TUSHUNCHA TUSHUNCHALAR TAHLILI
Ko‘chirma gap
Birovning aynan keltirilgan gapi
ko‘chirma
gap
deyiladi.Ko‘chirmagaplarninguslubiy-
tasviriy imkoniyatlari juda katta. O‘zganing
hech bir o‘zgarishsiz, aynan beriladigan
gapi, ayniqsa, badiiy asarda qahramon
qiyofasini chizish, to‘laqonli obraz yaratish,
turli ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida
o‘rin tutadi. Ko‘chirma gapning muallif
gapibilanxilma-xilmunosabatlaridaaniq
va ifodali tasvir yuzaga keladi. Ko‘chirma
gap muallif gapi bilan birgalikda o‘ziga
xos qo‘shma gap turini tashkil etadi.
Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un
ravishda bu qo‘shma gap sodda gapga
aylantirilishi ham mumkin. Masalan:
– Men O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo
bo‘ldim, – dedi mamnunlik bilan do‘stim.
Do'stlaringiz bilan baham: |