O‘zlashtirma gap
O‘zgalarning shakli o‘zgartirilib, mazmuni
ifodalangan gapi
o‘zlashtirma gap
deyiladi. O‘zlashtirma gap deb yuritiladigan
sodda gap ko‘chirma gapli qo‘shma gap
bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Masalan:
Do‘stim O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga
a’zo bo‘lganligini mamnunlik bilan
aytdi.
III. Yangi mavzu bayoni.
1-topshiriq.
Berilgan matnni o‘qing. Uning mazmuni
va asosiy g‘oyasi, matnning o‘zida va sarlavhada bu
g‘oyaning ifodalanishini izohlang.
Iftixor
Bir gal ancha olis safarga chiqishga to‘g‘ri keldi.
Avval Germaniyaga uchdik. Undan Amerikaga. So‘ng
Shveysariyaga. Keyin Angliyaga. Nihoyat Londondan
Toshkentga uchadigan bo‘ldik. Havo kemasiga
chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi:
“Assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi
nomidan muborakbod etamiz!” Rostini aytsam,
ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Bu so‘zlar mening tilimda,
ona tilimda jarangladi! Vatanimdan minglab chaqirim
narida, tag‘in yuzlab xorijiy yo‘lovchilar o‘tirgan kemada!
Aqalli mana shu holatning o‘zi uchun Istiqlolga ming
bora ta’zim qilishga tayyorman! (O‘.Hoshimov)
2-topshiriq.
Taniqli tilshunos A.Nurmonovning
“O‘zbek tilshunosligi tarixi” nomli asaridan olingan
quyidagi parchani o‘qing. Undagi muallifning o‘ziga
va Mahmud Koshg‘ariyga tegishli gaplar o‘rtasidagi
munosabatni tushuntirishga harakat qiling.
Darhaqiqat, Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabilalar
yashagan hududlarni birma-bir kezib, ularning tilidagi
farqli xususiyatlarni aniqladi, turkiy tillarni guruhlarga
tasniflash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahmud Koshg‘ariy-
ning o‘zi bu haqida shunday yozadi: “Puxta qo‘llanma
bo‘lsin deb, har bir qabilaning o‘ziga xos xususiyatla-
riga qiyosiy qoidalar tuzdim... Bu masalaga qiziqqan
mutaxassislarga asarni qo‘llanma qildim”. (Mahmud
Koshg‘ariy, “Devonu lug‘otit turk”)
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning javoblari
umumlashtirilib, yangi mavzu yuzasidan quyidagicha
tushuncha beriladi:
BILIB OLING.
Gaplar ketma-ketligining bog‘la-
nishlilik asosida og‘zaki yoki yozma shaklda yuzaga
kelgan tarkibiy, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi
bo‘lgan matn tilning eng yirik birligidir. Har qanday
matnda muayyan bir uslub voqelanadi. Shunga ko‘ra
so‘zlashuv matni, ilmiy matn, rasmiy matn, badiiy matn
va publitsistik matn farqlanadi. Odatda, matndagi yax-
lit mavzu-mazmun, asosiy g‘oya, muallifning maqsadi-
ga muvofiq uning nomi – sarlavhasi bo‘ladi. Muayyan
bir kishi muallif bo‘lgan matnda boshqa matn lardan
olingan katta-kichik parchalar bo‘lishi mumkin. Bun-
day parchalar ifodalanayotgan fikrni dalillash, isbot
-
lash, boshqa fikrni ma’qullash yoki rad etish, tahlil va
tanqid qilish, unga munosabat bildirish kabi turli maq-
sadlarda matnga kiritiladi. Bir matndan boshqasiga
kiritilgan parcha iqtibos deb yuritiladi. Iqtiboslar har
qanday nutq uslublarida ham kuzatilsa-da, ayniqsa,
ilmiy matnda alohida o‘ringa ega. Ilmiy matndagi iqti-
boslar ilmiy matnning o‘ziga xos belgilariga aylangan.
Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha,
ataylab yashiriladi yoki turli ishoralar bilan ifodalanadi,
bunda o‘quvchining bilimlari, umumiy badiiy-ma’rifiy
tasavvurlari, badiiy-estetik idrokini harakatga keltirish
nazarda tutiladi. Badiiy matnga iqtiboslarning kiritilishi
badiiy tasvir usulidir. Ilmiy matnda esa iqtiboslarning
qayerdan olinganligi, kimga tegishliligi, manbasi aniq
ko‘rsatilishi shart. Aks holda bu holat qonunan plagiat,
ya’ni, adabiy o‘g‘irlik, ko‘chirmachilik hisoblanadi. Ayni
paytda ilmiy odob qoidalariga ham mutlaqo ziddir.
Bunda o‘quvchilarning axborot bilan ishlash, o‘z-
o‘zini rivojlantirish, lisoniy, kommunikativ, milliy,
umummadaniy va nutqiy kompetensiyalari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |