Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/112
Sana12.04.2022
Hajmi2,05 Mb.
#546342
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112
Bog'liq
limi 5 Tayyor Шахобиддин

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2020. № 5.
www.xtjurnali.zn.uz
niyati. Innovatsion faoliyatning darajalari: reproduktiv, evristik, kreativ bo‘lishi mum
-
kin”.
O‘qituvchilar kasbiy kompetentliligi, asosan, innovatsion jarayonlarda shakllanib
rivojlanib boradi, deya aytilgan fikrni olimlarimizning tajribalari ham tasdiqlaydi.
Innovatsion yondashuv o‘qituvchidan boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni amaliyot
-
da qo‘llashni emas, balki ularni doimiy takomillashtirishni talab etadi. Mazkur talab bilan 
bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metod larini tanlash tizimi ham o‘zgaradi. 
Bundan tashqari o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirib borish uzluk
-
siz malaka oshirish jarayonlarida amalga oshiriladi. O‘qituvchilarning kasbiy kompetent
-
ligini rivojlantirib borish jarayonlari – xalq ta’limi xodimlarining o‘z sohasi bo‘yicha fan va 
texnologiyalar yutuqlari, yangiliklari bilan muntazam tanishtirib borish asosida kasbiy va 
pedagogik mahoratini, o‘quv-tarbiya jarayonlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘qitis
-
hning innovatsion metodlaridan foydalanish bo‘yicha ularning kasbiy bilimlari, malaka va 
ko‘nikmalarini tizimli rivojlantirib borish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish bo‘yi
-
cha qisqa muddatli o‘quv kurslari, sayyor malaka oshirish, o‘quv seminarlari, seminar-tre
-
ninglar, ochiq darslar, o‘zaro dars kuzatishlar, fan kechalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, 
ilmiy-metodik materiallar tayyorlash, shuningdek, malaka oshirish muassasalaridagi naza
-
riy va amaliy mashg‘ulotlar hamda masofaviy malaka oshirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirishini tashkil etis
-
hdan ko‘zlangan maqsad – ta’lim-tarbiyada namuna ko‘rsatgan va barchaga o‘rnak 
bo‘lgan pedagoglar tajribasini ommalashtirish, ta’lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan il
-
miy-tadqiqot ishlari samaradorligini ta’minlash, mustaqil ta’lim, qisqa muddatli va sayyor 
malaka oshirish jarayonlarini tizimli tashkil etish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini 
rivojlantirish kabilardan iborat.
Zamonaviy sharoitda pedagogning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishi, o‘z 
ustida izchil ishlashi, kun sayin yangilanib borayotgan bilimlarni o‘zlashtirishga intilishi, 
o‘quv axborotlarini talabalarga qiziqarli tarzda yetkazib berish uchun mashg‘ulotlarga tay
-
yorgarlik ko‘rishga ijodiy yondasha olishi talab etilmoqda. Binobarin, global axborotlashuv 
ijtimoiy subyektlar, xususan, talabalar tomonidan ham istalgan ma’lumotni ixtiyoriy ravish
-
da o‘zi uchun qulay sharoitda turli axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o‘z
-
lashtirish imkoniyatini yuzaga keltirmoqda. Garchi shunday holatda ma’lumotlarni qabul 
qilish imkoniyati nihoyatda keng bo‘lsa-da, biroq, shaxs tomonidan bu taqlitda o‘zlashtiril
-
gan axborotlarning barchasi ham bilim sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki bilimning har 
qanday axborotdan asosiy farqi ma’lumotlarning muayyan sohalar bo‘yicha tizimli, izchil, 
uzluksiz hamda maqsadga muvofiqli o‘zlashtirilganligi bilan belgilanadi.
Ta’lim tizimida tom ma'noda talabalarga sifatli, foydali, muhim, zarur, kerakli va 
amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlarni tizimli ravishda yetkazib bera olishi uchun bugun
-
gi kun pedagogi axborotlarni tezkor qabul qilish, qayta ishlash va talabalarga samarali, 
qiziqarli tarzda yetkazib berishning uddasidan chiqa olishi zarur. Bu esa pedagogning 
kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik mahorat asoslari hamda kreativlik qobiliyatiga 
ega bo‘lishi zaruriyat sifatida kun tartibiga olib chiqmoqda.

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish