Aparteid - tub Afrika aholisiga nlsbatan JARda olib borllgan irqiy diskriminatsiya va segregatsiya siyosati. Bu slyosat tub afrikaliklarni fuqarolik huquqlaridan mahrum qili!iih, ularni alohida kvartallarga joylashtirish, bir hududdan ikkinchisiga erkin o’tishni cheklash va hokazo kamsitishlardan Iborat. Teng huquqli hayot uchun kurashda Afrika Milliy Kongressi (AMK) afrikaliklarning haqiqiy yetakchisiga aylandi. 50-yillarda AMK a’zosi 100 ming kishigacha yetdi. U kichik-kichik yon bosishlarni talab qiluvchi tashkilotdan irqchilik rejimini butkul tugatish uchun kurashuvchi kuchli siyosiy tashkilotga aylandi. U Janubiy Afrika milliy kongressi bilan yaqin aloqa bog’ladi. Mazkur kongress M.Gandi tomonidan shu yerda istiqomat qiluvchi hindularning vakili sifatida tashkil qilingan edi. 1950-yil 26-iyunda ular birinchi marta irqiy kamsitilishga qarshi birgalikda norozilik namoyishini o’tkazdi. Shundan beri shu sana milliy norozilik bildirilgan kun sifatida nishonlanib kelinadi. 1955-yil 26-iyunda Ioxannesburgda Milliy kongress chaqirildi va unda mamlakatning barcha chekkalaridan 3 mingdan ziyod delegat ishtirok etdi. Kongress ozodlik Xartiyasini qabul qildi. Unda JARda barcha millat guruhlari va barcha aholi uchun teng huquqlar joriy etilgan demokratik davlat tuzish dasturi ilgari surilgan edi. 60-yillar boshida JARdagi ahvol birdan keskinlashdi. 1960-yilning martida politsiya Ioxannesburg va Keyptaun shaharlari chekkasida tinch namoyishchilarni o’qqa tutdi. Yuzlab namoyisnchilar o’ldirildi. Terroming yangi to’lqini yetilib kelayotgan edi. 20 mingdan ortiq kishi hibsga olindi, AMK taqiqlab qo ‘yildi. BMT Bosh Assambleyasi barcha davlatlarga JAR bilan diplomatik aloqalarni uzishga, ushbu mamlakat tovarlarini, birinchi galda neft va qurol-yarog’ni boykot qilishga chaqirdi. Shuningdek, har qanday madaniy va sport sohalari bo ‘yicha aloqalar ham taqiqlandi. G’arb davlatlari BMT qarorini nazar-pisand qilmasdan irqchilar bilan iqtisodiy aloqalarni davom ettiraverdi. Yashirin shaklda bo’lsa-da, JARga qurol-yarog’ yetkazib berish to’xtamadi. Jazolar va terror natija bermadi, JAR rahbar doiradagilari rejimni yumshatishga majbur bo’ldi. 1989-yil sentyabrdagi parlament saylovlarida aparteidga qarshi kurashuvchi R.Y.de Klerk rahbarligidagi Milliy partiya g’alaba qozondi. 1990-yili fevralda de Klerk 30 yil davomida taqiqlangan AMK faoliyatiga ruxsat berdi. AMK yetakchisi Nelson Mandela 27 yillik qamoqdan so’ng ozodlikka chiqdi. 1991- yilda u AMK prezidentligiga saylandi. Mamlakatda 1986-yilda joriy qilingan favqulodda holat bekor qilindi. Boshqaruvchi Milliy partiya o’z safiga barcha irq vakillarini qabul qilishga ruxsat berdi. Biroq aparteidning tugatilishi og’ir kechdi, mahalliy aholi o’rtasida janjal bo’lib o’tdi. Yevropaliklarning qora tanlilar bilan teng huquqli bo’lishiga ko’nikishi qiyin kechdi. Ular o’rtasida bir necha marta qurolli to’qnashuv bo’lib o’tdi.