Ishning borishi: Ikki quti gugurt stol ustiga qo‘yiladi. Ikki bola qarama - qarshi tarzda stolga o‘tiradi. Gugurt donalari tartibsiz ravishda yoyib qo‘yiladi. Gugurt donalarini tartib bilan qutiga solish vazifasi topshiriladi. Qaysi bola gugurt donalarini tartib bilan joylashtirsa, tafakkur jarayonining yaxshi rivojlanganlik darajasini bildiradi. Bu o‘yin orqali bolalarning ishchanlik qobiliyatlari rivojlantiriladi.
«Bu nimaning rasmi edi»
Maqsad: Idrokni rivojlantirish
Jihoz: Mushuk va itning to‘rt bo‘lak qilib qirqilgan rasmlari.
Ishning borishi: Ikki bola stolda qarama - qarshi tarzda o‘tiradi, stolda qirqilgan rasm bo‘laklari aralashtirib qo‘yiladi. Bolalarning har biriga mushuk va itning rasmini bo‘laklardan tiklash so‘raladi. Kim rasmni birinchi bo‘lib tiklasa, o‘sha bola g‘olib hisoblanadi. Bu o‘yin orqali bolalarning sezgi, idrok, diqqati rivojlanadi.
«Nima o‘zgardi»
Maqsad: Xotira, diqqat, sezgini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |