Ishning bajarilishi
Kolbaga tekshiriladigan suvdan 100 ml solinadi. Uning ustiga 5 ml bufer eritma (ammiakli aralashma) va 5-7 tomchi indikator (qora yoki ko’k xromogen) tomiziladi. So’ngra darhol trilon B eritmasi bilan aralashtirib turilgan holda titr-lanadi. Titrlash qizil-binafsha rangdan ko’k binafsha rang hosil bo’lguncha ya’ni ekvivalent nuqtasigacha davom ettiriladi.
Agar titrlashga 10ml dan ko’p trilon B sarflansa, olingan suvda Са2+ va Mg2+ ionlarining birgalikdagi miqdori 5 mol g/l dan ortiq ekanligini ko’rsatadi. U holda tekshiriladigan suvdan kamgina olib uni ustiga 100ml distillangan suv quyib boshqatdan titrlanadi.
Suvning tarkibida mis, rux, marganets ionlari hamda ko’p miqdorda kar-bonatli va gidrokarbonatli tuzlar bo’lsa, umumiy qattiqlikni aniqlashga halaqit be-radi. Agar titrlaganda ekvivalent nuqtada rangning o’zgarishi aniq ravshan bo’lmasa, bu suv tarkibida rux va mis ionlari borligidan dalolat beradi. Ularni yo’qotish uchun tekshiriladigan suvga 1-2ml natriy sulfid eritmasidan qo’shib yu-qorida aytilgandek titrlanadi. Agar tekshiriladigan suvga bufer eritma va indikator qo’shilgach eritma sekinlik bilan rangsizlanib, kul rang holatga o’tsa, suvda mar-ganets ioni bor bo’ladi.
U holda tekshiriladigan suvga avval 5 tomchi gidroksilaminxlorid eritma-sidan tomiziladi va so’ngra reaktivlar qo’shib yuqorida aytilganidek titrlanadi. Agar titrlash qiyin bo’lsa, cho’zilib ketsa ekvivalent nuktada aniq rang hosil bo’l-masa rang beqaror tez o’zgaruvchan bo’lsa, bu holat tekshiriladigan suvning ish-qoriylik darajasi yuqoriligini ko’rsatadi. Ishqoriylikni yo’qotish uchun tekshiri-ladigan suvga 0,1mol g/l kontsentratsiyali xlorid kislota eritmasidan ozgina qo’shi-ladi, so’ngra eritmaga 5 minut mobaynida havo puflab turiladi. Shundan so’ng, bufer eritma va indikator qo’shib titrlanadi.
Umumiy qattiqlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
bunda: КУ – suvning umumiy qattiqligi,V1 – trilon B ning titrlash uchun ket-gan hajmi, ml; С- trilon B ning kontsentratsiyasi, mol g/l; V2 – tekshirish uchun olingan suv hajmi, ml.
1. Trilon B eritmasini tayyorlash. 2,3125g trilon B o’lchab olinib 1l. li kol-baga solib ustiga distillangan suv quyib eritiladi va hajmini 1l ga etkaziladi.
2. Indikator eritmasini tayyorlash. Indikator - qora yoki ko’k erioxromdan 0,5g o’lchab olinadi va 10ml ammiakli bufer aralashmada eritiladi, so’ngra eritma hajmi 100ml ga etguncha etanol bilan suyultiriladi. (indikatorni 10-12 kundan ko’p saqlab bo’lmaydi, uni qora shisha idishda saklash kerak).
3. Ammiakli bufer eritmasini tayyorlash. 100ml ammiak (20% li) va 100ml ammoniy xlorid (20% li) eritmalari ara-lashtiriladi va aralashma 100ml etanol bi-lan yoki 800ml distillangan suv qo’shib suyultiriladi. (distillangan suv tuz saq-lamasligi kerak, uni aniqlash uchun 100ml suvga 1ml bufer eritmasi va 6-7 tomchi indikator tomiziladi bunda ko’k rang hosil bo’lsa suv yumshoq hisoblanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |