Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet45/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Karamanlis Konstantinos (1907-yilda tug’ilgan) ­ Gretsiya prezidenti (1980-1985 va 1990- 1995), bosh vazir (1955-1963 va 1974-1980). Milliy radikal ittifoqi o’ng partiyasi (1956-1967) va Yangi demokratiya partiyalarlning asoschisi hamda rahbari (1974-1980).
1967-yilning aprelida Gretsiyada polkovnik G. Papadopulos va S.Pattakos rahbarligidagi harbiy to’ntarish bo’lib o’tdi. Butun hukumat harbiy xunta qo’liga to’plangan edi. Aynan ular bosh vazir, vazirlarni tayin­lar, qonunlarni tasdiqlar va parlamentni tayinlar yoki tarqata olar edi. Qirol mamlakatdan quvib chiqarildi. 1973-yilda navbatdagi konstitutsiya qabul qilindi va unga ko’ra Gretsiya respublika deb e’lon qilindi. G. Papadopulos o’zini-o’zi mamlakat prezidenti etib tayinladi. Gretsiya qamoqxonalaridagi kaltaklash va haqoratlash hatto chet mamlakatlarga ham ma’lum edi. Skandinaviya hukumatlari inson huquqlari bo ‘yicha Yevropa komissiyasi sudiga murojaat qildi. 1974-yil noyabrda Afina universiteti talabalari g’alayon ko’tardi. Mamlakatda polkovniklar rejimini yo q qilish harakati bosh­landi. 1974-yilda ahvolni bir oz yumshatish uchun G. Papadopulos prezidentlik vakolati­ni general Gizikisga berdi. Biroq bu ham rejimni saqlab qola olmadi. Armiya polkovniklarni qo’llab-quvvatlash­dan bosh tortdi va ularning iste’foga chiqishi to’g’risida ultimatum qo’ydi. 1974-yil 23-iyulda general Gizikis K. Karamanlisga hukumatni tarqatib yuborishni buyurdi. Polkovniklar rejimining ashaddiy yigirma nafar yetakchisi sudga berildi. Papadopulos va Pattakos o’lim jazosiga hukm qilindi, biroq u keyinchalik umrbod qamoq jazosi bilan almashtirildi.1974-yilda o’tkazilgan referendum natijasida mam­lakatda boshqaruvning respublika shakli joriy etildi. 1974-yilda K. Karamanlis liberal pozitsiyadagi Yangi demokratiya partiyasini, G.Papandreuning o’g’li Andreas Papandreu esa sotsialistik yo’nalishni mo’ljalla­gan Umumgrek sotsialistik harakati (PASOK)ni tashkil etdi. Yangi konstitutsiya bo’yicha birinchi saylovlarda Karamanlis partiyasi g’olib chiqdi va hukumatni boshqara boshladi. 1981-yil yanvarda K. Karamanlis mamlakat prezidenti etib saylandi, parlament saylovida esa A.Papandreuning PASOK partiyasi g’alaba qozondi. A.Papandreu hukumati demokratik ruhdagi bir qator demokratik islohotlarni amalga oshirdi. U Ikkinchi jahon urushi davridagi Qarshilik Harakatini tan oldi, grek siyosiy emigrantlari - fuqarolar urushi (1946-1949) qat­nashchilarini o’z vataniga qaytarishga ruxsat berildi, ijti­moiy sohada va soliq siyosatida islohotlar o’tkazildi. Tashqi siyosat borasida qurollanish poygasiga, G’arbiy Yevropada Amerika yadro qurollarini joylashtirishga qarshi chiqib, tinchlik yo’lini tanladi. Hukumat Bolqon yarimorolini yadrosiz zonaga, O’rtayer dengizi hududini esa tinchlik hamkorligi dengiziga aylantirish uchun faol kurash olib bordi. 1989-yilgi parlament saylovlarida PASOK mag’lubi­yatga uchradi va hukumat tepasiga Sanis Sannettakis yetakchiligidagi Yangi demokratiya va kommunistlar vakillaridan iborat Muvaqqat koalitsiya hukumati keldi. Partiya yetakchisi Konstantin Mitsotakis bosh vazir etib saylandi. 1993-yilgi saylovlarda PASOK g’alaba qozon­
di. PASOK 10 yil mobaynida hokimiyatni nazorat qildi. . Uning yetakchisi Kostas Simitis 1996-yildan bosh vazirdir. Mamlakatda ishsizlik yuqori darajada (11%), korrupsiya va terrorizm kuchaygan. Iqtisodiy muno­sabatlarda Gretsiya YeHda eng kambag’al mamlakatlardan biri.
22-§. BOLGARIYA 50-90-YILLARDA

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish