Kirish Magistrlik disseretatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


II BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA MIRZACHO’L VOHASI AHOLISI



Download 1,89 Mb.
bet6/13
Sana17.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#813107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Охирги Магистр дисс 2022 Рашидов

II BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA MIRZACHO’L VOHASI AHOLISI
2.1. MUSTAMLAKACHI MA’MURIYAT HISOBOTLARIDA XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA MIRZACHO’LDAGI AHOLINING ETNIK
AHVOLINING YORITILISHI

Turkiston bosib olingandan so’ng o’lkani boshqarish uchun mustamlaka ma’muriyati tomonidan bir qancha nizomlar ishlab chiqilgan. Mazkur me’yoriy hujjatlar o’lkani ma’muriy-hududiy jihatdan qayta bo’lib chiqishni talab qilgan. 1865-yil 6-avgustda chiqarilgan “Turkiston viloyatini boshqarish to’g’risida”gi vaqtinchalik Nizom Turkiston o’lkasidagi dastlabki me’yoriy hujjat hisoblangan. 1866-yil Jizzax va Xo’jand shaharlari egallanishi natijasida Mirzacho’l Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Mirzacho’l yoki “Golodnaya step” nomlari ostida alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tashkil etilmadi, balki uning asosiy qismida Jizzax uyezdi tashkil topdi.


1867-yilgi Nizomga ko’ra dastavval Jizzax uyezdi Sirdaryo viloyati tarkibiga kirib, Zomin va Jizzax kabi ikkita rayondan iborat bo’lgan. Bu vaqtda Jizzax uyezdining maydoni 632 kvadrat mil1 bo’lib2, shimoldan Chimkent va Toshkent uezdlari bilan, sharqdan Xo’jand uyezdi hamda janub va g’arbdan Rossiya imperiyasining guberniyalari bilan chegaradosh bo’lgan3. 1886-yilda “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risida”gi navbatdagi Nizom ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatga ko’ra Mirzacho’lning asosiy qismida Samarqand viloyatining Jizzax uyezdi hamda Xo’jand uyezdining Savot volostlari tashkil topgan. Jizzax uyezdi maydoni jihatidan viloyatdagi eng katta uyezd bo’lgan bo’lib, uning maydoni 45000 kvadrat verstni tashkil qilgan4.
1886-yilda chiqarilgan “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risida”gi Nizomning 61-bandiga muvofiq har bir uyezd uchastkalarga bo’lingan hamda uyezd bo’yicha uchastkalarning taqsimlanishi uning maydoni, aholisi va boshqa mahalliy sharoitlargako’ra amalga oshirilgan5. Ushbu Nizomga muvofiq Mirzacho’l hududida Bog’don, Yangiqo’rg’on va Zomin kabi uchastkalari tashkil topgan. Ularning ichida volostlar soni va hududining kengligi jixatidan eng yirigi Bog’don uchastkasi hisoblanib, u o’z ichiga 8 ta volostni qamrab olgan hamda maydoni 36000 kvadrat verstni tashkil etgan1. Biroq u aholisi va xonadonlarining soni jihatidan bu vaqtda 4000 kvadrat verst maydonda joylashgan va 7 ta volostdan iborat bo’lgan Yangiqo’rg’on uchastkasi bilan deyarli bir xil bo’lgan2. Zomin uchastkasi esa aholisi, volostlar soni va maydonining hajmi bo’yicha eng kichigi bo’lib, u 5 ta volostdan iborat bo’lgan hamda maydonining o’lchami Yangiqo’rg’on uchastkasining maydoni bilan teng bo’lgan.
Turkiston general-gubernatorligida har bir uyezd uchastkalardan so’ng volostlarga bo’lingan. “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risida”gi Nizomda volostlarni tashkil etish shartlari ko’rsatib o’tilgan. Bunga ko’ra volostlar taqsimlanishida aholining turmush sharoiti va hovli yoki o’tovlar3 soni hisobga olingan. Jumladan, o’troq aholi yashovchi volostlar mingdan ikki minggacha bo’lgan hovlilardan tarkib topgan bo’lsa, ko’chmanchi aholi yashovchi volostlarda o’tovlar sonini viloyat boshqarmasi (Oblastnoe Pravlenie) aniqlab bergan, biroq, o’tovlar soni ikki mingdan oshmasligi kerak bo’lgan. Shuningdek, ko’chmanchi aholi yashovchi volostlarni tashkil etishda mahalliy sharoit va aholining qishki manzilgohlari joylashuviga ham e’tibor berilgan.
XX asr boshlarida Mirzacho’lda joylashgan Jizzax uyezdi Qoratosh, Rabot, O’zbek, Yom, Zomin, Yangiqo’rg’on, Naqrut, Savruk, Sangzor, Xotchamuqur, Chashmi Ob, O’smatqatortol, Bog’don, Sintob, Otaqo’rg’on, Qizilqum, Qo’rg’ontepa, Pistalitog’, Ko’ktepa, Chordor kabi yigirmata volostdan iborat bo’lgan4. Shulardan 14 ta volostda asosan o’troq aholi istiqomat qilgan bo’lsa, qolgan 6 tasida ko’chmanchi aholi yashagan. O’troq aholi yashagan volostlar tabiiy-geografik jihatdan asosan tog’, tog’ oldi va qir-adirlarda joylashgan bo’lib, ular Mirzacho’lning markaziy, janubiy hamda janubiy-sharqiy hududlarida joylashgan. Qolgan 6 ta volostning joylashgan o’rni cho’l hududiga to’g’ri kelgan hamda ular hududning shimoliy va shimoliy-g’arbiy qismlarini egallagan.
O’z navbatida har bir volost bir necha qishloq va ovul jamoalariga bo’lingan. O’troq aholi yashovchi qishloq jamoalari bitta yoki bir necha mayda, bir-biriga yaqin, yer va ariqdan foydalanish bo’yicha umumiy xo’jalikka ega qishloqlardan tarkib topgan. Qishloq jamoalaridan farqli ravishda, ovul jamoalarini tashkil etishda uning o’tovlar soniga e’tibor qaratilgan va har bir ovul jamoasining soni 200 ta o’tovdan oshmasligi kerak bo’lgan. XX asr boshlarida Mirzacho’lning Jizzax uyezdi 112 ta qishloq va ovul jamoalariga (shulardan 77 tasi qishloq jamoasi, qolgan 35 tasi ovul jamoasi) bo’lingan bo’lib, ularda 896 ta aholi punkti (shahar, qishloq va ovul) mavjud bo’lgan1. Odatda qishloq jamoalari uning tarkibiga kirgan eng katta qishloq nomi bilan atalgan bo’lib, qishloqlar o’zining qadimgi nomi bilan atalishda davom etgan. Biroq ovul jamoasida bu masala bir oz boshqacha hal etilgan. Chunki ko’chmanchi aholi odatda o’z qishlov yoki yozgi manzilini hech qanday nom bilan atamagan.
Ma’muriy bo’linish o’z navbatida ularni nomlashni talab qilardi. Natijada, mustamlaka ma’muriyati ovul jamoalarini tartib raqami bilan belgilab chiqqan. Qisqacha aytganda, ko’chmanchi aholi yashovchi 5 ta volost tartib raqami ostida ovul jamoalariga taqsimlangan. Mazkur volostlar orasida faqatgina Chordor volostida ovul jamoalari ma’lum bir ovul nomi bilan atalgan. Shuningdek, har bir ovul jamoasi bir necha aholi punktlariga bo’lingan bo’lib, u o’sha joydagi quduq nomi bilan, Chordor volostida esa ovul nomi bilan atalgan.
1886-yil “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risida”gi Nizom kuchga kirgandan keyin o’lkadagi ayrim ma’muriy hududlarning chegaralarini ushbu Nizom asosida qaytadan taqsimlab chiqishga to’g’ri kelgan. Oqibatda ushbu Nizomning talabiga javob bermagan ayrim volost, qishloq jamoasi hamda ovul jamoalarini qaytadan taqsimlab chiqilgan. Jumladan, 1888 yil may oyida Bog’don uchastka pristavi Naqrut volostining Garasha hamda Ilonli qishloq jamoalarining holati bo’yicha ma’lumot yuboradi1. Mazkur ma’lumotga ko’ra, Ilonli qishloq jamoasi 171 ta hovlidan, Garasha qishloq jamoasi 457 ta hovlidan iborat bo’lgan bo’lib, bu hovlilarning joylashuvi jihatidan nomutanosiblikni keltirib chiqargan. Bundan tashqari ushbu vaqtda hamma hovlilardan soliqlar yig’ib olingan bo’lib, “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risida”gi Nizomning 79-bandi bilan ikki qishloq jamoasini qaytadan taqsimlab chiqish mumkin edi2. Shu bilan birgalikda, Garasha qishloq jamoasi oqsoqoli Mullo Tilla Irdanoev hamda Ilonli qishloq jamoasi oqsoqoli Ziyadulla Xo’ja Abdulfayzov ikki ma’muriy birlik o’rtasidagi hovlilar sonini qaytadan ko’rib chiqishga rozi bo’lgan3.
Natijada Jizzax uyezd hokimi bu ishni amalga oshirish maqsadida Samarqand viloyat harbiy gubernatoriga ma’lumotnima yuboradi. Ma’lumotnomada mazkur ikki qishloq jamoalarining qaytadan taqsimlanish sababi xo’jalik ishlarini yaxshilash va mahalliy ma’muriyat o’rtasida soliqlar miqdorini to’g’ri taqsimlash ekanligi aytiladi4. Biroq Samarqand viloyat harbiy gubernatori ikki qishloq jamoasi fuqarolarining roziligi ko’rsatilgan ittifoqnoma yuborishni so’raydi. O’z navbatida Jizzax uyezd hokimi Naqrut volosti boshlig’idan Garasha va Ilonli qishloq jamoalari fuqarolarining ittifoqnomasini yuborishni buyuradi.
Shu sababli 1888-yil 23-oktyabrda Garasha qishloq jamoasining 300 ta xonadondan iborat bo’lgan aholisi ularning tarkibida bo’lgan 131 ta xonadonni Ilonli qishloq jamoasi tarkibida bo’lishiga qarshi emasligini ma’lum qilgan bo’lsa, bir kundan so’ng, ya’ni 24 oktyabrda Ilonli qishloq jamoasining 171 ta xonadondan iborat fuqarolari yangi ma’muriy-hududiy birliklar tashkil etilishidan avval ularning tarkibida bo’lgan “131 adad uylukni Garasha jamoa istarshinasi qo’l ostidan o’z ichi”ga qo’shub olganligi to’g’risida ittifoqnoma qiladi.
1898-yil sentyabrda Samarqand viloyat harbiy gubernatori Jizzax uyezd boshlig’iga Mirzacho’ldagi volostlar va ularning ro’yxati to’g’risida to’liqroq ma’lumot jo’natishni so’raydi1. Ushbu xatda bu ma’lumotlar “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risida”gi Nizomning 76 va 109-bandlarining ijrosini bajarish maqsadida so’ralayotganligi qayd etiladi. Bu xatga javoban Jizzax uyezdi hokimi hududdagi volostlarning ahvoli to’g’risida ma’lumot hamda ushbu ma’lumotlarga asoslangan holda volostlar taqsimoti bo’yicha o’z takliflarini yuboradi. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra Qizilqum volosti 2647 ta o’tov, Rabot volosti 2732 ta hovli hamda Zomin volosti 2188 ta hovlidan iborat bo’lib, mazkur volostlarni qayta taqsimlash kerak edi. Chunki bu holat 1886 yilgi Nizomning 76 va 109-bandlariga mos kelmas edi. Ammo bu erda volostlarni taqsimlashning boshqa sabablari ham bor edi. Jumladan, Qizilqum volosti katta maydonda joylashganligi va uni boshqarishda qiyinchiliklar vujudga kelgan bo’lsa, Zomin uchastkasiga qarashli Zomin, Rabot, Qoratosh va Yom volostlarining joylashuvida haddan tashqari ko’p chalkashliklar mavjud edi. Ayniqsa, Qoratosh volostining chegarasidagi noaniqliklar mahalliy aholi va mustamlaka ma’muriyati uchun ko’p qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Misol uchun, Zomin volostiga tobe bo’lgan Zomin qishloq aholisining bir qismi o’zini Qoratosh volosti aholisi deb hisoblar edi2. Shu sababli Zomin va Rabot volostlaridan ayrim qishloqlarni Qoratosh volosti tarkibiga o’tkazish kerak bo’lgan.
Bu davrda Zomin uchastkasi topografik joylashuv va volostdagi hovlilar soni jihatidan noto’g’ri taqsimlangan edi3. Bu holat mahalliy aholining yer va suvdan foydalanishida qiyinchiliklar tug’dirgan. Mustamlaka ma’muriyati bu masalani hal etish uchun Zomin uchastkasida yangi volost tashkil etishdan ko’ra, qishloq jamoalarini bir volostdan ikkinchi volostga o’tkazishni to’g’ri deb hisoblaydi va buni Samarqand viloyat boshqarmasiga ma’lum qiladi. Qayta taqsimlash jarayonida qishloq jamoalarining topografik joylashgan o’rni va ariq suvidan foydalanish xo’jaligi inobatga olinishi maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi. Shu sababli Zomin volostining ayrim qishloq jamoalaridan bir necha hovlilar boshqa volostlarning qishloq jamoalariga o’tkazib berilgan. Jumladan, Zomin qishloq jamoasidan Pshag’or volostining Archa qishlog’iga 43 ta, Sho’rcha qishlog’iga 17 ta, Taylon qishlog’iga 26 ta hamda Yom volostiga 25 ta hovli o’tkazilgan. Oqibatda Zomin qishloq jamoasining hovlilar soni 705 tadan 594 taga etadi va bu mustamlaka ma’muriyatining talablariga javob bergan. Bundan tashqari ushbu vaqtda mazkur hududning Toshkeskan qishloq jamoasiga qarashli hovlilar soni 700 tani tashkil etgan va bu holat uni qayta taqsimlashni talab qilgan. Shu sababli undan 210 ta hovli Qoratosh volostining Jorqunush, Jontut, Toshquruq, Berdibuloq va Taboqbuloq qishloq jamoalariga hamda yana 36 ta hovli Yom volostiga qarashli Jayol qishloq tarkibiga qo’shilgan. Bundan tashqari ushbu volostga qarashli Chitariq qishloq jamoasining 454 ta hovlisidan 54 tasi Pshag’or qishlog’iga olib berilgan. Faqatgina Zomin volostiga qarashli ikkita, Ko’rtepa hamda Axtaxonasoy1 qishloq jamoalarida ma’muriy-hududiy jihatdan qayta taqsimlash ishlari olib borilmagan.
1899-yilning martida Jizzax uyezdi hokimi polkovnik Ribushkin Samarqand viloyat harbiy gubernatoriga Zomin uchastkasining ma’muriy-hududiy jihatidan qayta taqsimlanish to’g’risida o’zining taklifini yuboradi2. Mazkur xatda Zomin uchastkasining qaytadan taqsimlash uchun ikkita reja ko’rsatiladi. Birinchi reja hududning topografik o’rnidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo’lsa, ikkinchi reja hududdagi ariqdan foydalanish tizimi asosida ishlab chiqilgan.
Bu bilan Zomin volosti qishloq jamoalarining bo’linishi to’xtab qolmagan. 1914 yilga kelib mazkur volost boshlig’i Zomin uchastka pristaviga xat yo’llab, Zomin qishloq jamoasini ikkiga bo’lish kerakligi to’g’risida ma’lum qiladi3. Shu sababli Zomin volosti qishloq jamoalarini qaytadan taqsimlash jarayonining “ikkinchi bosqichi” boshlanib ketadi. Bu bosqichdagi birinchi bosqichda bo’lgani kabi yuqori tashkilot buyrug’i asosida emas, balki quyi bo’g’in muassasaning iltimosi bo’yicha bo’lib o’tadi.
Zomin volost boshlig’ining ma’lumotnomasida Zomin qishloq jamoasining Zomin, Qayirma va Qorasirkali qishloq fuqoralari o’zlari alohida qishloq jamoasi bo’lib chiqishini xohlayotganligi yoziladi. Mahalliy aholining fikricha, yuqoridagi uchta qishloq eski, ya’ni Zomin qishloq jamoasi nomida, qolgan Chunqayma qishloq, Quruq qishloq, Qizilsoy qishloq, Bog’ishamol qishloq, Jumagul qishloq hamda Bo’yinturuq qishloqlari Jumagul nomli yangi qishloq jamoasi tarkibida bo’lishi kerak edi. Zomin volost boshlig’i yangi tashkil topadigan qishloq jamoasining starshinasi etib O’sar Xudoyberdi o’g’lini tayinlashni so’raydi. Chunki u yangi tashkil topishi kutilayotgan Jumagul qishloq jamoasi tarkibiga kiruvchi qishloqlardan birining fuqarosi edi. Shuningdek, ma’lumotnomada qishloq jamoasini qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladigan xarajatlar fuqarolar tomonidan qoplanishi qayd etiladi.
Ushbu qishloq jamoasini qaytadan taqsimlashni talab qilgan sabablar nimalardan iborat edi? Birinchi sabab “ ... bir starshinani soliq yig’mog’i nihoyatda og’ir bo’lub, har yilni oxirinda jamoat puli boqimanda bo’lub” qolayotganligida bo’lgan1. Bu vaqtda Zomin qishloq jamoasi to’lash kerak bo’lgan soliqlar miqdori 9217 rublni tashkil etgan bo’lib, shundan 112 ta hovlidan iborat bo’lgan Zomin qishloq aholisi 2588 rubl 77 kop., 38 ta hovlini o’z ichiga olgan Qayirma qishloq aholisi 705 rubl 3 kop. hamda 30 ta hovlili Qorasirkali qishloq aholisi 438 rubl 20 kop. soliqni o’z bo’yniga olgan edi. Qolgan 5485 rubl soliqni to’lash Chunqayma qishloq, Quruq qishloq, Qizilsoy qishloq, Bog’ishamol qishloq, Jumagul qishloq hamda Bo’yinturuq qishloqlari aholisining zimmasida edi. Bu paytda esa mazkur qishloqlarga talluqli hovlilar soni 213 tani tashkil etgan.
Mazkur qishloqlarni ma’muriy-hududiy jihatdan qayta taqsimlashning ikkinchi sababi, manbada keltirilishicha, “Zomin qishloqda har vaqt istarshinani bo’lub turmog’i lozim”ligida edi1. Chunki mazkur “istarshina bo’lgan kishilar sahro odamlaridan bo’lub, Zomin qishloqdan 20 chaqirim yiroq istiqomat qilib, hamma vaqt Zominda hozir bo’lmagani uchun podshohlik xizmatlari o’rnig’a kelmay turadur”2. So’nggi, biroq eng muhim sabab mazkur “uch qishloq bir – birlarika jamoa yerlari araloshuv bir arig’dan suv ichib” turishi hamda ularning hammalari qarindosh ekanligida edi.
Chunqayma qishloqda yashovchi fuqarolarning erlari Zomin, Qayirma va Qorasirkali qishloq fuqarolarining yerlari bilan aralash va chegaradosh bo’lgan. Bundash tashqari, ushbu qishloqlarning erlari bir ariqdan sug’orilgan. Shu sababli Chunqayma qishloq fuqarolari ham Zomin, Qayirma, Qorasirkali qishlog’ida yashovchi fuqarolar bilan birgalikda ularning hududini Zomin qishloq jamoasi tarkibiga kiritishni so’rab Jizzax uyezd hokimiga xat yozadi. Chunki bu vaqtda Chunqayma qishlog’i yangi tashkil topayotgan Jumagul qishloq jamoasiga emas, balki Zomin qishloq jamoasi tarkibiga kirayotgan edi. Bundan tashqari, mazkur qishloq fuqarolari Jizzax uyezdi hokimiga bir necha masalalar bo’yicha murojaat qiladi. Jumladan, yuqoridagi to’rtta qishloqni bir qishloq jamoasi tarkibiga kiritib, unga Zomin nomini berishni iltimos qiladi. Shuningdek, fuqarolar ushbu qishloq jamoasida jami beshta ellikboshi bo’lishini xohlab, yana ikkita ellikboshi saylashni so’raydi. Chunki bu vaqtda Qorasirkali hamda Chunqayma qishloqlarida ellikboshi yo’q bo’lgan.
Biroq Quruq qishloq, Qizilsoy qishloq, Bog’ishamol qishloq, Jumagul qishloq hamda Bo’yinturuq qishloq aholisi Zomin qishloq jamoasini ikkiga bo’lish xususidagi taklifga rozi bo’lmaydi hamda qayta taqsimlash to’g’risida ittifoqnoma qilmasligini aytib o’tadi. Chunki bu paytda fuqarolar xudud bilan bog’liq qiyinchiliklarni sezmayotgan edi. Bundan tashqari qishloq jamoasining ikkiga ajratilishi aholini ko’p chiqim va xarajatga qo’yar edi3. Shu sababli mazkur qishloq jamoasining yetti nafar ellikboshisi ham Jizzax uyezdi hokimiga arznoma yozib, mazkur qishloqlarda qayta ma’muriy-hududiy bo’linish ishlarini olib bormasligini so’raydi1.
Jizzax uyezd hokimi Zomin qishloq jamoasining ikkiga bo’lish yoki bo’lmaslik to’g’risidagi hal qiluvchi qaror chiqarib, bu tortushuvga chek qo’yadi. Uyezd boshlig’i mazkur qishloq jamoasini ikkiga ajratmaslikni Zomin uchastka pristaviga buyuradi. Chunki bu vaqtda Zomin qishloq jamoasida jami 393 ta hovli mavjud bo’lib, bu ko’rsatkich ikkita qishloq jamoasi tashkil qilish uchun kamlik qilardi. Bundan tashqari, Zomin qishloq jamoasining to’qqizta ellik boshisidan faqat Yuldosh Ashurmatov rozi bo’lib, qolgan 8 ta ellikboshi bu bo’linishga qarshi chiqadi2.
Volostlar ichidagi bo’linishlardan keyin navbat uchastkalararo bo’linishga etib keladi. Jumladan, Jizzax uyezd hokimi Yangiqo’rg’on uchastkasiga qarashli Sangzor volostini Zomin uchastkasi tarkibiga o’tkazish to’g’risida Samarqand viloyat harbiy gubernatoriga ma’lumotnoma yo’llaydi. Biroq Sangzor volosti boshlig’i qish faslida Zomin uchastkasiga borib-kelish qiyinligi, Yangiqo’rg’on hamda Sangzor volostlarining irrigatsiya tizimi bir-biriga bog’langanligi va Sangzor daryosi suvidan foydalanishdagi qiyinchiliklar kelib chiqishini hisobga olib, bu ishga qarshi chiqadi. Natijada Samarqand viloyat boshqarmasining buyrug’i asosida bu ish bekor qilinadi.
Arxiv hujjatlarida qishloq jamoalari o’rtasidagi, volost jamoalari o’rtasidagi hamda uchastkalar o’rtasidagi qayta taqsimlanishlarning sabablari ko’rsatilgan, biroq uyezdlar o’rtasidagi qayta taqsimlanishlarning aniq sabablari keltirib o’tilmagan. Misol uchun, 1903-yil Samarqand viloyat harbiy gubernatorining qarori asosida Samarqand uezdining O’smatqatortol va Xotchamuqur volostlari Jizzax uyezdiga o’tkazilgan bo’lsa-da, uning sabablari qarorda ko’rsatib o’tilmagan.
Jizzax uyezdi Samarqand viloyatida hududi jihatidan eng katta uyezd edi, ammo aholi soni bo’yicha unchalik katta bo’lmagan. Aholi soni jihatidan uyezdning maydoni jixatidan o’zidan 3 barobar kichik, ammo aholi soni jihatdan katta hisoblangan Samarqand uyezdi bilan tenglashtirib qo’yish maqsadida ushbu uezddan O’smatqatortol va Xotchamuqur volostlari olib berildi. 1886-yilgi Nizomda volost hamda qishloq va ovul jamoalarining hovli soni keltirib o’tilgan, biroq uyezdlarning aholi soni to’g’risida hech qanday fikr bildirilmagan.
Bu turdagi taqsimlanishlar faqatgina o’troq aholi yashovchi volostlarda emas, balki Mirzacho’lning ko’chmanchi aholi yashovchi volostlarida ham bo’lib o’tgan. Jumladan, 1898-yil dekabrida Bog’don uchastka pristavi Samarqand viloyat harbiy gubernatorining 12040-hamda 14278-sonlibuyruqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax uyezd hokimiga Qizilqum volostining holati va uning ovul jamoalarini qaytadan tashkil etish to’g’risida yozma ma’lumot yuboradi1.
Bu vaqtda Qizilqum volosti maydoni jihatidan eng katta volost hisoblanib, shimoliy hududi taxminan 160 verst uzunlikda, kengligi esa 120 verst maydonda joylashgan. U Qizilchala va Oyoqquduq degan joydan boshlanib, shimoliy chegarasi Turkiston shahridan 15 verst uzoqlikda joylashgan, o’zining quduqlariga ega yarim o’troq aholi yashovchi makongacha etib borgan edi2. Bunday volostni boshqarish mustamlaka ma’muriyatiga qiyinchilik tug’dirgan. Qizilqum volostini taqsimlash arafasida u 9 ta ovul jamoasidan iborat bo’lib, 1, 2 hamda 5 ovul jamoasida Baxtiyor urug’i, 3 va 4 ovul jamoasida Alchin urug’i, 8 va 9 ovul jamoasida esa Qo’ng’irot urug’i hamda 6 va 7 ovul jamoasida qoraqalpoqlar istiqomat qilgan3. Bog’don uchastka pristavi 6 hamda 7 ovul jamoasini bo’lgan holda ovul jamoalar sonini 10 taga yetkazib olish, undan so’ng har bittasi 5 ta ovul jamoasidan iborat ikkita volost tashkil etishni rejalashtirgan. Shunday bo’lgan taqdirda, har bitta urug’ni to’liq bir ma’muriy hududga tusharish orqali volostlarni ma’muriy boshqarish, jamiyat aloqalari va xo’jalik turmush tarzi jihatidan qulayliklarni yaratib berish ko’zda tutilgan1. Bundan tashqari urug’larning joylashuv o’rniga ko’ra taqsimlanish qizilqumliklarning xohishlariga ham to’g’ri kelgan.
Umuman olganda Bog’don uchastka pristavi aholi punktlarining joylashgan o’rniga ko’ra taqsimlashni afzal ko’radi va bu to’g’rida o’zining bir necha takliflarini ko’rsatib o’tadi. Birinchi bo’lib volostni sharqdan g’arb tomonga qarab bo’lish qulay emasligi ta’kidlanadi. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa, birinchidan, volostdagi bir necha ovul jamoalari o’rtasidagi aloqa yo’qoladi. Ikkinchidan, hosil bo’lmagan yillari volostning janub tomonida yashovchi yarim o’troq aholi shimoliy Qizilqumda joylashgan Jettijo’l vodiysiga o’tishiga hamda ularning yozgi yaylovdan qishlov joyiga ko’chishiga to’siq bo’ladi.
Ikkinchi taklif Qizilqum volostini shimoldan janubga qadar, ya’ni Durtquduq qudug’idan Nurotagacha bo’lishi maqsadga muvofiqligi aytiladi. Bu holatda chegara chizig’i Jirenboyquduq, Musuraliquduq, Mullo Omonquduq, Irmambetquduq, Uchquduq, Koshquduqlari orqali o’tishi lozim edi. Shundagina Qizilqum volosti teng ikkiga bo’lingan bo’lar edi. Biroq bunday bo’linishda 5 ovul jamoasi g’arbiy qismga, 1 va 2 ovul jamoasi esa sharqiy qismga tushib qolardi. Natijada Alchin urug’i turli volostlarda yashashi kerak edi. Bundan tashqari 6 va 7 ovul jamoasidagi deyarli 200 ta o’tovdan iborat qoraqalpoqlarning bir qismi sharqiy qismda, qolgan tarkibi g’arbiy qismda qolib ketardi.
Biroq Bog’don uchastka pristaviga yuqoridagi fikrlar ma’qul kelmaydi va shu sababli u uchunchi taklifni qabul qiladi. Unga ko’ra volostdagi 3, 4, 6 va 7 ovul jamoasi2 g’arbiy qismga tushgan holda Qo’rg’ontepa volosti nomini olishi hamda 1, 2, 5, 8 va 9 ovul jamoasi sharqiy qismga tushgan holda Qizilqum volosti nomida qolishi kerak edi3. Ikki volost o’rtasidagi chegara chizig’i shimoldagi Durtquduq (4 ovul jamoasi)dan Jirenboyquduq (1 ovul), Shanpukulquduq (1 ovul), Nurboyquduq (1 ovul), Mulloqulquduq (5 ovul), Oqtoyloqquduq (5 ovul), Oqmanbetquduq (5 ovul), Aliqulquduq (5 ovul), Aydarquduq (5 ovul), Aliqul Turg’onboyquduq (5 ovul), Oybo’taquduq (5 ovul), Nurfayzquduq (5 ovul), Mirzaquduq (5 ovul), O’razmurodquduq (5 ovul), Berkutboyquduq (5 ovul), Niyozboyquduq (5 ovul), Umarboyquduq (9 ovul) orqali janubgacha etib borgan. Shunday bo’lgan taqdirda har bir urug’ bitta volost tarkibiga to’liq o’tib, ovul jamoalarining yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’yilmasdi, hatto o’tovlarning ham bo’linishiga olib kelmas edi. Bundan tashqari erning taqsimlanish masalasiga ham yetarlicha aniqlik kiritilgan bo’lardi. 1899-yilning martiga kelib Jizzax uyezd hokimi Ribushkin Qizilqum volosti to’g’risidagi ma’lumotlarni Samarqand viloyat harbiy gubernatoriga ma’lum qiladi. Ribushkin bu ma’lumotnomada asosan Bog’don uchastka pristavining ma’lumotlarini keltirib, uning taklifini qo’llab quvvatlaydi. 1903-yil noyabrda Turkiston general-gubernatorligi kantselyariyasi boshlig’i Jizzax uyezd hokimiga 1903-yilga doir soliqlarni yig’ib bo’lgandan so’ng Qizilqum volostini ma’muriy-hududiy jihatdan qayta taqsimlashni buyuradi. 1904-yilning yozigacha Samarqand viloyat harbiy gubernatori hamda Jizzax uyezd hokimi o’rtasida Qizilqum volostidagi soliqlarning miqdori va ularni yig’ib olish jarayoni xususida bir necha bor yozishmalar bo’lib o’tadi.
1904-yil iyunda Samarqand viloyat harbiy gubernatori “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risida”gi Nizomning 109, 110, 112, 222 va 238 bandlari asosida Qizilqum volostini ikkiga bo’lish to’g’risida buyruq chiqaradi. Bu buyruqqa asosan volost sharqiy va g’arbiy qismga ajratiladi. Sharqiy qism 1244 ta o’tovni o’z ichiga olgan 1, 2, 5, 8 va 9 ovul jamoasidan iborat bo’lib, Qizilqum volosti nomida qoladi. G’arbiy qism Qo’rg’ontepa volosti nomini olib, u o’z ichiga 1143 ta o’tovni olgan 3, 4, 6 va 7 ovul jamoalaridan iborat edi1. Buyruqda Qizilqum volostining bu tarzda bo’linishi aholini ma’muriy jihatdan boshqarishda, jamoalar o’rtasidagi aloqalarda, urug’larning alohida xo’jalik turmush tarzida, qishlov makonlarining hamda chorva mollari uchun yaylovlarning taqsimlanishida tartiblarni kuchaytirishi kutilayotganligi ham ta’kidlanadi1.
Qizilqum volostining bu tarzda ikkiga taqsimlanishi natijasida ovul jamoalarining nomlanishida bir qator chalkashliklar vujudga keladi. Oqibatda Samarqand viloyat harbiy gubernatori bu muammolarni yechish maqsadida ovul jamoalarining aksariyatinining tartib raqamlarini o’zgartirish va ularga mahalliy boshqaruv vakillarini tayinlash to’g’risida navbatdagi buyrug’ini chiqaradi. Ushbu buyruqda Qizilqum volostining 8-ovul jamoasini 3 tartib raqamiga, 9-ovul jamoasini 4 tartib raqamiga o’zgartirish hamda qolgan 1, 2 va 5-ovul jamoalari o’z tartib raqamida qolishi aytilgan bo’lsa, Qo’rg’ontepa volostining barcha ovul jamoasining tartib raqamini o’zgartirishga to’g’ri keldi. Jumladan, 3-ovul jamoasi 1 tartib raqamiga, 4-ovul jamoasi 2 tartib raqamiga, 6-ovul jamoasi 3 tartib raqamiga hamda 7-ovul jamoasi 4 tartib raqamiga o’zgartirilgan.
Ovul jamoalarining tartib raqamlari o’zgargandan so’ng ulardagi qozilarni ham bir boshidan tayinlashga kirishilgan2. Bunda har bir ovul jamoasining o’z fuqorolardan birini qozi etib tayinlash tamoyiliga amal qilingan. Jumladan, Qizilqum volostining ilgarigi 1, 2 va 5-ovul jamoasining qozisi Nurik Ketebaev hamda unga nomzod Ismail Nurekinov 2-ovul jamoasining fuqarosi sifatida 2 va 5-ovul jamoasining qozisi etib tayinlangan. Avvalgi 8-ovul jamoasi fuqarosi hamda 8 va 9-ovul jamoasining sobiq qozisi yangi tashkil topgan 3-ovul jamoasining qozisi bo’lib qolgan va unga nomzod etib Ashurbek Alimbaev tayinlangan3. Bu vaqtda 1 va 4-ovul jamoasiga yangidan qozi va unga nomzod tayinlanadigan bo’lgan.
Qo’rg’ontepa volostidagi ovul jamoalariga qozilarni tayinlash ishlari Qizilqum volostida bo’lgani kabi amalga oshirilgan. Bunda avvalgi 3 va 4-ovul jamoasining qozisi yangi tashkil topgan 1-ovul jamoasining, 6-7 ovul jamoasining qozisi 3-ovul jamoasining qozisi etib tayinlangan bo’lsa, yangi tashkil etilgan 2 hamda 4-ovul jamoasi uchun yangi qozilar saylanadigan bo’lgan.
Xulosa qilib aytganda, asrlar davomida bir hudud tarkibida bo’lgan aholi Rossiya imperiyasi hukumatining tashabbusi bilan bir necha ma’muriy-hududiy birliklarga bo’linib ketdi. Mustamlaka ma’muriyatining Turkiston o’lkasini ma’muriy – xududiy jihatdan bo’lishning asosiy maqsadi mahalliy aholi ustidan boshqaruvni tashkil etish va soliqlarni o’z vaqtida hamda to’lig’icha yig’ib olish bo’lgan. Ammo, bu tashabbusda mahalliy aholiga qulaylik yaratib beradigan bironta sifatni topish mushkul. Aksincha, bu mahalliy aholiga bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqardi. Bu ko’p jihatdan yer va suvdan foydalanish tartibiga borib taqaladi. Yer va suvdan foydalanishning mahalliy tartibi bir yaxlit hudud sharoitiga moslashgan edi. Mirzacho’l vohasining bir qancha ma’muriy birliklarga bo’linishi natijasida ushbu tartibdan foydalanishda muammolar vujudga kela boshladi. Buning ustiga mustamlaka ma’muriyati suvdan foydalanishda yangi sharoitga moslashtirilgan bironta tartib o’rnatmaganligi hamda yerdan foydalanishda ham yangi tartiblarning hisobga olinmaganligi ko’pgina kelishmovchiliklarga olib kelgan. Bu holat hudud aholisining hayotiga nafaqat, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy jihatdan, balki ijtimoiy jihatdan ham ta’sir o’tkazmasdan qolmagan.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish