Mashg‘ulot jihozi: Qog‘ozdan qirqilgan har xil rangdagi shakllar va shu ranglarga mos qog‘oz «ip»lar.
Ishning borishi: Stol ustiga sharlar va iplar alohida qo‘yiladi. Bolalarga sharlarni o‘z ipi bilan bog‘lash lozimligini tushuntiriladi va sharlarning ipini topish aytiladi.
«Kim birinchi bajaradi»
Mashg‘ulot jihoz: Ikki shishachada rangi bir xil bo‘lgan 48 dona toshcha yoki tugmacha solib qo‘yiladi.
Maqsad: O‘quvchilarning irodasini tarbiyalash.
Ishning borishi: Ikki bola yuzma - yuz qilib stolga o‘tqaziladi. Har biriga shishacha va 24 dona toshcha beriladi. Toshchalarni shishachaga bir donadan solishlari kerak. Sinfdagi boshqa bolalar ular ishini kuzatib turadi. Ishni kim birinchi tugatsa, g‘olib hisoblanadi. O‘yin shu tariqa davom ettiriladi.
«Kim aqlli»
Maqsad: Qo‘l motorikasini rivojlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |