Elektron ensiklopediya–kuchli qidiruv tizimiga ega bo'lgan ma'lum yo'nalishdagi illyustrasiyali maqolalar, elektron xaritalar, fotosuratlar, giperhavola (gipermurojaat)lar, audio va videoizohlar, xronologik ro'yxat, foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati va hokazolardan iborat bo'lgan katta hajmdagi elektron dastur.
Gallitsizm (lot. gallicus) – Fransuz tilidan o‘zlashgan lekin yot element ekani sezilib turadigan so‘z yoki ibora – mersi pardon kabi.
Dеfis (nem. devis < lot. divisio – bo‘linish) – juft va takroriy so‘zlarda, so‘z va unga qo‘shiladigan yuklamalar orasida qo‘yiladigan chiziqcha (-): kecha-kunduz, oq-u qora, aytdim-ku kabi.
Dеnotat (lot. denotare ”belgilamoq”) – til birligi (mas., so‘z) yordamida nomlanuvchi (ataluvchi) voqelik, narsa-buyum. Mac, yuz, aft, bashara, chehra, turq so‘zlari bir predmet (denotat)ning turli nomlaridir.
Denotativ ma’no – denotat bilan bevosita bog‘liq, uni bevosita англатувчи ma’no.
Deskriptor – ma’lumotni qidirish uchun asos bo`ladigan kalit so`z yoki tushuncha.
Elektron lug'atlar – odatdagi lug'atlar asosida leksikografiya sohasiga kompyuter texnologiyalarining tatbiq etilishi natijasida yaratilgan, multimedia vositalari bilan boyitilgan dastur.
Elektron multimedia darsligi –o'quv kursini kompyuter vositasida, o'qituvchi yordamida yoki mustaqil o'zlashtirishni ta'minlovchi, matnli fayllar, turli xil animatsiyalar, audio va videoeffektlar bilan boyitilgan tizimga asoslanuvchi dasturiy-metodik kompleks.
Formallashtirish – bilimlar majmuyini, mazmunini muayyan shakllar yordamida sun'iy til belgilari orqali ifodalash.
Formal grammatika –muayyan shakllar yordamida sun'iy til belgilari orqali ifodalangan grammatik qoidalar majmuyi.
Frazeologik mashina tarjimasi - avtomatik tarjimaning sifatini oshirish uchun Rossiyada professor G.G.Belonogov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya; unga ko'ra, matndagi tushunchalar ko'pincha alohida so'zlar yordamida emas, balki so'z birikmalari yordamida ifodalanadi.
Freym (inglizcha “frame” – “karkas”, “ramka”, “skelet”) – bilimlar strukturasiga oid tayanch tushunchalardan biri, sun'iy intellekt tizimida bilimlarni, stereotip (juda ko'p kuzatiladigan, tipik) vaziyatlarni gavdalantirishning bir usuli. Freymga modellashtirilayotgan hodisa, vaziyat va jarayonlarni umumlashtirilgan holda joylashtirish mumkin. Freym turlari: freym-namunalar, freym-strukturalar, freym-rollar, freym-ssenariylar, freym-vaziyatlar.
Freym-ssenariy – ba'zi harakat, voqea-hodisalarning xarakterli jihatlarini o'z ichiga olgan tipik strukturalar hamda vaziyatlarning rivojlanishi, ketma-ketligi (algoritmik bosqichlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |