1.Kirish
Mamlakat borki unda ma’lum darajada sanoat mavjud va mavjud sanoatning rivojlanganlik darajasiga qarab shu mamlakat uchun rivojlangan,rivojlanayotgan va qoloq mamlakat atamalari ishlatiladi.Bizning Respublikamiz anashunday mamlakatlar ichida rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilganligi esa bizning mamlakatimizda iqtisodiyot va sanoatning rivojlanganlik darajasiga dalolatdir.Respublikamizdagi mavjud soxalardan kimyo sanoatining o‘rni juda beqiyos.Hozirgi kunda kimyo maxsulotlari va jarayonlari qo‘llanilmaydigan biron- bir soxa yo‘q desa bo‘ladi.Fan va texnikaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘lgan bialogiya, tibbiyot, fizika, elektronika, elektroenergiya,radiotexnika,mashinasozlik, qurilish soxalari va qishloq xo‘jalik soxalarini rivojlanishini kimyosiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kimyo sanoati va ishlab chiqarilgan kimyoviy mahsulotlar mustaqilligimizning moddiy – tehnikaviy bazasini yaratishda muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari kimyoviy sanoatning tez suratlarda rivojlanishdagi asosiy sharoitlardan biri, sanoatni xom ashyo bilan yetarlicha darajada ta‘minlash, undan to‘la va to‘g‘ri foydalanishdan iboratdir.
Kimyo sanoati davlatlar, millatlar va hamjamiyatning hech qachon to’xatab qolmaydigan va yildan yilga yangi qirralar bilan namoyon bo’ladigan, sanoatning eng muhim tarmoqlaridan biridir. Shuni takidlash joyizki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muxataram Shavkat Mirziyoyev Miromovichning 2018-yil 16-oktyabr kuni kimyo sanoatining rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalari bo’yicha yig’ilish o’tazildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Kimyo sanoati-zamonaviy sanoatning “Katalizatori ” bo’lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqiyyot bo’lmaydi.
O’zbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz uglevadarodlarga boy bo’lsada, kimyo sanoatimiz asosan qishloq xo’jaligi uchun mineral ishlab chiqarishga asoslangan.
Qurilish materiallari , farmasevtika, tekstil ,mashinasozlik va tarmoqlar uchun zarur bo’lgan murakkab polimerlar ,katalizatorlar,reagentlar va sintetik tolalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan.Buning oqibatida har yili 1,5 milliard dollarlik kimyo-sanoati maxsulotlari import qilinmoqda. Ishlab chiqarilayotgan fosfor va kaliyli mineral o’g’itlar ham mavjud talabning uchdan birini qoplaydi holos.Murakkab mineral o’g’itlar ishlab chiqarish quvvati 60-70%ga eskirgani,energiya resurslarining ortiqcha sarflanishi,kimyo maxsulotlari tannarxining asossiz oshishiga sabab bo’lmoqda.
2019-yildan boshlab,mineral o’g’itlarga talabni qondirish uchun 3,1 milliard dollarlik 17 ta investitsiya loyixasi amalga oshirila boshladi. Bundan tashqari, kimyo-sanoati maxsulotlarini dizenfeksiya qilish maqsadida 2025-yilgacha 4,2 milliard dollarlik yangi 17 ta loyiha hayotga tadbiq etiladi.
Muxataram Prezidentimizning 2019-yil 23 avgustdagi qarori asosida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga etkazish hamda 43ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta’minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta’minlash maqsadida “O‘zkimyoimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o‘z echimini topgani yo‘q. Masalan, mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishga umuman e’tibor berilmadi, yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda, dedi Muxataram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromovich.
Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmayapti. Natijada kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o‘sib ketmoqda.
Qishloq xo‘jaligini fosforli o‘g‘itlar bilan ilmiy asoslangan darajada ta’minlash masalasi muhokama qilinar ekan, bu boradagi ehtiyoj 639,6 ming tonna bo‘lib, bugungi kunda uning 25 foizigina qoplanayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali 2019 yilga borib ishlab chiqarish hajmini 177 ming tonnaga, 2021 yilda yangi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hisobiga 550 ming tonnaga etkazish ko‘zda tutilmoqda.
Yig‘ilishda ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va diagnostika markazlari hamda loyiha institutlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Kimyo sohasini rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni ta’minlash, tarmoqni tubdan diversifikatsiyalash ko‘p jihatdan ilmiy-tadqiqot, loyihalash, injiniring, diagnostika markazlari va, asosiysi, malakali kadrlar salohiyati bilan bevosita bog‘liqdir. Ammo bu yo‘nalishdagi ahvol ham hozircha qoniqarsiz holatda. Shundan kelib chiqqan holda, “O‘zkimyosanoat” AJga tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Janubiy Koreya kimyoviy texnologiyalar tadqiqotlari instituti bilan birgalikda “O‘zkimyosanoatloyiha” loyihalash instituti va Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, injiniring va loyihalash, diagnostika hamda xodimlar malakasini oshirish yo‘nalishlarini o‘zida mujassam qilgan yagona markazni yaratish vazifasi topshirildi .
Hozirgi kunda Respublikamizda 30 dan ortiq kimyo korhonalari bo‘lib turli- tuman moddalar—mineral o‘g‘itlar, sulfat kislota, o‘simliklarni himoya qilish vositalari,plastmassalar,sintetik smolalar, sement, suniy tola, lak-bo‘yoqlar va boshqa bir qator maxsulotlar ishlab chiqariladi.Misol uchun Respublikamizda eng yirik kimyo korhonalari hisoblangan chirchiqdagi «Elektrokimyo sanoati», navoiydagi «Navoiyazot», Farg‘onadagi «Farg‘onaazot» AJ ning ishlab chiqargan maxsulotlari, amiakli selitra (NH4NO3) karbamid CO(NH2)2 va ammoniy sulfat (NH4)2SO4 kabi azotli o‘g‘itlarni tashkil etadi.
Sanoati kun sayin o‘sish va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talab ortishi bilan mineral tuzlarga (o‘g‘itlarga) bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan muammolardan biri ozuqa mahsulotlarini va sanoatni xom ashyo bilan ta‘minlashdir. Deyarli hosildor yerlar hozirgi paytda qishloq xo‘jalik mahsulotlari olish uchun band desak bo‘ladi. Kundan kun o‘sib borayotgan aholi soni va uni ehtiyojini ega yerdan yuqori darajada foydalanishni talab qiladi. Shu sababli ham hosildorlikni oshirishning birdan – bir asosiy yo‘li mineral o‘g‘itlar ishlab chiqirashni rivojlantirishdan iborat. Mineral o‘g‘itlar o‘simlik va yerning unumdorligini oshirishda asosiy vosita bo‘lsa, o‘g‘it ishlab chiqarish uchun nitrat kislota xom ashyo hisoblanadi. Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda kislota ishlab chiqarishning ahamiyati juda kattadir.
Nitrat kislota asosan sanoatda ikki xil: suyultirilgan va konsentrlangan holatda ishlab chiqariladi. Suyultirilgan nitrat kislotadan sanoatda ko‘plab mineral o‘g‘itla olishda ishlatiladi. Shular jumlasiga, ammoniy selitra, kaliy nitrat, ammoniy sulfat va boshqa o‘g‘itlarni misol qilishimiz mumkin. Bundan tashqari nitrat kislotadan bo‘yoq, portlovchi moddalar, plastmassalar, su‘niy tolalar, va turli nitratlar keng ishlatiladi.O‘zbekistonda nirat kislota g‘oyat ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Ammiakni oksidlash yo‘li bilan nitrat kislota ishlab chiqaruvchi katta – kata zavodlarimiz bor.Shu jumlasiga,―Navoiy―A.J,―Farg‘onaazotA.J.ishlab chiqarish birlashmalari kiradi.Shu kurs loyixasi ishimizda biz―Farg‘onaazot.A.J.ning nirat kislota ishlab chiqarish sexi haqida ma‘lumot yig‘ib o‘rgandik. ―Farg‘onaazotA.J. ishlab chiqarish birlashmasida hozirgi kunda quvvati 396 ming tonna/yili bo‘lgan suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sexi sanoatga sifatli darajada xom ashyo yetkazib bermoqda. Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish modernizatsiya qilingan energotexnologik sxema AK – 72m bo‘yicha loyihalangan. AK – 72 agregotidan farqli AK – 72m yuqori darajada ishlashligi va ko‘pgina afzalliklarga ega: tabiiy gazni tejamlash, bug‘ ishlab chiqarishni orttirish qimmatbaho materiallar sarfi 30%. Uning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari chet el firmalaridan qolishmaydi.Bunday natijalarga erishishimizda Mamlakatimizda qabul qilingan―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan ustuvor vazifalarning xayotga izchil tatbiq etilishi ta‘lim tizimida tub burilishlarga sabab bo‘ldi.Umuman, yoshlarga oid davlat siyosati o‘sib kelayotgan o‘g‘il-qizlarning ajdodlarimizga munosib avlod bulishi, xech kimdankam bo‘lmay kamol topishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Maxalliylashtirish dasturini muxumligini gapiradigan bo‘lsak u shundan iboratki:chet davlatdan valyuta xisobiga keladigan maxsulotlar kamaysa chetga chiqadigan pul mablag‘lari va ortiqcha sarf xarajatlar kamayishiga va davlatimiz byudjetiga tushadigan mablag‘larni ko‘payishiga olib keladi.Kafedramiz tomonidan talabalarga berilgan kurs ishi topshirig‘lari ishlab chiqarishdagi mavjud muamolarni malum darajada xal etgan xolda yangilik kiritishga mo‘ljallangan.Bu esa bitruvchilarni kelgusi ish faoliyatida katta yordam beradi.Yetishib chiqayotgan har bir talaba sanoat ishlab chiqarishida o‘z o‘rnini topishga xarakat qilmog‘i lozim chunki Respublikamizning qanchadan qancha mablag‘i oliy ta’limga sarf etilmoqda.Bizdan bo‘ladigan javob esa yetuk kadr bo‘lib sanoatimizning rivojlanishiga o‘z xissamizni qo‘shishimiz kerak.
Hulosa o‘rnida aytganda, mamlakatimizda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib sanoatbop maxsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgani O'zbekistonni xom ashyo yetishtiruvchi davlatdan tayyor maxsulot ishlab chiqaruvchi mamlakatga aylantirishga erishish yo‘lida yana bir dadil qadam tashlanganidan dalolatdir. Bu esa tez orada kutilganidan ziyod samaralar berishi muqarar.Agar rejalashtirilgan davlat dasturlarimizga bosqichma bosqich erishadigan bo‘lsak kelgusi yillarda O‘zbekistonning sanoati va jamiki soxalardagi yutuqlari butun dunyoga O‘zbekiston deb atalgan mamlakat borligini doimo esda tutishlariga sabab bo‘ladi.Biz buyuk yurt farzandlarimiz.Kelajagimiz porloq.Maqsadimiz sanoat tarmoqlarida yetuk mutaxassis bo‘lib faoliyat yurutishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |