Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi



Download 0,91 Mb.
bet27/43
Sana18.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#561704
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
Labaratoria ishlanmalari kitob

Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi


(Shmishek so‘rovnomasi)
Shaxs aksentuatsiyasiga tashxis qo‘yish uchun mo‘ljallangan so‘rovnoma. So‘rovnomaning ilmiy asosi K.Leongardning “Shaxslar aksentuatsiyasi” kontsepsiyasi. Shaxs xususiyatlari asosiy va qo‘shimchalarga bo‘linadi. Asosiy xususiyatlari shaxsning negizini tashkil etadi. Asosiy xususiyatlar bo‘rttirib ko‘rsatilgan bo‘lsa xarakter aksentuatsiyalangan hisoblanadi. K.Leongard ta’biri bilan asosiy xususiyatlar bo‘rtib chiqqan shaxs “Aksentuatsiyalangan” deyiladi. “Aksentuatsiyalangan shaxs” atamasi psixopatiya va norma oralig‘ida joylashgan. Aksentuatsiyalangan shaxslar patologik shaxslar emas, lekin nomaqbul ta’sirlar natijasida aksentuatsiya patologik tus olib shaxs strukturasini vayron qilishi mumkin.
So‘rovnoma 10 shkaladan iborat, K.Leongardning aksentuatsiyalangan shaxslarning 10 tipiga asoslanib tuzilgan 88 savollarga “ha” yoki “yo‘q” debjavob berish kerak.
Ko‘rsatma: “Shaxsingizni turli tomonlariga tegishli 88 savolga javob berishingizni taklif etamiz. “Ha” degan javob o‘rniga +, “Yo‘q” degan javob o‘rniga - belgisini qo‘ying. Uzoq o‘ylamasdan tez javob bering.


Savolnoma. Bolalar varianti.
1.Odatda sening kayfiyating chog‘, ko‘ngling tinch?
2. Sen xafa bo‘lishing osonmi?
3. Yig‘lab yuborishing osonmi?
4.Ishingda xato bor yo‘qligini takror-takror tekshirasanmi?
5.Sinfdoshlaringdek kuchlimisan?
6.Kayfiyating xursanchilikdan xafalikka o‘tishi va xafalikdan xursandichilikka o‘tishi osonmi?
7.O‘yinlarda bosh bo‘lishni yoqtirasanmi?
8.Biror sababsiz hammadan ranjib yurgan kunlaring bo‘ladimi?
9.Jiddiy odammisan?
10.O‘qituvchi bergan topshiriqlarni vijdonan bajarishga intilasanmi?
11.Yangi o‘yinlarni ixtiro qila olasanmi?
12. Birovni xafa qilsang tez esingdan chiqadimi?
13. O‘zingni rahmdil deya olasanmi?
14.Xatni pochta qutisiga tashlab, tirqichda osilib qolmadimikan deb, qo‘ling bilan paypaslab ko‘rasanmi?
15.Maktabda, sport seksiyada, to‘garakda hammadan yaxshi bo‘lishga harakat qilasanmi?
16. Bolalikda momoqaldiroqdan, itdan qo‘rqqanmisan?
17. Bolalar seni o‘ta tirishqoq va sarishta deb hisoblaydilarmi?
18. Seni kafiyating maktab va uy yumushlarga bog‘liqmi?
19.Tanishlaringni ko‘pchiligi - seni yaxshi ko‘radi deb aytsa bo‘ladimi?
20 Ko‘ngling notinch bo‘lib turadimi?
21 Odatda sen ma’yusmisan?
22 Kulfatda o‘ksinib yig‘laganmisan?
23 Bir joyda turish sen uchun qiyinmi?
24. Senga nisbatan adolatsizlik qilishsa, haq-huquqing uchun kurashasanmi?
25. Ragatkadan mushuklarga tosh otganmisan?
26. Qiyshiq osilgan dasturxon yoki parda seni g‘ashingga tegadimi?
27.Bolaligingda uyda yolg‘iz qolishdan qo‘rqqanmisan?
28. Sababsiz shodon yoki ma’yus bo‘lganmisan?
29.Sinfda yaxshi o‘quvchilardanmisan?
30.Sen tez-tez sho‘xlik, tentaklik qilasanmi?
31. Jaxling chiqishi osonmi?
32.Ba’zan o‘zingni juda baxtli his etasanmi?
33. Bolalarni kuldirib shodon qila olasanmi?
34. Odamga tik qarab u haqida o‘ylagan narsalarni ochiq ayta olasanmi?
35. Qondan qo‘rqasanmi?
36.Maktab topshiriqlarini ishtiyoq bilan bajarasanmi?
37.Adolatsizlikka ro‘para bo‘lgan odamlarni himoya qilasanmi?
38.Qorong‘i, bo‘sh xonaga kirish sen uchun yoqimsiz holatmi?
39. Diqqatni talab qilmaydigan, tez bo‘ladigan ishdan ko‘ra, senga shoshilmasdan diqqat bilan qilinadigan ishlar yoqadimi?
40.Odamlar bilan osongina tanishasanmi?
41.Badiiy kechalar, bayramlarda maroq bilan qatnashasanmi?
42. Uydan qochganmisan?
43. Bolalardan, o‘qituvchilardan arazlab maktabga bormay qo‘ygan kunlaring bo‘lganmi?
44. Senga hayot og‘ir tuyuladimi?
45. Omading yurishmaganda o‘zingning ustingdan kulib qo‘yishing mumkinmi?
46. Mojaro sababchisi sen bo‘lmasang, yarashishga harakat qilasanmi?
47. Jonivorlarni yaxshi ko‘rasanmi?
48. Uydan keta turib, biror kor–hol bo‘lmaptimi deb, tekshirish uchun qaytganmisan.
49. Sen yoki sening qarindoshlaring bilan ba’zan biror-bir hodisa bo‘ladigandek tuyuladimi?
50.Kayfiyating ob-havoga bog‘liqmi?
51. Savolga javob bilsang ham, sinfda javob berishing qiyinmi?
52.Biror-bir kishidan arazlab,mushtlashib ketishing mumkinmi?
53.Bolalar o‘rtasida bo‘lish senga yoqadimi?
54. Biror narsani uddasidan chiqmasang, tushkunlikka tushasanmi?
55.O‘yin yoki ishni tashkil qila olasanmi?
56.Yo‘lda to‘sqinliklar uchrasa ham maqsad sari qat’iy intilasanmi?
57.Kinofilm tomosha qilganingda, ma’yus kitob o‘qiganingda yig‘laganmisaii?
58. Biror-bir tashvish tufayli uyqing etmay yurganmisan?
59. Uy vazifani ko‘chirishga berganmisan?
60. Kechqurun qorong‘i ko‘chadan bir o‘zing o‘tishdan qo‘rqasanmi?
61.Har bir narsa o‘z joyida bo‘lishini tekshirasanmi?
62. Yaxshi kayfiyat bilan uxlab, noxush holatda uyg‘onganmisan?
63.Notanish bolalar bilan o‘zingni erkin his etasanmi (yangi sinfda, oromgohlarda)?
64.Senda bosh og‘rig‘i bo‘ladimi?
65. Tez-tez kulasanmi?
66. Hurmat qilmagan odamlaring bilan shuni sezdirmay munosabat qura olasanmi?
67.Bir kunda ko‘p ishlar qila olasanmi?
68. Senga nisbatan tez-tez adolatsiz bo‘ladilarmi?
69.Tabiatni yaxshi ko‘rasanmi?
70. Uydan keta turib, uxlagani yotayotganingda eshik yopiqligini, chiroq o‘chirilganligini tekshirasanmi?
71.Sen o‘zingni qo‘rqoq deb hisoblaysanmi?
72.Bayram dasturxoni yonida kayfiyating o‘zgaradimi?
73.Dramatik to‘garakda qatnashasanmi, sahnada she‘rxonlik qilishni yoqtirasanmi?
74. Biror-bir sababsiz, kayfiyating buzilib hech kim bilan gaplashging kelmay yurganmisan?
75.Kelajak haqida o‘ylasang, kayfiyating ma’yus bo‘ladimi.
76. Kayfiyating sababsiz shodlikka o‘tib ketadimi?
77. Mehmonlarni gapga solib, ko‘nglini ovlab bilasanmi?
78. Xafa bo‘lishing, g‘ashliging uzoq davom etadimi?
79.Do‘stlaring kulfatga duchor bo‘lsalar, sen qattiq iztirob chekasanmi?
80. Daftarda xato qilsang varaqni qaytatdan ko‘chirasanmi?
81.O‘zingni gumonsirovchi deb (ishonqiramaydigan) hisoblaysanmi?
82.Tez-tez uyquda bosinqirasanmi?
83.Mashina tagiga yoki derazadan o‘zingni tashlash xohishi bo‘lganmi?
84.Atrofdagilar shodu-xurram bo‘lsalar, sen ham xursand bo‘lasanmi?
85.Noxush hodisalarga duchor bo‘lsang, ularni bir muddat esingdan chiqarib, ular haqida o‘ylamay olasanmi?
86.O‘z-o‘zingdan kutmagan xatti-harakatlar qilib qo‘yasanmi?
87.Odatda sen kamgap, indamasmisan?
88.Dramatik to‘garakda qatnashganda rolga berilib, o‘zingning boshqachaliging, sahnadagidek emasliging esingdan chiqib ketishi mumkinmi?

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish