“Quyonlar polizda” о’yini
О’yinga tayyorgarlik. Polda yoki yerda avtomobil pokrishkalaridan doira hosil qilinadi. Doirani diametri 4-5 m bо’ladi. Hamma о’ynovchilar - “quyonlar” - doirani tashqarisida turadilar, о’yinboshi - “qorovul” - polizda doirani ichida turadi.
О’yin tavsifi. О’qituvchining signalidan keyin quyonlar pokrishkani ustidan sakrab-sakrab polizga tushadilar va orqaga qaytib chiqadilar. Qorovul, doira ichiga turib, iloji boricha kо’proqquyonni ushlashga harakat qiladi. Bir necha daqiqadan keyin о’yin tо’xtatiladi. Qо’lga tushganlar qо’llaringizni yuqoriga kо’taringlar deb aytiladi. О’qituvchi ularni sinab chiqadi va yaxshi о’ynagan о’yinchilardan yangi onaboshi saylanadi. О’yin qaytadan davom etadi.
О’yinning pedagogik ahamiyati. О’yin diqqat jasoratni, zehn о’tkirlikni tarbiyalashga yordam beradi. О’yinda tezlik va epchillikni, kuch chidamlikni, sakrovchanlikni rivojlantiradi. О’yindagi asosiy harakat - chap berib yugurish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |