Kirish. Asosiy qism i-bob. Hozirgi zamonda inson huquqlari to’g’risidagi asosiy xalqaro


Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro paktning quyidagi xususiyatli jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin



Download 45,51 Kb.
bet6/11
Sana31.03.2022
Hajmi45,51 Kb.
#521965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mohmudov Bunyod

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro paktning quyidagi xususiyatli jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
birinchidan, davlatlar uchun majburiy toifaga mansub bo'lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar ro'yxati aniqlangan;
ikkinchidan, xalqaro standartdagi huquqlarning har biri davlatlarning tegishli qonunchiligida o'z aksini topishi lozimligi shakllantirilgan;
uchinchidan, davlatlarning e'lon qilingan huquqlarni tan olishi va ta'minlashi majburiyati o'rnatilgan;
to’rtinchidan, Paktda e'lon qilingan huquqlarni amalga oshirishning mexanizmlari mustahkamlangan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt va uning birinchi Fakultativ protokoli 1976 yil 23 martda kuchga kirgan. Mazkur Paktning qabul qilinishi unda ko'rsatilgan huquqlarning tabiiy, begonalashtirilmaslik xususiyat kasb etishi, hayot. sha'n, inson qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizlik, e'tiqod erkinligi va shaxsiy hayot kabi yuqori qimmatliklar bilan aloqadorligi bilan asoslanadi. Inson huquqlari nazariyasida bu huquqlar birinchi avlod huquqlari hisoblanadi va “negativ huquqlar” sifatida nomlanadi, chunki aynan davlat hokimiyati tomonidan tajovuzlardan alohida himoyaga muhtojdir. Ushbu Paktga birlashish erkinligi, so'z erkinligi, davlat boshqaruvida qatnashish huquqi, saylov huquqi kabi birinchi avlod huquqlariga kiruvchi va xalqaro huquq nuqtai nazaridan inson shaxsi rivojlanishi va uning davlat bilan o'zaro munosabati bilan bog'liqligi sababli o'ta muhim sanaladigan siyosiy huquqlar kiritilgan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt yuridik tarkibining o'ziga xosligi shundaki, Paktning har bir moddasida belgilab berilgan har bir huquq mazkur huquqni amalga oshirishning aniq mexanizmini qamrab olgan va bu huquqlarni amalga oshirish uchun qonunchilik, ma'muriy va boshqa choralarni ko'rish har bir davlatning majburiyati hisoblanadi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning kuchga kirishi bilan xalqaro inson huquqlari huquqi taraqqiyoti yangi bosqichga ko'tarildi. Xalqaro huquq tarixida birinchi marta individ o'z huquqlarining himoyasi uchun BMT xalqaro organlariga murojaat qilish huquqiga ega bo'ldi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt doirasida bunday organ Inson huquqlari bo'yicha qo'mita bo'lib, u nafaqat individual murojaatlar, balki milliy hisobotlar asosida ham Paktga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 4
Paktning bu xususiyatlari uni nafaqat inson huquqlari sohasida, balki butun xalqaro huquq sohasida ham muhim ahamiyat kasb etuvchi hujjatga aylantiradi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt muqaddima va olti qismdan iborat. I qism xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga bag'ishlangan bitta moddadan iborat.

  1. qismi 2-5-moddalarni o'z ichiga oladi. Bu moddalar davlatlarga Paktda ko'rsatilgan huquqlarni hurmat qilish va hyech qanday kamsitishlarsiz ta'minlash majburiyatini yuklaydi. 2-moddaning 3-qismi bevosita davlatlarga vakolatli sud, ma'muriy yoki qonunchilik hokimiyati tomonidan sud himoyasi imkoniyatlarini kengaytirib, huquqiy himoya vositalarini o'rnatish majburiyatini yuklaydi. Bundan tashqari, 3-modda davlatlarga erkaklar va ayollarga teng fuqarolik va siyosiy huquqlardan foydalanishni ta'minlash majburiyatini yuklaydi. Ushbu bobda davlatda favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash va bunday vaziyatlarda inson huquqlari cheklanishlarini tartibga soluvchi norma berilgan.

  2. qism 22 ta modda (6-27-moddalar)dan iborat va Paktning eng katta qismi hisoblanadi. Unda bevosita ham shaxsiy va siyosiy huquqlar, ham ularni amalga oshirish mexanizmlari ko'rib chiqiladi. 6-modda shaxsning ajralmas huquqi sifatida yashash huquqini mustahkamlaydi. Modda oltita punktdan iborat bo'lib, mamlakatda o'lim jazosi mavjud bo'lsa uni eng og'ir jinoyatlar uchungina qo'llashni; o'lim jazosi belgilanganda avf etishni so'rash yoki hukmni yengillashtirishni so'rash huquqini; o'lim jazosini 18 yoshga to'lmagan shaxs va xomilador ayllarga nisbatan qo'llamaslikni nazarda tutadi. Pakt o'lim jazosini to'liq bekor qilishni nazarda tutmaganligi bois Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga Ikkinchi Fakultativ protokol qabul qilingan bo'lib, ushbu Protokol ishtirokchi-davlatlarga o'lim jazosidan voz kechish majburiyatini yuklaydi.

Paktning bu qismi qiynoqlar (7-modda), qullik, qullar savdosi va majburiy mehnatni (8-modda) butunlay taqiqlashni nazarda tutadi.
Paktda ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi hamda ular bilan muomalada bo'lish; o'zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish yoki ushlab turishni taqiqlash; ozodlikdan mahrum qilish qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshirilishi (9, 10-modda)ga alohida e'tibor qaratiladi.
Paktda bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yurish erkinligi va erkin yashash joyi tanlash huquqini ham nazarda tutadi. Shu bilan birga, bu huquqni tartibga soluvchi 12-modda davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi sog'ligi va ahloq qoidalari, boshqa shaxslar huquq va erkinliklarini muhofaza qilish maqsadida qonunda nazarda tutilgan hollarda bu huquq cheklanishi mumkinligini mustahkamlaydi. Bu turdagi cheklovlar namoyishlar o'tqazish, erkin fikr bildirish, erkin fikrlash, din va e'tiqod erkinligi, tinch yig'ilishlarga bo'lgan huquqlarga ham tatbiq qilinadi.
Paktning 14-, 15- va 26-moddalari aybsizlik prezumpsiyasi, adolatli sudlov, jinoyat prosessining barcha bosqichlarida ayblanuvchining huquqlarini ta'minlashni o'z ichiga oluvchi qonun va sud oldida tenglikni ta'minlashni nazarda tutadi.
Alohida modda bilan har bir shaxsning huquq subyektliligini tan olinishiga bo'lgan huquqi mustahkamlangan (16-modda).
Pakt shaxsiy va oilaviy hayotgan o'zboshimchalik bilan va noqonuniy aralashuvlarni taqiqlaydi, uy-joy daxlsizligi va yozishmalar sirini muhofaza etadi (17-modda).
Paktning 18-19-moddalari fikrlash erkinligi, din va e'tiqod erkinligi, shuningdek, to'sqinliklarsiz o'z fikrini qo'llab -quvvatlash huquqiga bag'ishlangan. Shu bilan birga har qanday urushni targ'ib qilish, milliy, irqiy yoki diniy adovatni qo'llab-quvvatlab chiqish taqiqlanadi.
Paktda tinch yig'ilishlar o'tqazish huquqi va birlashish erkinligi aniq tartibga solingan (21-22-moddalar).
Pakt jamiyat va davlat tomonidan oilani himoya qilish, shuningdek bola huquqlariga alohida moddalarni ko'zda tutadi (23-24-moddalar). Ta'kidlash joizki, aynan Paktning ushbu qoidalari keyinchalik Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishni yo'q qilish to'g'risidagi Konvensiyalarida o'z aksini topgan.
Paktning 25-moddasi davlat ishlarini olib borishda ishtirok etish huquqi, ovoz berish va saylanish, shuningdek teng asoslarda davlat xizmatiga yollanish kabi siyosiy huquqlarini amalga oshirishga bag'ishlangan.
Paktda shuningdek yana bir moddada etnik va diniy ozchiliklarning boshqa a'zolar bilan birgalikda o'zining madaniyatidan foydalanish, o'z diniga e'tiqod qilish, shuningdek ona tilidan foydalanish huquqini tartibga solish mustahkamlangan.
Paktning IV qismi (28-45-moddalar) inson huquqlari bo'yicha Qo'mitaning tarkibi, funksiyalari va vakolatlari, bu organga ishtirokchi-davlatlarning hisobot topshirish majburiyati, shuningdek, davlatlararo xabarlarni taqdim qilish va ularni ko'rib chiqish tartibini belgilab beradi.
Paktning V va VI qismlari yakuniy qoidalar va mazkur Paktni imzolash, ratifikasiya qilish va amal qilishiga bag'ishlanadi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktga Ikkinchi Fakultativ protokol o’lim jazosini bekor qilishga qaratilgan bo’lib, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 15 dekabr 1989 yilda qabul qilingan. 31 dekabr 2010 yil holatiga 26 ta mamlakat ikkinchi Protokol bo'yicha majburiyatlarni olishga rozilik bildirganlar; bu majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni inson huquqlari bo'yicha Qo'mita tomonidan amalga oshiriladi.
Shunday qilib, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt keng qamrovli hujjat bo'lib, unda fuqarolik va siyosiy huquqlarning barcha ko'rinishlari bo'yicha xalqaro standartlar batafsil mustahkamlangan. Shunga qaramasdan ushbu qoidalarning ko'pchiligi keyinchalik takomillashtirilib va aniqlik qiritilib, Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishni yo'q qilish to'g'risidagi Konvensiya, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, Qiynoqlarga qarshi Konvensiyalar kabi boshqa inson huquqlari bo'yicha xalqaro hujjatlarda o'z aksini topgan.

Download 45,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish