Konstitutsiyaviy


-§. Konstitutsiyaning amal qilishi va uni himoyalash



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/281
Sana31.12.2021
Hajmi5,93 Mb.
#210181
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   281
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

4-§. Konstitutsiyaning amal qilishi va uni himoyalash

Mamlakatning taraqqiyoti konstitutsiyaviy tuzum barqarorli-

giga, u esa, konstitutsiyaning amal qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘- 

liq.  Bu  yerda,  fuqarolarning  qonunlarga  itoatkorligi  muhim  rol 

o‘ynaydi. Lekin jamiyatdagi barcha fuqarolar ham, ba’zida ayrim 

guruhlar  ham  Konstitutsiyaga  amal  qilavermaydilar.  Natijada  ular-

ning  faoliyati  Konstitutsiyaga  xavf  tug‘diradi.  Ayrim  vaqtlarda 

bunday xavf davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan ham 

bo‘lishi mumkin, agar ular Konstitutsiyaga amal qilmasa, uning 

doirasidan chiqib ketsa.




43

Konstitutsiyaning  15-moddasida  shu  maqsaddan  kelib  chiqib, 

shunday hol bo‘lmasligi uchun: “Davlat, uning organlari, mansabdor 

shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlar-

ga muvofiq ish ko‘radilar”, deb qat’iy belgilab qo‘yilgan. Konstitut-

siyani buzish, unga amal qilmaslik, davlatchilik asoslarini buzadi, 

fuqarolar o‘rtasida ishonchsizlikni vujudga keltiradi. Bu esa, inson 

huquqlarining buzilishiga, oqibatda davlat to‘ntarishiga olib keladi.

Shuning uchun davlatlar konstitutsiya qabul qilish bilan chek-

lanmay,  unga  amal  qilishni  ta’minlash  choralarini  ko‘radilar.  Bu 

birinchi  navbatda  konstitutsiyalarda  ularning  normalari  hamma 

uchun birday amal qilishi belgilab qo‘yilganligida ko‘rinadi. Agar 

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida Konstitutsiyaga amal 

qilish davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlash-

malari,  fuqarolar  uchun  shartligi  belgilangan  bo‘lsa,  Konstitutsi-

yaning  47-moddasida:  “Barcha  fuqarolar  Konstitutsiyada  belgilab 

qo‘yilgan  burchlarni  bajaradilar”,  48-moddada  “Fuqarolar  Konsti-

tutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, 

erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir-

lar”, – deb belgilangan. 

Konstitutsiyaga  amal  qilmaganlik  uchun  javobgarlik  mavjud 

bo‘lib, konstitutsiyani qo‘pol va xavfli buzishlar uchun jinoiy javob-

garlik ham belgilanadi. Deyarli barcha mamalaktlarda hokimiyatni 

zo‘rlik bilan egallash uchun harakat qilish, hokimiyatni kuch ish-

latib yiqitish uchun da’vat qilish harakatlari jinoiy harakat, kons-

titutsiyaviy  tuzumga  qarshi  harakat,  konstitutsiyani  buzish  deb 

qoralanib, ularga nisbatan jazo belgilanadi.

Konstitutsiyalarda konstitutsiyani himoya qilish vazifalari bel-

gilab qo‘yiladi.

Konstitutsiyamizning 57-moddasida: “Konstitutsiyaviy tuzum-

ni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning 

suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsi-

yaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, 

milliy,  irqiy  va  diniy  adovatni  targ‘ib  qiluvchi,  xalqning  sog‘lig‘i 

va  ma’naviyatiga  tajovuz  qiluvchi,  shuningdek  harbiylashtirilgan 

birlashmalarning,  milliy  va  diniy  ruhdagi  siyosiy  partiyalarning 

hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. 



44

Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi”, – deb 

belgilangan qoidalar va g‘oyalar Konstitutsiya himoyasiga bevosita 

taalluqlidir.  Chunki  yuqoridagi  holatlarning  barchasi  Konstitutsi-

yada belgilangan munosabatlardir. 

Konstitutsiyaga amal qilishni ta’minlovchi alohida vosita sifati-

da Konstitutsiyaviy sud faoliyatini ko‘rsatsa bo‘ladi. Chunki, Kons-

titutsiyaga  amal  qilish  faqat  uni  bajarish  emas,  unga  zid  boshqa 

hujjatlarni ham qabul qilmaslikdir. Konstitutsiyaning 16-moddasida: 

“Birorta ham qonun yoki normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya nor-

malari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas”, – deb belgilangan.

Konstitutsiyamizning  108-moddasida:  “O‘zbekiston  Respub-

likasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hoki-

miyatlarning  hujjatlari  Konstitutsiyaga  qanchalik  mosligiga  doir 

ishlarni  ko‘radi”,  –  deb  belgilangan  bo‘lsa,  109-moddada  uning 

vakolatlari yanada aniqroq ko‘rsatib o‘tiladi. Unga asosan,

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:

1)  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarining  va  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalari  qarorlarining,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  farmonlarining,  hukumatning  va  mahalliy 

davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi-

ning davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbe-

kiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

qonunlari  O‘zbekiston  Respublikasining  qonunlariga  muvofiqligi 

to‘g‘risida xulosa beradi;

3) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari 

normalariga sharh beradi;

4) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari 

bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi, 

deb belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaga amal qilishda fuqarolarning bilimi ham muhim 

rol o‘ynaydi. Konstitutsiya bo‘yicha fuqarolarning bilimlarini ken-

gaytirish maqsadida 2001-yil 4-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Prezident 

farmoyishi qabul qilingan.



45

Unda Konstitutsiyaning o‘rni, ahamiyati, ma’no va mohiyatini 

fuqarolarga  yetkazish  maqsadida  maxsus  o‘quv  kurslari  tashkil 

etish  va  bilim  berishning  samarali  mexanizmini  yaratish  belgi-

langan.  Shu  farmoyish  ijrosi  bo‘yicha  mamlakatimizda  e’tiborga 

loyiq  ishlar  amalga  oshirildi.  Ta’limning  turli  bosqichlari  uchun 

o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi. O‘quv rejalariga 

o‘quv kursi kiritildi.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish