3.Tayyor maxsulottavsifi
Kimyo va Oziq-Ovqat sanoatida nitrat kislota (HNO3) keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu kislota bir vaqtning o‘zida ham kuchli kislota va kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Konsentartsiyasi ortgan sari uning solishtirma og‘irligi ortadi. Suvdacheksiz eriydi.Uning asosan ikki xil kristallogidrati mavjud. HNO3∙3H2O va HNO3.H2O. Toza nitrat kislota rangsiz, o‘ziga xos o‘tkir qichituvchihidga ega bo‘lgan suyuqlik. Texnik nitrat kislota esa tarkibida oz miqdorda erigan NO bo‘lgani uchun sababli sarg‘ish rangga ega.
Molekulyar og‘irligi.................................................63,01
Zichligi 15°C da g/sm3.............................................1,53
Qaynash harorati......................................................+82,6 °C
Muzlash harorati...................................................... – 41,6 °C
Kimyoviy xossalari:Nitrat kislota bir negizli kuchsiz kislota.Suvli eritmalarda to‘liq dissotsiyalanadi.
HNO3 ⇄NO3-+H+ (3.1)
Bu kislota beqaror.Yorug‘lik va issiqlik tasirida parchalanib turadi.Shu sababli azot kislotasi solingan idish og‘zi ochiq xolda tursa u tutab turadi.Bu tutun esa NO2 dan iborat.
4HNO3⇄4NO2+O2+2H2O (3.2)
Kuchli oksidlovchlik xossalarini namoyon qiladi.
CuO+2HNO3→Cu(NO3)2+H2O (3.3)
3Cu+8HNO3→3Cu(NO3)2+2NO+4H2O (3.4)
Fe(OH)3+3HNO3→Fe(NO3)3+3H2O (3.5)
NaCO3+2HNO3→NaNO3+H2O+CO2 (3.6)
Azot kislotasini metallarga tasiri boshqa kislotalardan farq qilib,kislota konsentratsiyasi va metalning aktivligiga qarab quyidagicha brikmalarga aylanishi mumkun
HNO3→NO2 ; HNO2 ; NO ; N2O ; N2 ; NH3 (3.7)
Azot kislotasi bilan xlorid kislota aralashmasi yuqori aktivlikka ega.Shu sababli oltin va platinalarni xam eritishi mumkun.
Au+HNO3+3HCl→AuCl3+NO+2H2O (3.8)
3Pt+4HNO3+12HCl→3PtCl4+4NO+8H2O (3.9)
Mahsulot texnik nomi Suyultirilgan azot kislotasi
U OST 115 – 03 – 270 – 90 ga ko‘ra ishlab chiqariladi va u quyidagi talablarga javob berishi kerak.
3.1Jadval
Ko‘rsatkichlarni nomlanshi
|
Loyiha talablari
|
OST
133 – 03 – 270 – 90
bo‘yicha oliy nav
|
I
|
II
|
III
|
Tashqi ko‘rinishi
|
Rangsiz yoki sarg‘ish rangli mehanik aralashmalardan holi suyuqlik
|
HNO3 massa ulushi, %
|
58 – 60
|
57
|
Azot oksidini massa ulushi, % (N2O4)
|
0,05
|
0,07
|
Kuydirilgan xoldia massa ulushi
|
0,004
|
|
Xloridning massa ulushi (el hisobida) mg/kg 100%HNO3
|
10
|
-
|
Massa ulushi 60 % ga teng bo‘lgan nitrat kislotaga quyidagi xususiyatlarga ega:
Bu natijalar jarayon uchun reglament sifatida foydalaniladi.Azot kislotasi xossalarinbilish ish faoliyatini onsonlashtiradi. 3.2 Jadval
T oC
|
Zichligi kg/m3
|
Suvli eritmalardagi parsional bosim
|
Dinamik qovushqoqligi Pa,°C
|
Elektr o‘tkazuv chanligi
|
Issiqlik sig‘imi
|
Issiqlik o‘tkazuvchanligi
|
30
|
1353,7
|
221,3-(1,66)
|
1,63
|
3,55
|
0,677
|
0,366
|
40
|
1339,8
|
413,2 -(3,1)
|
1,34
|
4,04
|
0,654
|
0,369
|
60
|
1312,4
|
1319,7-(9,9)
|
1,00
|
-
|
0,67
|
0,375
|
Nitrat kislota suv bilan turli nisbatlarda aralashadi: suvli eritmalarning konsentratsiyasi oshirilishi bilan maksimum 121,9°C va 68,4 % ga yetgunga qadar qaynashi harorati ortadi. Keyingi konsentratsiyasi oshirilishi bilan esa (erishi) kamayadi.Nitrat kislotaning suvda erishi reaksiyasi ekzotermik.Bu kislota kuchli oksidlovchi. Platina, radiy, iridiy, titan, tantal va boshqa (oltindan) barcha metallar azot kislotasida eriydi. Natijada oksidlar yoki nitralar hosil bo‘ladi. Haroratni ortishi bilan kislotaning metall va ularning qotishmalariga ta‘siriortadi.
Keng tarqalgan va keng qo‘llaniladigan metallardan alyuminiy, temir va xromalar suyultirilgan azot kislotasi muhitiga va ta‘siriga chidamli bo‘ladi.
Azot kislotasini ishlatilish soxasi juda keng.Ular
Mineral o‘g‘itlar ishlabchiqarishda
Turli xil bo‘yoqlartayorlashda
Portlovchi moddalartayorlashda
Suniy tolalar ishlabchiqarishda
Kinoplyonkalarni ishlabchiqarishda
Dori darmonlartayorlashda
Xar hil nitratlarni ishlabchiqarishda
Azot kislotasi kimyo va oziq-ovqat sanoatida juda katta o‘rin tutadi.Buni yuqoridagi ishlatilish soxalari ko‘lamida ko‘rishimiz mumkun.Azot kislotasiga extiyoj juda katta.Bu kislota asosida ishlab chiqariladigan maxsulotlar barcha tarmoqlarda keng foydalaniladi.Qishloq xo‘jaligiga zarur bo‘lgan o‘g‘itlardan eng asosiysi bu azot elementi tutgan o‘g‘itlardir.Bu o‘g‘itlar o‘simlikni o‘sishi va yuqori darajada xosil olish uchun asosiy kamponent xisoblanadi.Azot elementi o‘simlik uchun juda muxum kamponentdir.Bu elementni o‘simliklarga bog‘lash uchun yangidan yangi o‘zlashtirish uchun qulay bo‘lgan kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.Ishlab chiqarilayotgan o‘g‘itlarning sifatiga qarab biz yuqori darajada xosil olishimiz mumkun.Shu sababli bu kislotani ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish zarur
Nitrat kislota ishlab chiqarish
Suyultirilgan azot kislotasi ishlab chiqarishni birinchi bo‘lib sanoat miqyosida professor Landao ishlab chiqqan. Dastlabki ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilganda agregatlarning ishlab chiqarishi quvvati ancha kichik bo‘lgan. Aholini keskin o‘sib borishi natijasida, kichik quvvatga ega bo‘lgan agregatlar o‘rniga mukammallashgan yuqori quvvatga ega agregatlar egalladi. Bu agregatlarni ishlab chiqarish quvvati yuqori bo‘lish bilan birga,qishloqxo‘jaligini sifatli o‘g‘itlarga va kislotalarga bo‘lgan talablarini to‘la ta‘minlay oldi.Nitrat kislota ishlab chiqarishda hozirgi kungacha ishlatib kelinayotgan unumdorlik quvvati yuqori bo‘lgan AK – 72M agregatlari fikrimizga to‘la misol bo‘la oladi.
60 yillarga kelib 58 – 60 % li nitrat kislota ishlab chiqarish boshlandi va sanoatda asta sekin ko‘p miqdorda nitrat kislota ishlab chiqaradigan qurilmalari joriy qilina boshlandi. AK – 72 agregatining ishlab chiqarish qurilmalari eskirgandan so‘ng AK – 72M modernizatsiya qilingan yangi zamonaviy texnologik darajadagi qurilmalar ishlab chiqariladi. AK – 72 va AK – 72M agregatlarida texnologik jihozlar bir xil joylashgan bo‘lishiga qaramay agregatlarning qurilma konstruktsiyasi va ishlash rejimi bir – biridan farq qiladi. AK – 72 agregatining modernizatsiyasi qurilmaning va uning umumiy sxemasini ishonchligini oshirish, to’xtab turishlar vaqtini kamaytirishini hamda nitroz gazlarini issiqligi utilizatsiyasini ko‘tarilishi maqsadida amalga oshiriladi.
AK – 72M agregatida nitroz gazlarni Б. Н. Г. – 172 blokida 50°C dan 760°C gacha qizdirish orqali yuqori haroratli katalitik tozalash sxemadan chiqarib o‘rniga ammiak bilan past haroratda selektiv tozalash , ГТТ – 12 mashina agregati ikkala tomoniga bug‘ turbinalari o‘rnatilishi orqali kamchiliklar bartaraf etilgan. Bunda quyidagicha yutuqlarga erishilgan:
-ГТТ – 12 tarkibida ishga tushirish dvigateli (bug‘turbinasi);
-Agregatni ishga tushirish soddalashgan;
-Ishlashvaqtidagimashinalarvatexnologikapparatlarorasidagibir–birigabog‘lanishi yo‘q qilishgan, bunda texnologik rejim tebranishi va chiqindi gazlartarkibidagi kislorod miqdorining tebranishi gaz turbinasiga kirishdagi gaz haroratini bir qiymatda ushlab turishida xech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi;
Tarkibida defisit metall – palladiy tutgan АПК – 2 katalizatorni ishlatish bartaraf etilgan;
Tashlab yuborilayotgan chiqindi gazlar tarkibida uglerod oksidi va metall bo‘lmaydi, lekin 0,01 % gacha ammiyak qo‘shiladi;
Tabiiy gaz sarfi 15% gakamaytiriladi.
AK – 72M agregatida absorbsiyaning 10 dan 25 chi tarelkalarida ammiakni bug‘latishdagi sovuqdan foydalanib, sovutish hisobga nitroz gazlarni chuqurroq absorbsiya qilinadi.
Ikkinchi ekonomoy o‘rnatilishi va iste‘mol suvi qizdirgichi yuzasini ko‘paytirish hisobiga nitroz gazlari issiqlaiklaridan foydalanish darajasi oshirilgan, ichki iste‘mol uchun bug‘ sarfi kamaytirilgan, bir vaqtda agregatda suv bug‘i ishlab chiqarishni miqdori ko‘payadi. Bundan tashqari aylanma suv miqdori 30% gacha kamayadi.Umuman olganda umumiy energiya sarfi 15%ga kamayadi.Quyida AK – 72 agregatiga nisbatan AK – 72M agregatini texnologik rejim qiymatlarining o‘zgargan miqdorlari keltirilgan.
Chiqindi gazlar tarkibi % (hajmiy)
NH3–0,011 -NO–0,06 -CO –yo‘q
Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarishda asosiy usul ammiakni katalizator ishtirokida oksidlab azot oksidlarini suvga yuttirishdan iborat.
Hozirgi kunda 45 – 72 % gacha nitrat kislota ishlab chiqarishni asosan 3 xil usul bilan olib boriladi: Hamma bosqichlar ya‘ni ammiakni oksidlash va azot oksidlarini suvga yuttirish atmosfera bosimi ostida olib boriladi. Bu usulda energiya resurslari kam sarflanadi. Qurilmalarning tuzilishi sodda va ishlatish qulay. Bu ishlab chiqarishni kamchiligi shundaki,parametrlarga o‘ta xushyor bo‘lish kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |