyalarining vaqtga bog`liqlik grafiklarini chizing.
2) konturdagi tebranishlarning so`nishi g`altakdagi o`ramlar soniga qanday bog`liq ?
Do'stlaringiz bilan baham: |