Musobaqaga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish.
Bo’lajak musobaqaga tayyorgarlik ko’rish ishlari, musobaqaning kulamidan qatiy nazar, uning boshlanishidan ancha ilgari olib borilishi kerak. bunda barcha tadbirlarni uch bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi bosqichida musobaqaning muddati, miqyosi, o’tkazilish joyi belgilanadi va uning nizomi taqiqlanadi, musobaqani tayyorlash va o’tkazish rejasi ishlab chiqiladi.
Ikkinchi bosqichida musobaqa grafigi aniqlanadi, hakamlar shayati tanlanadi va tasdiqlanadi; shujjatlar tayyorlanadi va shokazo. tayyorgarlik ishlarini musobaqani uyushtiradigan tashkilotlar va bosh hakamlar hayati birgalikda olib boradilar.
Eng murakkab ish musobaqalar uchun joy tayyorlash va joyni sifatli jishozlar bilan ta’minlashtir, musobaqalar uchun bino yoki ochiq maydoncha tanlanganda gimnastika asboblari va tomoshabinlarni qulay joylashtirishni nazarda tutish lozim.
Xakamlar va kotiblar uchun xonalar, dushxonalar, vrach uchun joy ajratilgan bo’lishiga e’tibor berish kerak. Bosh xakamlar hay’ati va katta hakamlar uchun urindiqlar, hakamlar ko’rsatkichlari va boshqalar bo’lishi zarur.
Uchinchi bosqichda qatnashuvchi jamoalar vakillari bilan kengash o’tkaziladi, snaryad va jishozlarning mustahkamligi tekshiriladi, qatnashchilar snaryadlarda sinov mashqi o’tkazadilar va turlar bo’yicha hakamlar jamoasining sinov hakamligi o’tkazadilar, musobaqaga jalb qilingan hamma mas’ul shaxslarning tayyorgarligi tekshiriladi.
Bo’lajak musobaqaga aniq boshchilik qilish gurushlar vakillari bilan o’tkaziladigan yig’ilishga bog’liq bo’ladi, bundan bosh hakamlar xayatini tanishtiradi, nizomning alohida bandlarini aniqlab, qayta kurib chiqadi, hakamlik ishi texnikasini tushuntiradi, musobaqani o’tkazish rejasi va tartibini e’lon qiladi. Shu bilan birga, paradda saqlanish joyni qatnashuvchilarning musobaqaga chiqishini, ularning tarkibi va kiyimini, ochilish va yopilish marosimini, mukofotlash tartibini va boshqalarni aniq belgilab olmoq zarur.
Musobaqalar turlaridan baholash (xakamlik qilish) ishini katta xakam va xakamlardan iborat jamoa amalga oshiradi. Kata hakam o’z turida hakamlik ishining sifatiga javobgardir. U jamoaga boshchilik qiladi, mashqlarni baholashda qatnashadi, qatnashchilarning intizomini kuzatadi, hakamlar bahosidagi kelishmovchilarning sababini aniqlaydi.
Qatnashchilar chiqishidan oldin hakamlar jamoalari musobaqa dasturi, qatnashchilari va musobaqalarni o’tkazishni shartlari haqida xabardor qilinishlari kerak. Chiziq xakamlari, xronometraj xakamlariga ham ko’rsatmalar beriladi. Bu musobaqalarda qatnashish tajribasiga ega bo’lmagan sportchilar qatnashganda ayniqsa muhimdir. Vrach nazorati va zarur bo’lganda birinchi meditsina yordamini musobaqa vrachi bosh xakamning (meditsina ishlari bo’yicha yordamchisi) amalga oshiradi.
Xakam-axborotchi gurux kurashining borishi haqida muntazam ma’lumot berib boradi, shuningdek, har bir turdan keyin musobaqada kim oldindaligini aytadi.
Qoidaga binoan musobaqalar soat 10 dan oldin boshlanmasligi va 23 dan kech tugamasligi zarur. Bir bo’limning davom etishi bolalar va o’spirinlar jamoalari uchun 2 soatdan va o’smirlar uchun 3 soatdan oshmasligi kerak. Musobaqa so’ngida oxirgi bo’limda ozroq jamoalar musobaqalashishini esdan chiqarmaslik kerak. Bu kotibning uchun musobaqani tezroq yakunlashga imkon beradi. Jamoalarning chiqishidan keyin qatnashchilarning mukofotlashdan oldin bo’ladigan tanaffusning o’rnini to’ldirish uchun esa muayyan musobaqa qatnashchilar ichidan eng yaxshi ijrochilarni va shuningdek bolalar guruxlari yoki boshqa sport turli vakillarining ko’rgazmali chiqishlarni tashkil qilishi zarur.
Musobaqalar tantanali ravishda barcha marosimlarga rioya qilingan holda yakunlanadi. Musobaqa g’oliblarni musobaqa yopilishidan oldin mukofotlash lozim. ammo, hisoblash chiqish murakkab bo’lsa (dasturining har xil bo’lishi, jamoa yoki guruxlar tarkibining bir xil bo’lmasligi va hokazolar) va uni qisqa vaqt ichida yakunlash imkoniyati bo’lmasa, mukofotlashni musobaqa yakuniga bag’ishlangan maxsus kechada o’tkazish kerak.
Mukofotlash marosimi har doim tantanali, qatnashchilarga ham, tomoshabinlarga ham qiziqarli bo’lishi kerak.
Musobaqani yakunlovchi paradga barcha qatnashchilarni yoki faqat oxirgi bo’lim qatnashchilarni jalb etish mumkin.
Musobaqa tugagandan keyin bosh xakam (bosh kotib bilan birgalikda) hisobot tuzadi. Unda qo’yidagilar ko’rsatiladi:
musobaqani nomi va dasturi, o’tkazilgan joyi va muddati;
ko’p kurash turlari (dastur) bo’yicha xakamlar jamoasi;
o’tkazilgan musobaqani uyushtirish va o’tkazishdagi ayrim kamchiliklar va keyingi musobaqalarda e’tiborga olish uchun takliflar;
bu umumiy hisobot musobaqaning bosh xakami va bosh kotib tomonidan qo’l quyilib, quyi musobaqalar tugagach 30-40 minutdan keyin katta musobaqalardan ertasi kuni qatnashuvchi tashkilotlarning vakillariga tarqatilib berilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |