Modellashtirish – barcha fanlar uchun xos bo'lgan umumilmiy metod.
Neyron tarmoqlar – inson miyasidagi neyronlar modeli asosida yaratilgan, sun'iy intellektning muhim tarkibiy qismi hisoblanadigan tizim.
Morfologik analiz va sintez –kompyuterda kodlash-dekodlash tamoyili asosida ishlaydigan jarayon. Morfologik analizning mantiqiy davomi sintaktik analiz hisoblanadi. Sintaktik analiz morfologik analiz ustiga quriladi, bunda gap strukturasi turli formal modellar asosida tahlil etiladi.
On-line lug'atlar – ochiq turdagi Internet tizimida ishlaydigan lug'atlar. Bu lug'atlarning aktivlashishi uchun albatta internetga ulanish lozim. Ularning afzalligi shundaki, foydalanuvchilar ushbu lug'atlar bazasini to'ldirib borish, boyitish imkonini beradi.
Parallel matnlar korpusi – badiiy asar, qo'llanma, ommaviy axborot vositasi nashrlari, turli xil hujjatlarning ikki yoki undan ko'p tillardagi elektron holdagi ko'rinishlari.
Qomusiy lug‘at – turli ijtimoiy sohalarga oid muhim ma’lumot beradigan, voqelikni (kishi nomlarini, muhim voqea-hodisalarni va b. haqida) batafsil izohlaydigan lug‘at.
Sеma (yun. sema “belgi”) – leksik ma'no (semema)ni tashkil toptiruvchi komponent (qism)lar. Mac, atrof leksemasining ma'nosi (sememasi) ”hamma” va ”tomon” semalaridan iborat. Ma'lum leksik-semantik guruhga oid sememalardagi semalar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga ko‘ra ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) umumiy sema – интеграл сема; 2) farqlovchi sema – дифференциал сема.
Semiotika yoki semiologiya (yun. semiotike, ya'ni “belgilash”, “tas-virlash”, “ifodalash” degan ma'nolarni anglatadi) belgilar sistemasi haqidagi fan bo'lib, unda axborotni saqlovchi, uzatuvchi turli xil belgi va belgilar tizimlarining yaratilishi, vazifalarini, belgilar sistemasiga kiruvchi hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati, turlari, ko'rinishlari, amal qilishi kabilarni tekshiradi. Semiotikada tabiiy tillar, sun'iy tillar, yo'l belgilari, audio va videosignallar tadqiq etiladi.
Semantik tarmoq – borliqni so'zlar va ularning semantik munosabatlari yordamida modellashtirishga yo'naltirilgan tizim hisoblanadi. Semantik tarmoq aniq belgilangan uzellar (obyektlar kesishadigan joy) va dugalar (semantik munosa-batlarning biri ikkinchisiga ta'sir ko'rsatadigan nuqta) munosabati asosida modellashtiriladi. Semantik tarmoq g'oyasi kompyuter texnologiyalaridagi lokal va global tarmoq nazariyasi ta'sirida kelib chiqqan. Uzellar muayyan obyektlar-ga, muayyan sohaga oid tushunchalarga, dugalar obyektlar o'rtasidagi semantik munosabatlarga aloqador tushunchalardir.
Ssenariy – voqea-hodisalar, harakatlar ketma-ketligining kauzal bog'liqlik tamoyili asosidagi zanjiri. Har bir ssenariyda rol bajaruvchilar mavjud. Ssenariylar real hayotda uchraydigan vaziyatlarni aks ettiruvchi holatlar asosida yuzaga keladi. Masalan, restoranga tashrif buyurish ssenariysi.
Sintez – kompyuterda matnning grammatik shakllantirilishi va generatsiyasi (hosil qilinishi). Morfologik sintez matnga avtomatik ishlov berish jarayonida yoki uning so'nggi bosqichida (natijalarni inson hukmiga havola qilishda) so'zlarning turli shakllarini chiqarish, analiz natijalarini umumlashtirish iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |