Kirish Magistrlik disseretatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA MIRZACHO’L AHOLISINING MASHG’ULOTLARI



Download 1,89 Mb.
bet7/13
Sana17.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#813107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Охирги Магистр дисс 2022 Рашидов

2.2. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA MIRZACHO’L AHOLISINING MASHG’ULOTLARI

XIX asrning ikkinchi yarmida Mirzacho’lning ma’lum qismlarida aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanishda davom etgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida hudud va uning atrofidagi barcha maydonlar hamda yilning barcha faslida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanishga imkon bermagan bo’lsa-da, hududning ma’lum qismi aholini ziroatchilik qilishga va chorva mollarini etishtirishga qulay sharoitga ega bo’lgan. Mahalliy aholi faqatgina cho’lning sug’orilishga sharoit mavjud qismida istiqomat qilgan. Suvni uzoq masofaga etkazish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lsa-da, O’rta Osiyo aholisi tog’ oldi hududlari yaqinida joylashgan cho’lning ma’lum qismidangina sug’orma dehqonchilik sifatida foydalangan. Bunda baland vodiylar kuchli suv oqimlarini vujudga keltirgan va shu sababli suvlar cho’l hududlarigacha etib borishga zamin yaratilgan1. Bundan tashqari, Mirzacho’l aholisi yomg’ir va qor suvlarini ma’lum joyga to’plash va uni saqlash hamda quduqlardan foydalanish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lgan. Shu sababli hududning aksariyat qismida quduqlarni uchratish mumkin edi. Bu aholiga yilning ma’lum vaqtida o’sha quduqlar atrofida yashash va chorvachilik hamda boshqa kasblar bilan shug’ullanishiga imkon yaratgan. Ta’kidlash joizki, Mirzacho’lning ma’lum qismlarida aholi sug’orma yoki lalmikor dehqonchilik qilgan bo’lsa, boshqa qismlarida quduqlarning mavjudligi ma’lum davr davomida aholining ushbu joylarda chorvachilik bilan shug’ullanishga sababchi bo’lgan. Bundan tashqari, keyinchalik Mirzacho’lning Sirdaryo bilan tutash qismlarida kanallar qazilishi natijasida hududning ushbu joylarida ham dehqonchilik bilan shug’ullanish imkoni yaratildi. Bu hududda asosan rusiyzabon krestyanlar dehqonchilik bilan shug’ullanishi nazarda tutilgan bo’lsa-da, amalda ma’lum sabablarga ko’ra mahalliy dehqonlar o’zlashtirilgan yerlardan yuqori hosil olishning uddasidan chiqa oldi.


Odatda cho’llarda qum barxanlarining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi kuzatilib turadi. Bu esa sun’iy sug’orish ishlarini olib borish hamda dehqonchilik bilan shug’ullanishga imkon bermagan. Biroq XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Mirzacho’lda qum barxanlari deyarli uchramaganligi sababli Jizzax, Nurota va Forish cho’llarida sun’iy sug’orish tizimini yaratish orqali sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyati bo’lgan1. Mazkur masala bo’yicha XX asr boshlarida tadqiqotchilar o’z fikrlarini bildirib o’tgan. Jumladan, V.Peltsa mazkur hududda harakatlanuvchi qumlar kamroq bo’lganligini hamda ularning ozgina qismi faqatgina Sirdaryo bilan qo’shni bo’lgan Jizzax uyezdining sharqiy tomonida kuzatilganligini ta’kidlaydi. U fikrini davom ettirgan holda bu hududdagi qumlarning harakatlari sug’oriladigan ziroatkor yerlarga xavf solmaydi deb aytib o’tadi.
Mirzacho’lda mavjud bo’lgan dexqonchilik erlarining miqdorini va ushbu ekin yerlarining hududdagi har bir xonadon soniga qanchadan to’g’ri kelishini tahlil qilish hududda dehqonchilikning mahalliy aholi uchun ahamiyati masalasiga oydinlik kiritadi. Chunki ko’pgina tadqiqotchilar Mirzacho’l hududida dexqonchilik o’zlashtirish ishlari olib borilgandan so’ng rivojlangan degan fikrni ilgari suradi. Biroq manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra shudgor erlarning miqdori ancha salmoqli bo’lgan. Jumladan, tog’ oldi hududlarini Jizzax uyezdi misolida oladigan bo’lsak, 1870-1871 - yillarda uyezdda jami ekin va bog’ maydonlarining miqdori 5678 tanopni tashkil etgan. Agar buni hududlar bo’yicha oladigan bo’lsak, Jizzax xo’jalik boshqarmasiga qarashli hududda jami 2243 tanop ekin va bog’ maydonlari bo’lgan va eng yuqori ko’rsatkich hisoblangan. Eng kam dexqonchilik yerlari Rabot xo’jalik boshqarmasiga qarashli hududda bo’lgan bo’lib, uning umumiy maydoni 151 tanopdan iborat bo’lgan. Bu vaqtda Zomin xo’jalik boshqarmasida 1004, Yangiqo’rg’on xo’jalik boshqarmasida 257 tanop, Garasha xo’jalik boshqarmasida 709 tanop hamda Bog’don xo’jalik boshqarmasida 1314 tanop ekin va bog’ maydonlari mavjud bo’lgan2. Umuman olganda, Mirzacho’lning tog’ oldi hududlari avvaldan O’rta Osiyoda dexqonchilikkka ixtisoslashtirilgan vohalardan biri sifatida ma’lum bo’lgan.
Mazkur masala Mirzacho’ldagi O’zbek volostining Qang’li, Komimulkan va Tokchilik qishloqlari misolida ko’rib o’tilsa, quyidagi ma’lumotlar ayon bo’ladi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Qang’li qishlog’i jami 192 ta, Komimulkan 119 ta va Tokchilik qishlog’i 156 ta xo’jalikdan iborat bo’lgan. Qang’li qishlog’i aholisining jami 4817,42 tanop sug’oriladigan va lalmikor yerlari mavjud bo’lgan va ularning 3388,71 tanop qismiga dehqonchilik ekinlari ekilgan bo’lsa, 142,31 tanopiga beda ekilgan. Bu vaqtda Komimulkan qishlog’ining aholisi jami 2785,35 tanop erlarga ega bo’lgan va uning 1766,45 tanopi shudgor erlar hisoblangan. Tokchilik qishloq aholisining yer maydoni boshqa qishloqlarning yer maydonlaridan ko’proq bo’lib, u 4966,72 tanopni tashkil etgan. Shundan 1858,41 tanop qismiga turli dehqonchilik ekinlari ekilgan bo’lsa, 69,5 tanopiga beda ekilgan.
Hududning cho’l qismlarida mahalliy aholi dehqonchilikning qanday turidan qay tarzda shug’ullanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar juda kam uchraydi. Bunga asosiy sabab esa bizgacha etib kelgan manbalarning ko’pchiligi Mirzacho’lda yangi yerlarni o’zlashtirish va u yerlarda tashkil topgan yangi xo’jaliklarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga bag’ishlanganligi bilan bog’liq. Lekin ayrim manbalar borki, ular bizga hudud mahalliy dexqonlarining faoliyatini tadqiq etishga imkon yaratadi. Shunday manbalardan biri M.I.Noskov, N.A.Chudov, A.A.Chernovskiy va A.A.Roslyakovlarning 1911-va 1912-yillarda Mirzacho’l mahalliy aholisining iqtisodiy va xo’jalik munosabatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan ekspeditsiyalari ishi natijalari hisoblanadi. Ular hududni xo’jalik, iqtisodiy va tarixiy sharoitlardan kelib chiqqan holda 6 qismga bo’ladi va o’z statistik ma’lumotlarini shu hududlar, ya’ni Savot, Prirechniy, Pistalitog’, Ko’ktepa, Golodniy Step va Qizilqum hududlari bo’yicha beradi1. Mazkur hududlarda mahalliy aholiga tegishli bo’lgan jami 1973,07 desyatina dexqonchilik yerlari bo’lgan bo’lsa, shundan 533,17 desyatinasi sug’oriladigan yerlar hisoblangan. Bundan tashqari mahalliy aholining 6653,59 desyatina pichanzorlari mavjud bo’lgan bo’lib, ularning 178,96 desyatinasi sug’oriladigan pichanzorlar hamda 152,52 desyatinasi yo’ng’ichqadan1 tarkib topgan.
Savot hududi dehqonchilikka, jumladan sug’orma shudgor yerlari bilan boshqa hududlardan ajralib turganligi bilan izohlanadi. “Imperator Nikolay 1” kanali qurilishidan oldin Savot mahalliy aholisi dehqonchilik uchun kichkina ariqlarning suvlaridan foydalangan. Keyinchalik aholi yangi qurilgan kanaldan ma’lum bir miqdorda haq to’lash orqali foydalana boshlagan.
Lalmi shudgor yerlar asosan Sirdaryo bo’yidagi tor joylarda hamda tog’ oldi hudud hisoblangan Pistalitog’ rayonida ko’proq mavjud bo’lgan2. Yuqoridagi tahlillardan ko’rinib turibdiki, Mirzacho’l hududining o’zlashtirilmagan joylarida ham mahalliy aholi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ular nimaning hisobiga bu hududlardan dehqonchilik mahsulotlarini etishtira oldi degan savol tug’ilishi tabiiy va bunga XX asr boshlarida Mirzacho’lda qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan mutaxasislardan biri javob topgan. 1909-yili Mirzacho’lda dehqonchilik bilan shug’ullangan agronom M.M.Bushuev o’ziga tegishli ekin maydoni bo’yicha hisobot beradi. U o’z ma’ruzasining dastlabki qismida, hududda qishloq xo’jaligini samarali va foydali olib borish uchun dehqon o’simliklarni, tuproqni va mahalliy ob-havoni yaxshi bilishi zarurligini ta’kidlaydi.
Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, Mirzacho’lda avvaldan etishtirilib kelingan dehqonchilik mahsulotlari bilan birgalikda, mustamlaka ma’muriyatining rejalari asosida bir qancha yangi ekin turlari etishtirila boshlandi. Masalan, Rossiya imperiyasi bosqinidan avval Mirzacho’lning Savot volostida bug’doy, arpa va qovun ekilgan, biroq XX asr boshlariga kelib paxta, jo’xori, mosh va sholi etishtirilishi natijasida yuqoridagi mahsulotlarning hajmi kamayib ketgan. Mosh va jo’xori ekilsa-da, ko’pincha ularni chigirtka eb qo’ygan va undan ko’p foyda olinmagan. Paxta va sholi etishtirish esa Rossiya imperiyasi uchun katta iqtisodiy foyda olib kelgan1.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Mirzacho’lda qishloq xo’jalik asbob-uskunalarining yangi turlari ishlatila boshladi. XIX asrning oxiriga qadar Mirzacho’lda yog’ochdan yasalgan omoch va mola asosiy qishloq xo’jalik asbob-uskunalari bo’lib kelgan. Hududda rus posyolkalari tashkil topishi natijasida o’lkadagi qishloq xo’jaligi qurollarini zavod va fabrikalarda ishlab chiqarilgan texnika bilan almashtirishga kirishilgan edi. Aholini ushbu texnika bilan ta’minlashda davlat omborxonalari va xususiy tadbirkorlar alohida o’rin tutgan. Jumladan, Mirzacho’lning o’zlashtirilgan yerlariga dastlabki qishloq xo’jalik texnikalari Toshkentdagi omborxonalardan olib kelingan2. Keyinchalik esa bunday omborxonalar Turkistonning boshqa shaharlarida ham tashkil topa boshladi. Chunonchi, 1907-yilda Samarqand viloyatida qishloq xo’jaligi mashinalari va asbob-uskunalari omborxonasi Mirzacho’l tajriba dalalarida qishloq xo’jaligi texnikalari sotishni yo’lga qo’ygan.
Mahalliy dehqonlarning yangi turdagi qishloq xo’jaligi asbob-uskunalariga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida texnika ishi ko’rgazmalarda namoyish qilingan. Masalan, Zomin volostida don sovurish mashinalari ishi namoyish etilgan. Bundan tashqari, Turkistondagi yer ishlari departamenti topshirig’i bilan Turkiston qishloq xo’jaligi jamiyati tomonidan mahalliy aholining asosiy ish qurollaridan biri bo’lgan omochni pluglar bilan almashtirish maqsadida konkurs uyushtirilgan3. Natijada mahalliy aholi shunday mashinalar sotib olish istagini bildira boshlagan. Mazkur texnikalardan dastavval Mirzacho’lning rusiyzabon dehqonlari foydalangan va keyinchalik mahalliy dehqonlar ham ushbu qishloq xo’jalik qurollaridan foydalanishni boshlagan. XX asr boshlarida Turkistondagi qishloq xo’jaligi asbob-uskunalari omborxonalaridan asosan o’lka aholisining evropalik qatlami foydalangan bo’lib1, bu omborxona xizmatlariga mahalliy aholining faqat 15 foizi murojaat qilgan2. Mazkur qishloq xo’jalik texnikalari ichida eng talabgori plug bo’lgan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida dehqonchilik va chorvachilik mahalliy aholining asosiy xo’jaligi hisoblangan. Mirzacho’l chorvalar soni bo’yicha Turkistonda eng yirik hududlardan biri hisoblangan. Qo’ylar chorvalarnning asosiy qismini tashkil etgan. Bundan tashqari, tuya, ot va echki kabi chorvalar soni ham salmoqli bo’lgan. Chorvadorlar o’z chorvalarni ma’lum vaqtlarda bir hududdan ikkinchi hududga olib borib boqqan. Chorvadorlarning yozgi va qishki yaylovlari mavjud bo’lgan. Mustamlaka davrida mazkur jarayonlarni amalga oshirish mahalliy chorvadorlarga mushkullashib borgan. Chunki bu vaqtda Mirzacho’lning katta qismida “o’rmon”lar tashkil etildi. Ushbu “o’rmon”lardan faqatgina mustamlaka ma’muriyatidan ruxsat olish orqali foydalanish mumkin edi. Bundan tashqari, Mirzacho’l chorvadorlari qadimdan chorvalarini Toshkent, Hisor, Chimkent va Buxoro kabi qo’shni hududdagi yaylovlarda ham boqib kelgan. Biroq ma’muriy – hududiy birliklar tashkil etilishi natijasida qo’shni hududlarga o’tib chorva boqish jarayoni qiyinlashib borgan.
Mahalliy aholi Mirzacho’lning aksariyat qismida dehqonchilik bilan shug’ullangan. XX asr boshlaridan Sirdaryo bo’ylarida yangi kanallarning ochilishi natijasida dehqonchilik yerlari hajmi yanada kengaydi. Dehqonlar asosan bug’doy, arpa, paxta, jo’xori, tariq, no’xat, loviya, kartoshka, maxsar, kunjut va kungaboqar kabi ekinlarni ekkan. Bularning orasida bug’doy va arpa asosiy o’rin tutib, shudgor yerlarning aksariyat qismiga mazkur ekinlar ekilgan. Keyinchalik hududda paxta ekish ko’payadi, biroq u asosan o’zlashtirilgan yerlarda etishtirilgan hamda uning miqdori bug’doy va arpaning hajmidan kam bo’lgan. XX asr boshlaridan dehqonchilikda yangi turdagi qishloq xo’jalik texnikalaridan foydalanila boshlandi. Bu texnikalar birinchi bo’lib o’zlashtirilgan yerlardagi rusiyzabon dehqonlar tomonidan qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik mahalliy dehqonlar ham mazkur qishloq xo’jalik texnikalaridan o’z dalalarida foydalana boshladi. Biroq mazkur texnikalarning aksariyati mahalliy tuproq sharotiga moslashtirilmaganligi sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoga kelganda, ular asosan ikki turdagi xo’jalik turmush tarzi bilan shug’ullanadigan aholiga duch kelgan: dehqonchilik bilan shug’ullanadigan o’troq aholi va chorvachilik bilan shug’ullanadigan ko’chmanchi aholi1. Ko’pgina tadqiqotchilar mustamlaka ma’muriyatining chorvador aholiga nisbatan siyosatini o’rgangan. Ular mustamlaka ma’muriyati siyosiy va iqtisodiy sabablarga ko’ra chorvadorlarning yozki yaylovdan qishki yaylovga ko’chib yurishlarini to’xtatishga harakat qildi deb fikr bildiradi. Bu jarayonning siyosiy sababablari yaxshi o’rganilgan bo’lsa-da, uning iqtisodiy sabablari to’liq tadqiq etilmagan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida chorvachilik Markaziy Osiyo xalqlarining qadimdan shug’ullanib kelayotgan kasblaridan biri hisoblangan. Chunki u chorvadorlarga turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etgan bo’lsa, davlat va mahalliy amaldorlar ulardan keladigan soliq orqali katta iqtisodiy manfaat ko’rgan.
Chorvadorlar asosan o’zining hududiga chegaradosh hududlarda chorvalarini boqqan. Masalan, Mirzacho’lning shimoli-g’arbida yashagan chorvadorlar o’z chorvalarini hududning shimoli-g’arbida joylashgan Nurota yaylovlariga haydab borgan bo’lsa, shimoli-sharqda joylashgan cho’ponlar hududning shimoli-sharqida joylashgan Toshkent va Chimkent hududlariga chorvasi bilan birga borgan. Shuningdek, Mirzacho’lning janubida yashaydigan chorvadorlar hudud bilan janub tomondan chegaradosh hisoblangan Hisor, Qarshi, Xo’jand va Panjikent hududlaridagi yaylovlardan foydalangan.
Bir yaylovdan ikkinchi yaylovga ko’chib yurishning asosiy ikkita sababi bo’lgan: birinchisi yaylovlar yilning ma’lum vaqtlarida mavjudligi yoki yaylovlardagi maysalarning etishmovchiligi bo’lsa, ikkinchisi inson va chorvalar uchun suv tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan. Odatda har bir chorvador yoki chorvadorlar jamoalarining yozgi va qishki yaylovlari mavjud bo’lgan. Biroq, mazkur yaylov odatda ushbu chorvadorlar jamoasi yoki chorvadorning xususiy mulki hisoblanmagan. Ushbu yaylov kimning foydalanish tasarrufida ekanligi mazkur yaylovdan qaysi chorvador yoki chorvadorlar jamoasi va ularning avlodlari uzoq davrdan buyon foydalanib kelayotgan vaqtga bog’liq bo’lgan.
Yaylovlarni tanlashda suv manbalari ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Chorvadorlar odatda tabiiy suv zahiralariga yaqinroq bo’lgan yaylovlardan foydalanishga harakat qilgan. Hatto ayrim cho’lda joylashgan yaylovlar ularning qanchalik maysaga boyligiga qarab emas, balki u erda suv manbai bor yoki yo’qligiga qarab tanlangan. Masalan, Nurota chorvadorlari Mirzacho’lning shimoli – g’arbidagi yaylovlarga maysa sabab emas, balki suv manbaidan foydalanish uchun bu hududga chorvalarini haydab kelgan1.
Mirzacho’ldagi yer maydonining aksariyatini ishlov berilmagan yerlar egallagan hamda mazkur yerlar odatda mahalliy aholi uchun yaylov vazifasini bajargan. Yaylov yerlar cho’l hududining asosiy qismini tashkil etgan bo’lsa, tog’ oldi hududlarida esa yaylovlar sug’oriladigan va lalmikor yerlar orasida joylashgan. O’z navbatida ushbu yaylov yerlarini mulk huquqi nuqtai nazaridan ikki turga bo’lish mumkin. Birinchisi, ma’lum jamoa tomonidan foydalanadigan va o’zining tabiiy chegaralariga ega yaylovlar hisoblangan2. Bunday yaylovlardan faqatgina ma’lum bir jamoaning foydalanish huquqi mavjud bo’lib, boshqa qishloq yoki jamoa vakillari ushbu yerlardan foydalanishi mumkin bo’lmagan. Cho’l hududlarida bunday yaylovlardan faqatgina qish vaqtida foydalanilgan va ba’zi chorvadorlar ushbu yaylovlarda o’z chorvalari bilan qishni o’tkazganlar. Tog’ oldi hududlarida joylashgan yaylovlardan esa ma’lum bir jamoa yoz vaqtida foydalangan. Boshqacha aytganda, odatda har bir cho’ponning yoki chorvadorlar guruhining avvaldan tabiiy hududi ma’lum bo’lgan qishki va yozgi yaylovlari mavjud bo’lgan. Chorvadorlar bahorda yozgi yaylovlarga ko’chib o’tgan bo’lsa, kuzning so’nggi kunlarida qishki yaylovlariga qaytib kelishgan. Biroq, ma’lum bir chorvador yoki chorvadorlar guruhi tasarrufida bo’lgan yaylovlarga xususiy mulk sifatida qaramagan. Bu faqatgina bir chorvador yoki o’sha chorvador ajdodlari tomonidan yaylovdan ma’lum bir vaqt davomida foydalanish jarayoniga bog’liq bo’lgan. Shu sababli boshqa turdagi erlardan farqli ravishda Mirzacho’lning aksariyat qismida yaylov yerlari sotilmaganligini taxmin qilish mumkin.
Yozgi va qishki yaylovlar odatda bir-biridan uzoqda joylashmagan, biroq ularning ayrimlari turli ma’muriy birliklarda joylashgan. Masalan, Mirzacho’l aholisining Buxoro amirligining Nurota bekligida yaylovlari mavjud bo’lgan yoki aksincha Nurota chorvadorlari azaldan Jizzax uyezdi yaylovlaridan foydalanib kelgan1. Ikkinchi yaylov turlari barcha chorvadorlar tomonidan foydalanishi mumkin bo’lgan hududlar hisoblangan. Bunday yaylovlardan foydalanishda ma’lum qishloq yoki jamoalar o’rtasida chegaralar mavjud bo’lmagan, biroq odat bo’yicha bir quduq atrofida joylashgan hamda tabiiy chegaralarga ega yaylovlar ma’lum bir jamoa tomonidan foydalanilgan2.
Xulosa qilib aytganda, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Mirzacho’l yaylovlarida ko’plab chorvalar mavjud bo’lgan. Ushbu chorvalarning asosiy qismi qo’ylar hisoblangan. Ushbu yaylovlardan foydalanish uchun mahalliy cho’ponlarning an’analari mavjud bo’lgan. Biroq mazkur yaylovlardan foydalanish tartiblari mustamlaka davriga kelib bir qancha to’siqlarga duchor bo’ladi. Ayniqsa hududda “o’rmon”larning tashkil etilishi ma’lum bir miqdorda pul to’lash orqali yaylovlardan foydalanishni talab qilardi. Natijada ayrim chorvadorlar yangi tartibda o’rnatilgan yaylovlardan foydalanish qoidalariga rioya qilgan bo’lsa, ayrimlari chorvachilikni tashlab, o’zining yer maydonida dehqonchilik bilan shug’ullanishga o’ta boshladi. Yana shuni aytish kerakki, mazkur davrda Mirzacho’l yaylovlaridan faqatgina hudud chorvadorlarining o’zi foydalanmasdan, balki Buxoro amirligining chorvadorlari ushbu yaylovlardan o’z podasini boqish uchun foydalanib kelgan. O’z navbatida mahalliy chorvadorlar ham Nurota, Hisor va Toshkent yaylovlarida o’z chorvalarini boqqanligini manbalar ko’rsatadi.



Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish