Konstitutsiyaviy


Konstitutsiyaning kelajak maqsad, rivojlanishni ko‘zlashi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/281
Sana31.12.2021
Hajmi5,93 Mb.
#210181
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   281
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

Konstitutsiyaning kelajak maqsad, rivojlanishni ko‘zlashi 

prinsipi. 

Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tar-

tibga solishni maqsad qilib qolmay, u kelajakdagi vazifalarni ham 

belgilashi mumkin. Konstitutsiyaning muqaddimasida belgilangan 

kelajak  avlodlar  oldidagi  yuksak  mas’uliyatni  anglash,  insonpar-

var demokratik davlatni barpo etishni ko‘zlash, kabi da’vatlar va 




40

ta’kidlar Konstitutsiyaning muhim g‘oyalaridir. Bu maqsadlar Kons-

titutsiyaviy tartibda asoslantirilgan.

Konstitutsiya  normalarining  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  amal  qi-

lishi  prinsipi. 

Konstitutsiya  normalari  oliy  yuridik  kuchga  ega 

bo‘lishi bilan birga, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi. Yoki boshqacha 

qilib aytganda, uning normalarini hayotga tatbiq qilish uchun (Kons-

titutsiyaning  o‘zida  shu  talab  ko‘rsatilmagan  bo‘lsa)  qo‘shimcha 

maxsus qonunlar yoki qonunosti hujjatlar qabul qilish shart emas.

Ayrim  adabiyotlarda  ko‘rsatilayotgan  boshqa  bir  qancha  prin-

siplar  Konstitutsiyaning  prinsiplari  bo‘lmasdan,  boshqa  Konstitu-

tsiyaviy institutlarning prinsiplaridir. Masalan, davlat bilan fuqaro 

o‘zaro mas’ulligi prinsipi Konstitutsiyaviy prinsip bo‘lib, unda fuqa-

ro  manfaatining  ustunligi  ta’minlanadi,  xalq  suvereniteti  prinsipi, 

hokimiyat  bo‘linishi  prinsipi  davlat  hokimiyatini  tashkil  etishning 

konstitutsiyaviy  prinsipidir  yoki  Konstitutsiyaning  17-moddasidagi 

prinsiplar davlatning tashqi siyosat olib borish prinsipi hisoblanadi. 

XXII bobdagi prinsiplar esa, sud va sudlov prinsiplari hisoblanadi.

Konstitutsiya masalasini o‘rganishda konstitutsiyalarning xu-

susiyatlarini  aniqlash  muhim  masaladir.  Xususiyatlar  umumiy, 

ya’ni  umuman  konstitutsiyaga  tegishli  yoki  alohida,  ya’ni  ayrim 

mamalkatlarning  konstitutsiyalariga  tegishli  bo‘lishi  mumkin. 

Konstitutsiyaning xususiyatlari orqali uning yuridik tabiati ochila-

di. Konstitutsiyalarning xususiyatlari uning huquq tizimidagi alo-

hida o‘rni, ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish 

mexanizmida  aks  etadi.  Bu  xususiyatlarga  quyidagilarni  kiritish 

mumkin:


1. Konstitutsiya maxsus subyektlar tomonidan alohida tartib-

da qabul qilinadi (legitimlik).

2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi, rahbariy ahamiyatga 

ega bo‘ladi.

3. Konstitutsiyaning  tartibga  solish  doirasi  keng  va  xilma- 

xildir.


4. Konstitutsiya kelajak maqsadni ko‘zlaydi.

5. Oliy yuridik kuchga ega, alohida tartibda qabul qilinadi va 

muhofazalanadi.

6. Huquq tizimi poydevori hisoblanadi.




41

1. Konstitutsiyalar odatda xalq nomidan yoki uning vakillari 

nomidan qabul qilinadi. Konstitutsiya bevosita xalq nomidan refe- 

rendum orqali (Rossiya Konstitutsiyasi) yoki alohida, maxsus, faqat 

shu  maqsadda  tashkil  qilinadigan  organ  (Germaniya  Konstitutsi-

yasi) yoki Qonunchilik organi – Parlament (O‘zbekiston Konsti-

tutsiyasi) tomonidan qabul qilinadi.

2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi kuchga ega. Konsti-

tutsiya konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi, bular shaxs-

ning huquqiy holati asoslari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, uning 

prinsiplari  bo‘lib,  shunday  normalar  boshqa  yuridik  normalarni 

yoki munosabatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, O‘zbekiston Kons-

titutsiyasida  belgilangan  “Xalq  davlat  hokimiyatining  birdan-bir 

manbaidir”  degan  qoida  davlat  hokimiyatining  vujudga  kelishi 

uchun asos, ta’sis xarakteriga ega. Xuddi shuningdek, hokimiyat-

ning bo‘linishi prinsipi mustahkamlangan 11-modda, inson, uning 

hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat ekanligi belgi-

langan  13-moddaning  qoidalarida  ham  ta’sis  etuvchi  xususiyatni 

yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.

3.  Konstitutsiyaning  tartibga  soluvchi  predmeti  doirasining 

kengligi  uning  yuridik  xususiyatlaridan  biri  sifatida  ko‘rsatiladi. 

Boshqa  turli  qonunlar  alohida  bir  ijtimoiy  munosabatni  tartibga 

solsa (masalan, mehnat huquqi – mehnat munosabatlarini, moliya 

huquqi – moliya munosabatlarini), Konstitutsiyaviy huquq tartibga 

soladigan munosabatlar doirasi turli-tumandir. Masalan, u shaxs 

huquqiy holatini ham, hokimiyatni tashkil etish va faoliyatini ham, 

siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga soladi. 

4. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga 

solish bilan cheklanmay, unga da’vat ko‘rinishida bo‘lsa ham, kela-

jak  maqsadlar  belgilanadi.  Masalan,  O‘zbekiston  Konstitutsiyasi 

muqaddimasida “demokratik huquqiy davlat barpo etish” maqsadi 

ko‘rsatilgan.

5. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi, ustuvorligi 

uning muhim xususiyatidir. Yuqorida tilga olingan 4 ta xususiyatning 

o‘zi ham Konstitutsiyaning oliyligini ko‘rsatadi. Konstitutsiya barcha 

qonunlardan yuqori turadi, uning normalariga boshqa qonunlar zid 

bo‘lmasligi kerak. Konstitutsiyaning oliyligi, ustunligi uni qabul qi-



42

lish va unga o‘zgartirish kiritish alohida tartibda o‘rnatilganligida 

ham ko‘rinadi. Boshqa qonunlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul 

qilinsa, Konstitutsiya mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Konstitutsiyani himoyalash, muhofaza qilishning alohida tar-

tibi, mexanizmi o‘rnatiladi. Buning uchun hokimiyat tizimida max-

sus organlar tuziladi. Masalan, Konstitutsiyaviy sud. Uning asosiy 

vazifasi Konstitutsiyani muhofaza qilish hisoblandi.

6. Konstitutsiyaning huquq tizimi poydevori bo‘lishi masalasi 

keyingi bandlarda batafsil yoritiladi. 

Har  bir  Konstitutsiya  alohida  mamlakatda  vujudga  keladi. 

Uning  vujudga  kelish  sharoitlari  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Milliy 

qadriyatlar,  xalq  o‘tmishi,  madaniyati,  tili  ham  konstitutsiyalar-

da  aks  etadi.  Shuning  uchun  har  bir  mamlakatlarning  konstitu-

tsiyalari  yuqoridagi  yuridik  xususiyatlarga  zid  bo‘lmagan  holda, 

maxsus xususiyatlarning bo‘lishini ham taqozo etadi. Bu xususi-

yatlar mavjud masalalarning mohiyatini buzmagan holda turlicha 

belgilanishda, talqin qilinishda ko‘rinadi. Konstitutsiyalarning tuzi-

lishlarida ham alohida xususiyatlar uchrashi mumkin. 

Masalan  ayrim  mamlakatlarning  konstitutsiyalarida  konsti-

tutsiyaviy tuzum asoslari alohida belgilangan (Rossiya Konstitu-

tsiyasi).  O‘zbekiston  Konstitutsiyasining  o‘ziga  xos  xususiyatlari 

qatoriga  fuqarolar  huquqlarining  kafolatlari,oila  munosabatlari-

ning  alohida  bobda  ko‘rsatilganligi,  saylov  tizimi  uchun,  mahal-

liy davlat hokimiyati uchun, prokuratura organlari uchun alohida 

boblar ajratilganligini ko‘rsatish mumkin.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish