Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti



Download 3,44 Mb.
bet156/204
Sana14.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#363907
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   204
Bog'liq
Mажмуа хакамлик

Aylanma sistema. Musobaqalar aylanma sistemada o’tkazilganda hamma jamoalar bir-birlari bilan uchrashib chiqadilar. Ular bir-birlari bilan bir, ikki yoki undan ham ko’proq uchrashib chiqishlari mumkin. Pirovardida butun musobaqa davomida eng ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib chiqadi.

Aylanma sistema eng takomillashgan sistema xisoblanadi chunki u faqat birinchi o’rini egallagan jamoani aniqlab qolmay, balki musobaqada qatnashayotgan hamma jamoalarning tayorgarligiga munosib o’yinlarni aniqlab beradi. Bu sistema qatnashuvchilardan katta tayyorgarlikni va basketbolchilarning butun musobaqa davrida yuqori sport formasida bo’lishlarini talab qiladi.

Lekin aylanma sistemasining salbiy tomoni shundaki, bunda musobaqa o’tkazish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Buning uchun jamoalar guruhlarga bo’linadi,

Aylanma sistema bo’yicha musobaqalarda jamoa­lar bir-birlari bilan bir martadan uchrashtirilib, musobaqa tur yoki turnir sifatida utkazilishi ham mumkin.

Aylanma sistemasi buyicha kalendar tuzishda eng avval musobaqalar o’tkazish uchun kerakli kalendar kunlari quyidagicha aniqlanadi: qatnashuvchi koman-dalarning soni juft bo’lgan paytda - musobaqa uchun kerakli kalendar kunlarining soni jamoalarning sonidan bitta kam bo’ladi, toq bo’lganda teng bo’ladi.

Aylanma sistemasi buyicha kalendar ikki usulda tuzilishi mumkin: takomillashgan va soddalashtirilgan. Birinchi usulda avval toq sonli jamoalar uchun jadval tayyorlanadi jamoalarning soni juft bo’l­ganda oxirgi son vaqtincha hisoblanmay turiladi avval kalendar kunlarining soniga teng vertikal chiziqlar chiziladi. Birinchi chiziqning tepasiga birinchi nomer, shu chiziqning atrofiga esa qolgan nomerlar soat strelkasinnig xarakati buylab joylashtiriladi. Boshqa vertikal chiziqlar orasiga nomerlar ketma-ket «ilon izi» shaklida yozib chiqiladi. Masalan, 5—6 jamoa uchun uyin kalendari quyidagicha tuziladi.

Jamoalarning soni toq bo’lgan paytlarda verti­kal chiziqlarning yuqorisidagi va pastidagi jamoalar shu uyin kunlari musobaqalarda qatvashmaydilar.

Jamoalarning soni juft bulgan paytlarda esa vaqtincha xisoblanmay turilgan oxirgi juft son ver­tikal chiziqlarning yuqorisida va pastida joylashgan sonlarga qushib chiqiladi. Bunda yuqoridagi sonlarga chap tomondan, pastdagilarga u o’ng tomondan qo’shiladi.

Shundan sung har bir kalendar kupila avpal y'ir tomonda joylashgan son, sung esa chai tomonda joy­lashgan son kuchirib yoziladi. Shunday qilib, takomillashgan usul buyicha kalen­dar tuzilganda har bir jamoa uz maydoni va raqib maydonida galma-gal musobaqalashish imkoniga ega buladi.

Soddalashtirilgan usul tur va turnir musobaqalarining kalendarini tuzishlarda qullaniladi. Jamoalarning soni toq bulgan paytlarda shartli ravishda «0» nomeri qushiladi. Qaysi jamoaning kalendar kuni «0» -bilan juftlansa, usha kuii u musobaqalarda qatnashmaydi (dam oladi).

Masalan, 7- jamoa uchun uyin kalendarini quyidagi tartibda tuzsa buladi:

Jamoalarning soni juft bulgan paytlarda shartli quyilgan «O» urniga oxirgi juft son yoziladi. Yuqorida keltirilgan misolda 8 raqami yoziladi.

Chiqib ketish sistemasi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda xamma uchrashuvlar biror jamoaning g’alabasi bilan tugallanishi lozim.

Bu sistema ikki variantdan iborat:

a) bir marta mag’lubiyatga uchragandan keyin chiqib ketish;

b) ikki marta mag’lubiyatga uchragandan keyin chiqib ketish.

Bir marta mag’lubiyatga uchragandan keyin chiqib ke­tish usuli bilan o’tkaziladigan musobaqa uchun quyidagicha kalendar tuziladi. Avval musobaqada qatnashayotgan jamoalarning uchrashuv tartibini belgilaydigan jadval tuziladi. So’ng qur’a tashlanib har bir jamoaning jadvalidagi tartib no’meri belgilanadi.

Agarda qatnashayotgan komandalarning soni 2 darajasi (4, 8, 32,64 va boshq) ga teng bo’lsa, u holda hamma jamoalar musobaqaga birinchi kalendar kunida qatnashadilar. Birinchi turda jadvalda yonma-yon turgan. Masalan, musobaqalarda sakkiz jamoa qatnashayotgan bo’lsa, bir marta mag’lubiyatga uchragandan keyin chiqib ketish usuli buyicha o’tkaziladigan musobaqaning ko’rinishi 3-sxemada keltirilgan.

I tur (chorak final), II tur (yarim final), III tur (final).


Birinchi turda hamma jamoalar musobaqada qatnashmagan paytlarda sxemaning o’rtasidagi jamoalar birinchi turda, chetdagi (yuqoridagi va pastdagi) jamoalar esa ikkinchi turda musobaqalarga qatnasha boshlaydilar.

Jamoalarning soni juft bulganda yuqoridan va pastdan bab-baravar sondagi jamoalar birinchi tur o’yinlarldan ozod qilinadi.

Jamoalar soni toq bo’lgan paytlarda birin­chi tur o’yinlarida jadvalning pastdan yuqoriga nisbatan 1 jamoa ortiq ozod qilinadi. Kuchli jamoalar birinchi turning o’zida mag’lu­biyatga uchrab, chiqib ketishlarining oldini olish uchun ular jadvalga tarqatib chiqish mumkin.

Ayrim vaqtlarda kuchli jamoalar musobaqalarga birinchi turdan emas balki keyingi turlardan, masalan, chorak finaldan qo’yiladi.

Ikki mag’lubiyatdan keyin ketish usuli qatnashayotgan jamoalarning soni ko’p bo’lmagan payt­larda qo’llaniladi. Bunda jamoa ikki marta mag’lubiyatga uchragandan so’ng musobaqalardan chiqib ketadi.



Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish