Kartashunoslik


 Kartalarning matematik asosi haqida tushuncha



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/246
Sana29.08.2021
Hajmi4,76 Mb.
#159144
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   246
Bog'liq
kartashunoslik

6.2. Kartalarning matematik asosi haqida tushuncha 
 
Kartani  matematik  asosi  –  kartani  matematik  elementlari  majmuidan  tarkib 
topib,  ular  tasvirlanayotgan  yuza  va  karta  o‘rtasidagi  matematik  aloqani 
belgilaydilar.  Proeksiya,  masshtab,  geodezik  asos,  shuningdek  komponovka  va 
razgrafka  sistemasi  kartaning  matematik  asos  elementlari  bo‘lib  hisoblanadi. 
Yuqoridagi  elementlar  Yer  yuzasini  tekislikda  (qog‘ozda)  tasvirlashda  karkas 
(qobirg‘a)  vazifasini  bajaradilar.  Boshqacha  aytsak  kartani  matematik  asos 
elementlari  –  Yer  yuzasini  tekislikda  ma‘lum  matematik  qonun  va  qoida  asosida 
to‘g‘ri  va  aniq  tasvirlash  imkonini  beradi.  Masshtab  kartografik  modelni  (ya‘ni 
kartani) fazoviy chegaralarini aniqlaydi. Kartada o‘lchash mumkin bo‘lgan aniqlik, 
karta  mazmunini  mukammalliligi,  binobarin  kartografik  tasvirni  aniqligi  bevosita 
uning  masshtabiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Karta  masshtabini  yirik  yoki  maydaligi  uni 
maqsadiga qarab belgilanadi. 
Kartani  geometrik  jihatdan  aniq  va  tasvirlarning  to‘g‘ri  bo‘lishi  kartaning 
matematik  asosiga  bog‘liq.  Hamma  kartalar  kartografik  proektsiyalar  asosida 
tuziladi va Yer ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog‘ozga tushirish yo‘llarini ko‘rsatib 
beradi.  Kartografik  to‘r  (geografik  kenglik  va  geografik  uzoqlik)  esa  geografik 
elementlarning  yer  yuzasidagi  o‘rnini  tasvirlaydi.  Lekin  ba‘zi  bir  kartalarda 
kartografik  to‘r  berilmasligi  ham  mumkin.  Masalan,  geografik  atlasda  faqat 
siyosiy-ma‘muriy  va  tabiiy  kartalarda  berilsa  yetarlidir.  Chunki  ba‘zi  bir 
tasvirlangan hududlar maydon jihatdan kichkina bo‘lsa, kartografik to‘r ko‘rsatilsa 
kartaning  o‘quvchanligi  qiyinlashadi,  yoki  kartada 

  (fi)  va 

  (lyambda)  larni 
aniqlash  ishlari  ko‘zda  tutilmagan  bo‘lishi  mumkin.  Ba‘zan  kartaning  maxfiyligi 
ham e‘tiborga olinadi. Karta elementlardan biri kartaning legendasi (shartli belgilar 
sistemasi)  kartaning  mazmunini  o‘qish  uchun  asosiy  qurol  bo‘lib  hisoblanadi. 
Legenda kartadagi tasvirlanilayotgan voqea va hodisalarning hammasini o‘z ichiga 
olishi kerak. Kartaning legendasi aniq, mantiqli hamda qisqa bo‘lishi zarur. To‘g‘ri 
tuzilgan  legenda  kartadan  to‘g‘ri  va  oson  foydalanish  imkoniyatini  tug‘diradi. 
Kartaning  nomi,  muallif  va  muharrirlarning  (redaktorlarning)  familiyalari,  nashr 
qilingan  vaqti, qaysi  manbalar  asosida  tuzilganligi, nashriyot  manzilgohi  (adresi), 
chop  qilingan  joy  nomi  va  boshqalar  ham  kartaning  yordamchi  elementlariga 
kiradi (1-rasm). 
  Kartalardagi  ochiq  joylardan  (ramkaning  ichidagi  va  tashqarisidagi) 
mukammal  foydalanish  maqsadida  asosiy  kartaga  qo‘shimcha  ravishda,  qirqim 
kartalar (vrezka), grafiklar, profillar, diagrammalar, blokdiagrammalar va jadvallar 
beriladi, bu esa kartani yanada mukammallashtiradi. Bularning hammasi kartaning 
qo‘shimcha elementlarini tashkil qiladi. 


 
86 
 
 

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish