Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti



Download 3,44 Mb.
bet157/204
Sana14.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#363907
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   204
Bog'liq
Mажмуа хакамлик

OLIMPIADA O`YINLARI

Erkaklar



Yil

O`tkazilgan joyi

I o`rin

II o`rin

III o`rin

1

1936

Berlin

AQSH

Kanada

Meksika

2

1948

London

AQSH

Fransiya

Braziliya

3

1952

Xelsinki

AQSH

Sobiq Ittifoq

Urugvay

4

1956

Melburn

AQSH

Sobiq Ittifoq

Urugvay

5

1960

Rim

AQSH

Sobiq Ittifoq

Braziliya

6

1964

Tokio

AQSH

Sobiq Ittifoq

Braziliya

7

1968

Mexiko

AQSH

YUgoslaviya

Sobiq Ittifoq

8

1972

Myunxen

Sobiq Ittifoq

AQSH

Kuba

9

1976

Monreal

AQSH

YUgoslaviya

Sobiq Ittifoq

10

1980

Moskva

YUgoslaviya

Italiya

Sobiq Ittifoq

11

1984

Los-Andjeles

AQSH

Ispaniya

YUgoslaviya

12

1988

Seul

Sobiq Ittifoq

YUgoslaviya

AQSH

13

1992

Barselona

AQSH

Xorvatiya

Litva

14

1996

Atlanta

AQSH

YUgoslaviya

Litva

15

2000

Sidney

AQSH

Fransiya

Litva

16

2004

Afina

Argentina

Italiya

AQSH

17

2008

Pekin

AQSH

Ispaniya

Argentina

18

2012

London

AQSH

Ispaniya

Rossiya

19

2016

Rio de Janero

AQSH

Serbiya

Ispaniya

20

2020

Tokiyo

AQSH

Fransiya

Avstraliya





Musobaqaga tayyorgarlik ko`rish andozasi



Talabalarning bilimini mustashkamlash uchun nazorat savollari:





  1. Musobaqa nima?

  2. Musobaqalar qanday tartibda o’tkaziladi?

  3. Musobaqa dasturi nima?

  4. Musobaqaga qanday nizom tuziladi?

  5. Musobaqaga qaysi tartibda tayyorgalik kuriladi va o’tkaziladi?

Adabiyotlar:


1. Ayrapetyans L.R. Voleybol Darslik Toshkent O‘zDJTI 2005 yil.

2. Pavlov Sh va boshqalar Gandbol Darslik Toshkent 2005 yil.

3. P.Xo‘jaev, B.B.Nigmanov, K.D. Raximqulov Sport va harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi. (Sport o‘yinlari) O`quv qo`llanma T.: 2008 TDPU

4. Rasulov O.T. Basketbol Darslik Toshkent 1998 yil.

5. Akromov R ning tahriri ostida Futbol Darslik Toshkent 2006 yil.

11-mavzu: Sportchilarni jismoniy holatini nazorat qilib borish tartibi
Reja


  1. Sportchilarni jismoniy holatini tibbiy nazoratdan o’tkazib borish

  2. Jismoniy rivojlanganlikni tekshirish

  3. Jismoniy sifatlarni oshirish.


Tayanch iboralar: Shifokor, nazorat, vazifasi, maksadi, usullar, funksional tizim, baxolash, tibbiy gurux.
Sport mashg`ulotlari jarayonida qo’llaniladigan tibbiy nazorat usullari
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi kishilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish.

Dastlabki, takroriy, qo’shimcha turlarga bo’linadi.



Dastlabki – ya’ni birinchi marta tibbiy ko’rikdan o’tkazishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga ruhsat etish – etmaslik masalasi hal qilinadi va tekshiruvchini salomatligi to’risida spravka beriladi.

Tibbiy ko’rik umumklinik tekshirishi asosida olib boriladi:

-so’rab – surushtirish (anamnyez), ko’zdan kyechirish, paypaslash (pal’patsiya): pyerkussiya, auskul’tatsiya va asbob - uskunalar yordamida tekshirish usullari qo’llaniladi.

Bundan tashqari pasport ma’lumoti va sport anamnyezi aniqlanadi. O’quv trenirovka protsyessini tashkil etish uchun organlarining funktsional imkoniyatlarini va ish qobiliyatini oshirish maqsadida maxsus sinamalar yordamida tekshiriladi.

Tibbiy ko’rik va jismoniy tayyorgarlik ma’lumotlariga asoslanib, jismoniy tarbiya va sport bilan Shug’ullanuvchilar quyidagi tibbiy guruhlarga ajratiladi: asosiy, tayyorlov va maxsus.


  1. Asosiy guruh - jismoniy tayyorgarligi etarli bo’lgan, sog’lom yoki salomatligida deyarli o’zgarishlar bo’lmagan shaxslar asosiy tibbiy guruhlariga kiradi. Bu guruhdagilar jismoniy tarbiyaning to’la programmasini bajaradilar, sport bilan shug’ullanishlari va musobaqalarda qatnashishlari mumkin.

  2. Tayyorlov guruh – sog’ligida bir oz o’zgarish bo’lgan va jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarligi orqada qolayotgan shug’ullanuvchilar kiradi. Ularga sport bilan shug’ullanish man etiladi. Ular uchun jismoniy tarbiya normativlarini topshirishi muddati uzaytiriladi, o’quv mashg’ulotlari soni ham cheklanadi.

  3. Maxsus guruh – salomatligida anchagina o’zgarishlar bo’lgan shaxslar kiradi. Ularga jismoniy tarbiya ta’lim vazirligini maxsus o’quv pragirammasiga binoan bajaradilar. Ular normativlarni topshirishidan ozod qilinadi.

Takroriy tibbiy ko’rikda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug’ullanuvchilarning sog’ligi, jismoniy rivojlanishi va funktsional holatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga aytiladi. Takroriy tibbiy ko’rik bir yilda 1 marta o’tkaziladi.

Qo’shimcha tibbiy ko’rigi asosan musobaqa o’tkazishdan oldin, bevosita sportchilarni musobaqalarda qatnashish masalasi hal qilinayotganda o’tkaziladi.

Disponserizatsiya – tibbiy xizmati ko’rsatishda eng yuqori va takomillashgan turidir, bunda davolash bilan praftika birgalikda olib boriladi. Yetakchi sportchilar sog’lig’ini, ish qobilyatini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan profilaktika va davolash tadbirlarini malakali tibbiy yordami ko’rsatsh plan asosida olib boriladi.

VPN – trenirovka va musobaqalar o’tkazilganda vrach trenir bilan birgalikda sportchilarni ko’rsatib bordi. VPN ma’lumotlariga asoslanib mashg’ulotlardan sportchilarga bevosita ta’siri anglatadi, trenirovkaning samaradorligini analiz qilishda turli sinamalar qo’yiladi va trenirovkalar planiga o’zgartirishlar kiritish mumkin bo’ladi.

Sanitariya-gigiyenik nazorat – sport inshoatlari gigiyenik talablariga javob berishi shart. Aks holda jarohatlanishi, kasallanish va sport natijalarini tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sport inshoatlari ko’rish loyihalari Davlat sanitariya nazoratining mahalliy organlari bilan kelishiladi va ob’yektlarga topshiriladi, keyin ular ustidan sanitariya epidemik stantsiyalar va vrachlik jismoniy tarbiya dispansyerlari doimiy sanitariya nazoratida bo’ladi.

Sport musobaqalarida tibbiy xizmatni tashkil etish.

Vrach musobaqa bosh sud’yasining o’rinbosari sifatida tasdiqlanadi. Tibbiy hodim bo’lmaganda musobaqalarni o’tkazish man qilinadi.

Musobaqalarni o’tkazishda tibbiy xizmat yo’nalishi:


  1. Sportchilarning xujjatlarini tekshirish va va ularni musobaqada qatnashish uchun ruxsat berish masalasini hal etish.

  2. Sportchilarni ovqatlanishi va joylashtirish sharoiti musobaqa va trenirovkalar o’tkaziladigan joylarni sanitariya gigiena jihatdan nazorat qilish.

  3. Musobaqa qatnashchilarini vrach ko’rigidan o’tkazish.

  4. Musobaqa qatnashchilariga tibbiy yordam ko’rsatish.

Sport shikastlanishining oldini olish.

Sportdagi shikastlanishlarni kelib chiqishini trenir va jismoniy tarbiya o’qituvchilari va ularni oldini olish tadbirlarini amalga oshirishda aktiv ishtirok etish zarur.

Shifokor-pedagogik nazoratni tashkil etish shakli

Shifokor-pedagogik nazoratlar, sportchilaming tayyorlanishini ta’minlaydigan tibbiy - biologik tuzilishga ega bo‘lgan tezkor, joriy va bosqichli tekshiruvlar chog‘ida amalga oshiriladi. Mazkur tekshirishlar paytida qo‘llaniladigan shifokor-pedagogik nazoratning shakllari, ommaviy jismoniy tarbiyada ham muvaffaqiyat bilan ishlatilishi mumkin.Tezkor tekshirishlar o‘z vaqtida amalga oshiriladigan mashqlar, ya’ni tanada mashqlarni bajarish vaqtida va eng yaqin qayta tiklanish davrida bo‘ladigan o‘zgarishlarning samarasini aniqlashni ko‘zda tutadi. Tezkor tekshirish jarayonida shifokor-pedagogik nazoratning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:

1) bevosita mashqiy mashg‘ulotlar jarayonida - butun mashg‘ulot davomida, alohida mashqdan so‘ng yoki mashg‘ulotning turli qismlaridan keyin;

2) mashqiy mashg‘ulotlar boshlangunicha va uni boshlanganidan so‘ng 20-30 daqiqa o‘tgach (tinch holatda yoki qo‘shimcha yuklama bilan);

3) mashq olib boriladigan kuni, ertalab va kechqurun.

Mashg‘ulot mobaynida yoki uning alohida qismlaridan, mashqlardan so‘ng tekshirishni amalga oshirish, murabbiyni (o‘qituvchini) mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil etganligi qiziqtirgan hollarda kuzatiladi: bitta mashg‘ulot davomida turli mashqiy vositalarni qo‘llash ketma-ketligi va shakillari birgaligida mashg‘ulotlarni qaytarish sonining imkoniyati va ularni bajarish jadalligi, tayinlangan dam olish oraliqlarini unumliligi; mo’ljallangan rejadagi vazifaga mashqlarining jadalligining mosligi (masalan, aerob ish qobiliyatni rivoj topishiga).

Shifokor-pedagogik nazoratning bu shaklida aniqlangan ko‘rsatkichlar mashqi oldidan, mashg‘ulotning ayrim qismlaridan so‘ng, bevosita mashq amalga oshirilgach, dam olgandan keyin yoki ish qobiliyatni pasayish davri tugagach va mashg‘ulotlar umuman nihoyasiga yetgach tahlil qilinadi.Telimetrik asboblardan foydalanilganda, tekshirishlar uzluksiz ravishda olib boriladi.Shifokor-pedagogik nazoratni butun mashg‘ulot mobaynida amalga oshirish juda qiyin va qandaydir darajada mashg‘ulot jarayoniga halaqit berishini inobatga olish zarur. Sportchini mashqlarni bajarishdan forig’ etishga (bu esa, ko‘pincha mashq rejasini izdan chiqishiga olib keladi) va dam olish vaqtini uzayishiga sababchi bo‘ladi, ayniqsa, sovuq ob-havo sharoitida tekshirishlarni amalga oshirish murakkablashadi.

Shuning uchun shifokor-pedagogik nazoratning ushbu shakliga busiz ish bitmasligi borasida murojaat etiladi.Ommaviy jismoniy tarbiyada shifokor-pedagogik nazoratning mazkur shakli sportdagiga nisbatan ancha keng ko’lamda qo‘llaniladi. Mashg‘ulotgacha va u boshlanib, 20-30 daqiqa o‘tgach, tananing faol holati haqida olingan ko‘rsatkichlami taqqoslab, unda jismoniy yuklama ta’sirida yuz beradigan o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Bunday harakat mashg‘ulotlar jarayonida bajarilgan yuklamalarning kattaligi va uning ifodasi (aerob yoki anaerob) hamda sportchining tayyorgarlik darajasini baholash imkonini beradi.Bunday hollarda mabodo, kuniga 2-3 karra mashqlar amalga oshirilsa, kuniga ikki marta ertalab va kechqurun tekshirishlar o‘tkaziladi. Nazoratning bunday shakli, bir kunlik yuklamani tanaga qanday ta’sir o‘tkazganini aniqlashga yordam beradi. Joriy tekshirishlar jarayonida kechiktirilgan mashqiy, ya’ni qayta tiklanishning kechki bosqichlaridagi samaradorlik mashqdan bir kun o‘tgach va keyingi kunlarda baholanadi.

Bunday nazoratni tashkil etish shakli turlicha bo‘lishi mumkin:

1) har kuni ertalab mashqiy yig‘ilish sharoitlarida yoki mashqiy mashg‘ulotlardan oldin;

2) bir necha kun mobaynida har kuni ertalab va kechqumn;

3) bitta yoki ikkita mikrodavrlarning boshlanishi va nihoyasida;

4) mashqlar o‘tkazib bo‘lingach ertasi kuni yoki mashqlardan awal;

5) birinchi mashqdan sofcng 18-20 soat o’tgach;

6) ba’zan esa, mashqlardan so‘ng bir ikki kun mobaynida (oldingi tekshirishlar vaqtida) mikrodavrda yuklamalarni rejalashtirish, o’ta darajadagi shiddatli mashqlarni amalga oshirish kunini tanlashda, turli mashqlardan keyin qayta tiklanish darajasini aniqlash paytida har kuni olib boriladigan mashqlar (erta yoki mashqlardan so‘ng yoxud ertalab va kechqurun mikrodavr davomida qoilaniladi.

Turli jadallik bilan kechadigan mashqlar mikrodavridan keyin sportchining tanasini qayta tiklanish muddatini, uni tanasining juda shiddatli bo’lgan mikrodavrdan so‘ng keluvchi uncha shiddatli boimagan mikrodavr jarayonida qayta tiklanish qobiliyatini aniqlash zarur bo’lgan hollarda tekshirishlar bitta yoki ikkita (ba’zan undan ortiq) mikrodavrlarning erta bilan boshlanishida va nihoyasida amalga oshiriladi. Ertasiga (erta bilan yoki mashqlardan avval) tezkor tekshirishlarni navbatdagi mashqlar kunidan oldin qayta tiklanish samaradorligini baholash kerak bo’lganida oikaziladi.

Bosqichli tekshirishlar o ‘quv-mashqiy jarayonlarni rejalashtirish va shaxsiylashtirishni takomillalashtirish uchun ahamiyatga ega, chunki ularni amalga oshirish chog’ida malum davr mobaynida yig’ilib qoluvchi ta’sir samarasi baholanadi. Ular mashg‘ulotlarning ayni davriga mo’ljallangan vazifalarni qay darajada bajarilganligini aniqlash imkonini tug’diradi.Yuzaga kelib chiqqan jismoniy o‘zgarishlar sportchi tanasining turli tizimlarining faol holati va texnik-taktik mahoratning darajasi, uning umumiy ish qobiliyati, asabiy holati bilan bajarilgan ish hajmi, vositalari va mashqlarni amalga oshirish usullari (jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari) bilan taqqoslash, mashqiy jarayonni kelajakda rejalashtirish haqida kerakli xulosalar chiqarishga imkon beradi.

Shifokoming vazifasi - sportning aniq turida yuqori darajadagi natijalar (faol tayyorgarlik) ga erishish maqsadida, tananing ayrim tizimlaridagi faol holatini o‘zgarishi va tananing umumiy ish qobiliyatini baholashdan iborat bo’ladi. Tekshirishlarni dam olish kunidan so‘ng (imkoniyat boricha, dam olish kunidan oldin qayta davriy bosqichlar paytida jiddiy ravishda o‘zgarmasligi uchun), erta bilan yengil nonushtadan 1,5-2 soat o‘tgach, amalga oshirish zarur. Tekshirishdan avval sportchi mashq qilmasligi lozim.Shifokor va murabbiy, sportchini o‘zini-o‘zi nazorat qilish yigish orqali malumotlari muhim axborot oladi.

Ushbu malumotlar, joriy tekshirish ma’lumotlari, shifokor-pedagogik nazorat paytida qo’llanilgan turli sinamalarning natijalari bilan solishtirilganda mashqiy mikrodavrni tashkil etishning samaradorligini obyektiv baholash, haddan tashqari zo’riqishga bo‘lgan moyillikni o’z vaqtida aniqlashga imkon beradi. Har bir sportchi «o’z-o’zini nazorat qilish» kundalik daftarini olib borishi, murabbiy va shifokor esa, unda yozilgan ma’lumotlar bilan vaqti-vaqtida tanishib turishga majbur. Erkin xohlagan shaklda tutilgan «o‘zini-o‘zi nazorat qilish» kundalik daftarda sportchini, o‘zini qanday sezayotganligi, uyqu va ishtahaning, ish qobiliyatning hamda mashq qilishga bo’lgan xohish- ishtiyoqining ifodasini baholash kerak.

Mazkur subyektiv ma’lumotlar bilan birga asosiy modda almashinuvi sharoitidagi yurakning qisqarish sonini, o’pkalarning hayotiy (tiriklik) hajmi, nafas olish sonini qayd qilish lozim. Arterial qon bosimini va kaft dinamometriyasini ham muntazam ravishda o’lchash lozim. Dinamometriya deganda, turli mushaklar guruhi kuchini o’lchash usuli bo’lib, ularning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasini ko’rsatadi. Kundalik daftarda qo’shimcha ma’lumoltlarni: sihat-salomatlikdagi izdan chiqishlar, kun tartibining buzilishi, noxush va og‘riqli sezgilarni ham qayd qilish tavsiya etiladi. Sportchi qiz va ayollar oy ko‘rish - xayz davrini kechishining ifodasini (davomiyligi, muntazamligi, kechishi, nihoyasi va h.k.) qayd qilishlari shart.

Shifokor-pedagogik kuzatuvlarda qo’llaniladigan usullar

Shifokor-pedagogik nazoratda, turli tekshirish usullari qo‘llanilishi mumkin. Shifokor-pedagogik nazorati agar bir vaqtda tananing bitta emas, balki bir nechta tizimining faoliyatni, tizimlararo o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradigan usullar qo‘llanilgandagina alohida ahamiyat kasb etadi. Bu o‘zgarishlarning darajasi va ifodasi yuklamalarning ta’sirini, qayta tiklanishning davomiyligi va h.k. - baholashda ishonchli mezon bo‘lib xizmat qiladi. Mashqiy jarayonlarni boshqarishda, masalan, klinik-biokimyoviy usullaming ahamiyati katta.

Ammo shifokorning majmuaviy nazoratini faqat biokimyoviy tekshirishlari bilan almashtirish sportchilarning holatini baholashda jiddiy hatoliklarga olib kelishi mumkin.Shifokor-pedagogik nazoratning faqat majmuaviy usuli, sportchilar tanasini mashqlar ta’sirida o‘zgarishini, demak, mashqiy jarayonlarni o‘ta aniq darajada bajarishga va yetarli darajada ishonchli ravishda baholashga imkon yaratadi. Shug‘ullanuvchilar toliqishining tashqi alomatlarini anamnezni (tarixini) yig‘ish va ko‘rish bilan kuzatish, shifokor va murabbiyga (o‘qituvchiga) ular tanalarining holati, jismoniy mashqlarni zo‘riqish bilan amalga oshirish, toliqish darajasi haqida fikr yuritishga yordamlashadi.

Buning uchun mashg‘ulotdan va mashq paytida shug‘ullanuvchidan, o‘zini qanday sezayotganligi, charchashni sezishi, mashqlar bilan shug‘ullanishga bo’lgan istagi - xohishini, dam olishga ajratilgan vaqtni subyektiv baholash, ayrim mashqlami bajarishdagi qiyinchiliklar va boshqalar haqida so‘rab - istaladi. Mashqiy mashg‘ulotlar paytida va ulardan keyin shikoyatlar va noxush sezgilarni bo’lmasligi, yuklamalarni yaxshi ko‘tarishi, hamma vaqt ham guvoh bo‘la olmaydi, chunki ayrim hodisalar (masalan, yurakning sumnkali o‘ta zo‘riqish sezgilarga ta’sir etmasligi faqat maxsus tekshirish usullari bilan aniqlanishi mumkin.

Mabodo, shug‘ullanuvchilarda mashg‘ulotlar paytida va ulardan so‘ng qandaydir shikoyatlar namoyon bo‘lsa, bu holat yuklamani tayyorgarlik darajasiga mos emasligini yoki sihat-salomatlik holatini izdan chiqqanligi haqida darak beradi. Mashg‘ulotlar paytida o‘tkazilgan kuzatish nazorati, tashqi alomatlar (terining rangi, nafas ifodasi, harakat imkoniyatlari, diqqatning ahvoli) bo‘yicha toliqishning darajasi haqida fikr yuritishga chorlaydi.

Yuz terisining me’yordagi rangi yoki uning biroz qizarishi, ozgina terlash, biroz tezlashgan nafas olish, harakatlarning muvofiqlashuvining izdan chiqish belgilarining bo‘lmaligi va me’yor darajadagi tetik yurish, jamlangan diqqat-e’tibor, biroz darajada charchaganlikning guvohi bo’ladi. Charchashning o‘rtacha darajasi yuz terisining aytarli darajadagi qizarishi, ko‘p terlash, chuqur va aytarli darajada nafasning tezlashishi, harakatlari muvofiqlashtirilishining izdan chiqishi (mashqlari bajarish va yurish paytida noaniq qadam tashlash, chayqalish) va diqqat- e’tiborini buzilishi bilan ifodalanadi.

Charchashning katta-og‘ir darajasida quyidagi alomatlar ko‘zga tashlanadi:

1) yuz terisining keskin ravishda qizarishi, oqarishi yoki hatto ko‘karishi;

2) chakkalar va ichki kiyim-kechaklarda (maykada) tuzlarning paydo bo‘lishi;

3) keskin ravishda tezlashgan, ba’zan esa betartib, ayrim nafas olish;

4) aytarli darajada harakatlarning muvofiqligini izdan chiqishi (texnikani buzilishi, chayqalish, ba’zan yiqilib tushishi);

5) diqqat-e’tibori barham topishi.

Terlashni baholash jarayonida, unga jadallikdan tashqari, shug‘ullanuvchining ahvoli, tashqi muhit harorati, shamolning bor yoki yo‘qligi, ichilgan suyuqlikning miqdori ta’sir etadi. Sportchilarda kuchli ravishda terlash holatlarida, uning quyidagi sabablarini aniqlash darkor:

1 ) ko’p miqdorda suyuqlikni ichish;

2) unumsiz - noratsional kiyim-kechak;

3) juda katta, haddan tashqari yuklama;

4) havo haroratining balandligi va h.k.

O‘zini yomon his qiluvchi, nafas siquvi bilan kechadigan jismoniy yuklamalar paytida va undan keyin kuzatiladigan ko‘p miqdorda suyuqlikni iste’mol qilish, kasallik yoki o’ta charchoqning oqibati bo’lishi mumkin.Tana vaznini va uning o‘zgarishini aniqlash - bu oddiy, ammo jismoniy yuklaraning ta’sirini baholaydigan muhim usuldir.

Tana vaznini erta bilan, och qoringa mashqiy mashg‘ulotlardan avval va undan keyin o‘lchash lozim. O‘rtacha hajmli va shiddatli yuklamadan so‘ng, chiniqqan sportchilarda tana vazni 300-600 grammgacha, o‘rtacha 450 grammga, chiniqmagan, yangi kelganlarda esa, 700-10000 grammgacha, o‘rtacha 850 grammga kamayishi kerak. Demak, chiniqqan sportchilarda, chiniqmaganlarga nisbatan o‘rtacha hajm va jadallik bilan kechadigan yuklamalardan keyin tana vaznining kamayishi, deyarli ikki karra kam darajada pasayadi.Katta, shiddatli va uzoq muddatli yuklamalardan so‘ng (uzoq masofalarga yugurish, chang‘i va velosport poygalari) mashq yoki musobaqa nihoyasida tana vaznining pasayishi 2-6 kilogrammgacha, o‘rtacha to‘rt kilogrammga teng bo‘ladi.

Yillik mashqiy davrning tayyorgarlik jarayonida tana vaznining namoyishi, keyingi davrdagilarga nisbatan ancha faol ravishda amalga oshadi. Jismoniy yuklamaga nisbatan tana javobini baholaydigan eng qulay va axborotli usuli, u ham yuo‘lsa, yurakning qisqarish sonini aniqlashdir. Ushbu ko‘rsatkichni mashg’ulotdan oldin, badan qizigandan keyin, mashg’ulotlarning asosiy yuklamaning jadalligini pasayishi davridan keyin aniqlash zarur.

Puls aytarli darajada tezlashganida (170-180 zarb/daqiqagacha) uni nur arteriyasi ustida aniqlash oson bolmaganligi boisidan, pulsni 6 yoki 10 soniya mobaynida, uyqu arteriyasi ustida yoki yurak uchining urishi bo‘yicha yoxud, avval aytilganidek, 80 soniya davomida yurakning qisqarish sonini qayd qilish va uni bir daqiqa ichida amalga oshishi mumkin bo‘lgan songa aylantiriladi.Yurakning qisqarish sonini tekshirish, mashg’ulotning fiziologik egriligi asosida uni unumli tuzilganligi va yuklamaning jadalligini baholash uchun imkon beradi.

Yuklamaning ifodasi va jadalligini puls sonining o’zgarishi va uni qayta tiklanish tezligi bilan taqqoslash orqali, tananing faoliy holatining darajasi aniqlanadi. Masalan, agar 400 metr masofani 70 soniya mobaynida yugurib o’tgandan so‘ng sportchida puls 160 zarb/daqiqagacha tezlashib, ikki daqiqa ichida 120 zarb/daqiqagacha qayta tiklansa, keyinchalik xuddi shunday yuklamadan keyin puls 150 zarb/daqiqagacha tezlashuvi, uch daqiqa mobaynida qayta tiklansa, u holda yurak-qon tomir tizimining faol holatini yomonlashgani haqida gapirishga asos bo’la oladi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik sport turida (ayniqsa, chidamlilik bilan namoyon bo’lgan davriy turlarida) murabbiylar mashqiy yuklamalarning hajmi va jadalligini nafaqat soatlar, metrlar, balki mazkur ish paytida namoyon bo’ladigan yurakning qisqarish soni bo‘yicha rejalashtirishadi.

Bunday rejalashtirish imkoniyatining kengayishi, maxsus asboblarni, avtokardioliderlami qo‘llaganda kuzatiladi. Avtokardioliderlar, sportchilarga, yurakning jiddiy ravishda ta’minlangan qisqarish soni paytida mashqiy yuklamani amalga oshirishga imkon beradi.Yengil atletikada, masalan, yurakning qisqarish soni bo’yicha, mashqiy yuklamaning jadalligi uchta (zonalarga) ajratiladi. Ushbu qismlar ma’lum xildagi quvvat bilan ta’minlanishi bo‘yicha ifodalanadi. Masalan, agar yurakning qisqarish soni 170 zarb/daqiqadan oshmasa, quvvat bilan ta’minlanish xili aerobli boiadi.

Bu paytda yuklama jadalligining uchchala qismini kuzatish mumkin:

1) qayta tiklanish;

2) jadallikni qoilab-quvvatlovchi;

3) jadallikni rivoj toptiruvchi.

Qayta tiklanish qismi, yurakning qisqarish soni 130 zarb/daqiqadan oshmaganida, qo’llab-quvvatlovchi qism, yurakning qisqarish soni 150 zarb/daqiqagacha va nihoyat jadallikni rivoj toptirish qismi, yurakning qisqarish soni - 170 zarb/daqiqagacha tezlashganda namoyon bo‘ladi. Mabodo, puls 170 dan to 190 zarb/daqiqagacha oraliqcha bo’lsa, quvvat bilan ta’minlash xili-aralash, puls soni 190 zarb/daqiqadan ham tezlashsa, quvvat bilan ta’minlash bu paytda ham aralash, ammo asosan anaerobli boiadi. Yurakning qisqarish soni bo’ yicha, jismoniy yuklamani me’yorlash ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya bilan mustaqil ravishda shug‘ullanganda katta ahamiyatga ega bo’ladi.

Avval aytilganidek, pulsni qayta tiklanish tezligi tananing faol holatining muhim ko‘rsatkichidir. Yaxshi chiniqqan sportchilarda yurakning qisqarish soni 60-90 soniya mobaynida 180 dan to 120 zarb/daqiqagacha sekinlashadi. Bu paytda, sportchilar mashqlarni qayta bajarishga tayyor boiishadi. Jismoniy yuklamaning kechiktirilgan samarasini o‘rganish, yurakning qisqarishi soni bo‘yicha, ertasiga och qoringa amalga oshiriladi.

Arterial qon bosimini oichash, tanani jismoniy yuklamalarga moslashishini aks ettiruvchi siljishlarni aniqlash imkonini beradi.Arterial qon bosimining sidjishlarini baholash paytida maksimal (koiarilish darajasi), minimal (yo‘nalishi) va puls bosimlari hisobga olinadi.Maksimal arterial qon bosimining o6zgarishi bo‘yicha, yuklamaning kattaligi va unga nisbatan yurak-qon tomir tizimining javobi haqida fikr yuritiladi. Bu maiumotlar dinamik kuzatuvlarda, ayniqsa muhim ahamiyatga ega boiadi.Yuklamalarga moslashuvlashishni baholashda, yurakning qisqarish soni va maksimal arterial qon bosimini taqqoslash katta ahamiyatga ega.



Futbolchilarning tezkorligini, kuchi va epchilligini oshirishga xos umumiy xususiyatlar

Agar futbolchilarning epchilligini belgilovchi harakatlarga diqqat bilan qaraydigan bo‘lsak, bu harakatlar sportchilarning kuchini vaqt va joy vaziyatiga moslashtira bilish qobiliyatini talab qilishini payqash mumkin. Boshqacha aytganda, epchillik harakatlari muayyan qisqa vaqt oralig‘ida harakatni joyida aniq bajartirish uchun paydo bo‘ladigan tezkor kuchni talab qiladi. Demak, epchillik deb kuch va tezkorlikni uyg‘unlashganiga aytilar ekan. Epchillikni tarbiyalashda, xuddi kuch va tezkorlikni tarbiyalagan paytdagidek, kishi tezda toliqadi va buni unutmaslik kerak. SHu bilan birga, epchillikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajarish mushaklar harakati aniq bo‘lishini talab qiladi, toliqish paytidagi mashqlar kam samara beradi. SHuning uchun epchillikni tarbiyalashda, xuddi tezkorlik va kuchni tarbiyalagan paytdagidek, organizm yana qayta batamom tiklanib olguncha, muayyan vaqt oralig‘ida dam olishni tashkil qilish lozim. Mashqlar oldingi mashg‘ulotdan toliqish asorati deyarli qolmagan vaziyatlarda bajariladi.

Futbolchilarda «portlovchi» kuchni, tezkorlikni va epchillikni hosil qilish qiyin ish, shuning uchun bu sifatlarni sportchi butun sport hayoti davomida tarbiyalab borishi zarur. Ularning tarbiyalanib borishiga alohida diqqat bilan qarash kerak, chunki futbolchi o‘yin faoliyatining samarasini belgilaydigan sifatlar xuddi ana shulardir.

Bu uch o‘ziga xos jihat ko‘rsatilgan sifatlarni yagona qilib birlashtiradi va ularni bir mashg‘ulotda bir vaqtning o‘zida kompleks ravishda takomillashtiradi.




Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish