Kirish Adabiyotlar sharhi



Download 1,14 Mb.
bet1/9
Sana19.02.2022
Hajmi1,14 Mb.
#458589
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mohira


Mavzu: Ozuqa oqsili tayyorlash texnologiyasi
Mundareja:

  1. Kirish

  2. Adabiyotlar sharhi 2.1 Qishloq xo’jaligi biotexnologiyasining mazmun mohiyati va vazifalari. 2.1 Ozuqa oqsillari haqida umumiy tushuncha

  3. Tadqiqot metodi va metodikasi 3.1 Ozuqa oqsili tayyorlash texnologiyasi. 3.2 Achitqi ozuqa tayyorlash

  4. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. 4.1Suv o’tlari asosida ozuqa oqsili tayyorlash. 4.2 Mikroskopik zamburug’lar oqsillari. 4.3 Bakteriyalardan olinadigan ozuqa oqsil konsentrantlari

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  7. Ilovalar



Kirish
Hozirgi davrga kelib, ozuqa mahsulotlari yoki ularninng tarkibiga kiruvchi
alohida komponentlari ko‘plab hastaliklarga sabab bo‘lishi aniqlangan. Ozuqa
mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnologik jarayonlar yoki yangi ishlanmalar sog‘lom, yuqori sifatli ozuqa tayyorlash imkoniyatlarini yaratadi.
Sog‘lomlik bilan ozuqa mahsulotlari orasida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqa ozuqa tayyorlashning butunlay yangi yo‘nalishi– «Funksional ozuqa» tayyorlash, ishlab chiqarish uchunturtki bo‘ldi. Sog‘lom ozuqa ist’emol qilish g‘oyasi yangi bo‘lmasdan, u o‘tgan asrning50-yillarida ozuqa mahsulotlarini tarkibini qayta ko‘rib chiqish zarurligi haqidagi
fikrlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan edi.Oradan ko‘p o‘tmay,1960-yillarda «tabiatga qaytish» degan istiqlolli shiorlar paydo bo‘lgan edi.
Shundan keyin ozuqa mahsulotlari tarkibiga kiruvchi: - xolesterin, yog‘lar, shakar vatuzlarning miqdorini kamaytirish zarurligi isbotlab berilgan edi. Bu esa ozuqamahsulotlarini kaloriya miqdorini pasayishiga olib kelgan hamda ozuqa mahsulotlarini tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlar mana shu ko‘rsatmalarga rioya qilishga majbur bo‘lgan edilar. Bugunga kelib, ozuqa mahsulotlariga bo‘lgan talab biroz bo‘lsada yana o‘zgardi.
Zamonaviy talablarga ko‘ra, ozuqa nafaqat sog‘lom, balki u funksional bo‘lishi, ya’niorganizmga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatishi zarur.
Jahonda bunday maqsadga yo‘naltirilgan, funksional ozuqa tayyorlash bo‘yicha Yaponiya mamlakati karvonboshilik qilib kelmoqda. Bu mamlakatda, ozuqa mahsulotlari tayyorlash bilan yuzdan ko‘proq yirik kompaniyalar shug‘ullanishiga qaramasdan ularning faoliyati, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarninng sifati qattiq nazorat ostiga olingan.
Keyingi10-15 yilda ishlab chiqarishga yo‘lga qo‘yilgan eng kata ahamiyatga molik bo‘lgan“Funksional ozuqa mahsulotlari” sifatida baliq moyi va o‘simliklardan olinadigan antioksidantlarni ko‘rsatish mumkin. Bu mahsulotlar aterosklerotik hamda qon tomirini boshqa kasalliklarini oldini olish xususiyatiga egadirlar. Zamonaviy nuqtai-nazariyaga ko‘ra ozuqa mahsulotlari tarkibida β-karotini ishlatilishi har xil shish kasalliklarini sodir bo‘lishini pasaytirsa, kalsiy tuzlari– osteoloroz hastaligini, maxsus yog‘lar esa– yurak-qon tomir xastaliklarini oldini oladi. Organizmga tushgan sellyuloza tolalari inson organizmni yurak gonorar xastaliklardan va shish bo‘lishidan saqlashi aniqlangan. Sink organizmning har xil yuqumli kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Magniy yurakni ishemik kasalliklari va o‘tkir yurak xastaliklarini kelib chiqishini oldini oladi. Funksional ozuqalarni asosiy komponentlari bo‘lib, parhez tola, oligo- va polisaxaridlar,sut bijg‘ituvchi bakteriyalar, organik kislotalar, aminokislotalar, peptidlar, oqsillar, glyukoza, etil spirti, izoprenoidlar, vitaminlar to‘yinmagan yog‘ kislotalari(ayniqsa antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lgan birliklar) xizmat qiladilar.
Funksional ozuqadan foydalanish asosan ikki maqsadga xizmat qiladi: organizmga yetarli(kerakli) miqdorda metabolik zarur bo‘lgan ozuqa komponentlari yetkazib berish va uni (organizmni) har xil kasalliklardan himoya qilish.
Yangi ozuqa mahsulotlarini tayyorlash uchun yuqumli bo‘lmagan, toksin saqlamagan tabiiy komponentlar ishlatilishini e’tiborga olgan holda, bunday mahsulotlarni keng miqyosda ishlab chiqarish uchun tegishli komponentlarni ko‘proq tayyorlash yoki to‘plash eng dolzarb masalaga aylanib qolishini hisobga olish zarur bo‘ladi. Biotexnologiyaning asosiy vazifasi esa ekologik toza funksional ozuqani keng miqdorda ishlab chiqarishdan iboratdir.
Biotexnologiya yordamida(fermentativ kataliz, mikroorganizmlarni o‘stirish, hayvon va o‘simlik xujayralarini ko‘paytirish va x.k.) ozuqa mahsulotlarini keng miqdorda tayyorlash imkoniyati yaratiladi.
Ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarishning biologik bosqichlarini qator o‘tadigan kimyoviy reaksiyalarni birin-ketinligiga taqqoslash mumkin. Katalizator(ferment) ishtirokida substratni o‘zgarishi tez amalga oshishini e’tiborga olsak, boshqa shunga o‘xshagan reaksiyalardan afzalroq o‘tishini kuzatish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ko‘p asrlar davomida olib borilgan kuzatishlar, mikroblar yordamida(ishtirokida) amalga oshiriladigan o‘zgarishlar, o‘zlarni tezligi va energiyaga bo‘lgan muxtojliklari bo‘yicha nafaqat kimyoviy reaksiyalardan,balki,boshqa biologik manbalarga nisbatan ham qator ustunliklarga ega ekanliklarini namoyish etganlar.
Bizdan avval o‘tib ketgan avlod-ajdodlarimiz hali mikroorganizm degan tiriklik borligidan xabarsiz bo‘lgan davrlarda ham ular yordamida xilma-xil ozuqa va ichimlik mahsulotlari tayyorlab ist’emol qilishganlar.O‘sha davrlarda qandaydir «aniq bo‘lmagan kuch» borki, u nafaqat mahsulotni tayyorlash jarayonlarida, balki uning buzilib, aynib qolishida ham ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan.Insonlar biologik mohiyatini tushunmasdan,uni bilmasdan turib, mikroorganizmlarni saqlash va ulardan ba’zi bir texnologik jarayonlarda foydalanish yo‘llarini bilganlar.
Mikroorganizmlardan ajralgan fermentlar yordamida tayyorlangan dastlabki
mahsulotlar pivo va pishloq(so‘r) bo‘lsa ajab emas.Hozirga kelib.Fermentlar yoki mikroorganizmlarni o‘zlari asosida yaratilgan texnologiyalar zamonaviy oziq-ovqat sanoatida yetakchi o‘rinlarda turadilar.
Bugungi kunda ozuqa mahsulotlari ishlab-chiqarish sanoatning eng keng tarqalgan sohasi bo‘lib, haqiqatda mamlakatning budjet aylanmasining20-25% ini tashkil etadi. Oziq-ovqat sanoati birlamchi ishlab chiqarishdan tashqari keng tarqalgan tarmoqlarga ega bo‘lib, ular xilma-xil tipga ega bo‘lgan transport sohasi, kommersiya idoralari, idishlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, savdo-sotiq tarmoqlari, har-xil sohadagi izlanish sohalari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muammolarni tezkorlik bilan xal qilish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
birlashib, yirik multi-milliy kompaniyalarni tashkil etadilar.
Yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘p faktorlarga bog‘liq bo‘lib, ulardan eng muhimlari, urug‘ni sifati, hayvonlarni zoti, seleksiya qilib, tanlab olingan, ko‘p yillik o‘simliklarni sifat belgilari hisoblanadi.Qishloq xo‘jaligi bilan ist’emolchilar orasidagi bog‘liqlik odatda oziq-ovqat sanoati orqali amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy vazifasi yuqori sifatli ozuqa mahsulotlardan ko‘zga yoqimli, xushbo‘y hidli va taamli mahsulot yetishtirishdan iboratdir.
Oziq-ovqat sanoati biotexnologiyasining asosiy vazifasi zamonaviy biologiya fanlari hamda biomuxandislik erishgan yutuqlarni ozuqa mahsulotlarining ananaviy qayta ishlash jarayonlari bilan birga bog‘lab, yangi, zamon talablariga javob beraoladigan, ekologik toza ozuqa yetishtirishdan iboratdir.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish