Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Iqtisodiy integratsiya darajalari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Iqtisodiy integratsiya darajalari 
 
Iqtisodiy integratsiyaning 5 bosqichi - imtiyozli savdo bitimi, erkin savdo zonasi, bojxona 
ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy ittifoq va valuta ittifoqi mavjud.
1. Imtiyozli savdo haqidagi bitim, (preferential trade arrengement) ushbu bitimga a’zo 
bo‘lgan mamlakatlarga unga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan savdoda yana ham 
qulayroq imkoniyatlar bilan ta’minlaydi. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng ibtidoiy shaklidir.
Masalan, Britaniya imperiyasining a’zolari va ayrim sobiq a’zolari bilan Birlashgan 
Qirollik tomonidan 1932 yilda qabul qilingan Britaniya Hamdo‘stligi Preferensiyalari 
(imtiyozlari) tizimi. 
2. Erkin savdo zonasi (Fgeye tgadye agea) - iqtisodiy integraiiyaning bir shakli bo‘lib, 
unda a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdoda hamma g‘ovlar, bojlar bekor qilinadi, lekin har bir 
mamlakat a’zo bo‘lmagan mamlakatlar bilan savdoda o‘zining cheklashlarini joriy etadi. 
Erkin savdo zonasi -preferensial (boshqalardan afzal) hudud bo‘lib, uning doirasida 
tovarlar boj va miqdoriy cheklashlardan ozod bo‘ladilar. Erkin savdo zonasini yaratish 
ishtirokchi mamlakatlar savdo siyosati xarakterini barqaror-lashtiradi. Tashqi iqtisodiy 
faaliyatning barcha tizimlarini - takomillashtiradi. Masalan, Birlashgan Qirollik, Avstriya, 
Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya va Shveysariya (bularga 1961 yilda uzviy a’zo 


sifatida Finlyandiya ham qo‘shilgan) tononidan 1960 yilda tashkil etilgan Yevropa Erkin Savdo 
Assotsiatsiyasi, shuningdek, AQSH, Kanada va Meksika tomonidan tuzilgan erkin savdo haqida 
Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA).
3. Bojxona ittifoqi (custom union) - a’zo bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida yagona tashqi 
savdo tarifini joriy etishni, savdodagi cheklovlardan voz kechishni va bundan tashqari, 
dunyodagi boshqa a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona savdo siyosatini 
muvofiqlashtirib turishni nazarda tutadi.
Bojxona ittifoqi erkin savdo zonasiga qaraganda ancha takomillashgan integraiion 
strukturadan iborat. Birinchidan, bojxona tariflariga nisbatan yagona tashqi savdo siyosatini olib 
borib, mamlakatlar tovarlar oqimini ularning tashqi tarifini va yakuniy narxini hisobga olgan 
holda tartibga soladi. Bu esa o‘z navbatida resurslarni qayta taqsimlash, ishlatish va ishlab 
chiqarishga turtki bo‘ladi. 
4. Umumiy bozor (a common magket) integratsiyaning bojxona ittifoqiga nisbatan 
imkoniyatlari yanada kengroq, chunki unga a’zo bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida nafaqat tovarlar, 
balki mehnat resurslari, kapitalning erkin harakat qilishi nazarda tutiladi. Yevropa Ittifoqi 1980-
yillarda umumiy bozor maqomini olgan.
Umumiy bozorni barpo etish uchun iqtisodning muayyan tarmoqlarini rivojlantirishning 
yagona siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishning barcha omillarining erkin harakat qilishi 
uchun sharoit yaratish, ijtimoiy va mintaqaviy taraqqiyotning umumiy jamg‘armalarini tarkib 
toptirish zarur.
5. Xalqaro iqtisodiy integratsiya taraqqiyotining navbatdagi ikki bosqichi - bu iqtisodiy 
ittifoq hamda valuta ittifoqidir. Iqtisodiy ittifoq toki milliy tasarrufdagi turli pul tizimlariga 
suyanar ekan, u tom ma’noda ittifoq bo‘la olmaydi. 
Iqtisodiy ittifoq (an economic union)- integratsiyaning yanada mukammalroq shakli 
bo‘lib, u a’zo bo‘lgan mamlakatlarning valuta (monetary) va moliya () siyosatini 
muvofiqlashtirishni, hatto yagonalashtirishni (unifikatsiya) nazarda tutadi. Masalan, Ikkinchi 
jahon urushidan keyin ilk bor Benilyuks mamlakatlari - Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg 
o‘rtasida tuzilgan kqtisodiy ittifoq. Keyinchalik esa bunga misol Yevropa Ittifoqidir. 
Yuqorida qayd etilgan shakllardan tashqari integratsiyaning soliqlardan ozod etilgan 
zonalar (Duty-free zones
 
) yoki erkin iqtisodiy zonalar (Free economic zones) shakli ham 
mavjud. Bu xomashyo va ikkilamchi mahsulotlarni soliqsiz yetkazib berish yo‘li bilan chet el 
investitsiyalarini jalb etish uchun tashkil etilgan hududlar.
Xulosa shuki, integratsiya jarayonlarini amalga oshirish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bu 
borada iqtisodiy integratsiyaning bir necha shakllari ko‘zga tashlanadi. 
Dastlab integratsion birlashuvning eng oddiy shakli - erkin savdo zonasi yuzaga keldiki, 
bunda shu mintaqa doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasida savdo cheklovlari va avvalo 
bojxona to‘lovlari bekor qilindi.
Uning boshqa bir shakli - bojxona ittifoqi ishlab turgan erkin savdo zonasi bilan bir 
qatorda tashqi savdoda yagona tarifni joriy etishni hamda tashqi savdoda uchinchi 
mamlakatlarga nisbatan yagona siyosat olib borishni nazarda tutadi (Bunday hollarda 
davlatlararo munosabatlar faqat ayirboshlash sohasidagina bo‘lib, maqsad - o‘zaro savdoni 
rivojlantirish va moliyaviy hisob-kitoblarda ishtirokchi mamlakatlar uchun teng imkoniyatlar 
yaratib berish). Bojxona ittifoqiga qo‘shimcha qilib to‘lov ittifoqi ham tuziladiki, bu valutalarni 
o‘zaro konvertatsiya qilishni, hisob- kitoblarda yagona pul birligi bo‘lishini ta’minlashga imkon 
yaratadi.
Integratsiyaning keyingi, anchagina murakkabroq shakllaridan biri umumiy bozor bo‘lib, 
u ishtirokchilarga o‘zaro erkin savdo olib borish va tashqi savdoda yagona tarif o‘rnatish 
sohasida hamkorlik qatori kapital bilan ishchi kuchining erkin harakat qilishini, iqtisodiy 
siyosatni muvofikdashtirishni ta’minlab beradi.
Lekin davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng yuqori shakli iqtisodiy va valuta ittifoqi 
hisoblanadiki, u umumiy iqtisodiy, valuta-moliyaviy siyosatini amalga oshirgan holda 
integratsiyaning barcha shakllarini o‘zaro mujassamlashtiradi. 


O‘z-o‘zidan ravshanki, o‘zaro iqtisodiy ta’sirnnng muayyan shakllari ishtirokchi 
mamlakatlar xo‘jaligi qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq. Mamlakatlar xo‘jaligining 
rivojlanishiga xos bo‘lgan muayyan xususiyatlar o‘z navbatida intefatsiya mohiyatiga, uning 
harakatlantiruvchi kuchlariga ta’sir o‘tkazadi. Hozirgi paytda dunyoda 100 dan ortiq mintaqaviy 
savdo, iqtisodiy bitimlar va kelishuvlar amal qilmoqda. 
Chunonchi, sanoati rivojlangan mintaqada integratsiya jarayonlari G‘arbiy Yevropada 
(YEI) va Shimoliy Amerikada (NAFTA) keng ko‘lamda rivoj topdi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish