J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov


Bruhn M .M . Marketing. W iesbigen, 1999/ 678 p / 237 p



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/234
Sana12.02.2022
Hajmi9,18 Mb.
#444852
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   234
Bog'liq
Biznes marketingi

1 Bruhn M .M . Marketing. W iesbigen, 1999/ 678 p / 237 p.


harakat qildik. Bunda shu narsa aniqlandiki, reklamada sovun o‘z «nufuz»iga 
ko‘ra, faqat tozalikni taklif qilsa, krem «nufuz»i yosh ayolning yoshligini 
saqlab, uni yanada jozibali qilishini ta’kidlar ekan. Hoziigi kunda xorijning 
«Dove» sovunini aynan sovun emas balki yus ozuqasi deb reklama 
qilinishiga ham yuqoridagi fikrimiz isbotdir. Kosmetika mahsulotlari 
sotuvchilar lab bo‘yog‘i, kremlar, tirnoqlar uchun bo‘yoqlar, soch 
bo‘yoq yoki kipriklar uchun bo‘yoqlami emas, balki ayollami hammasiga 
kerakli «umid»ni sotadilar. Taniqli aktyorlar yoki boshqa mashhur 
kishilaming «o‘z shaxsiy tajribalari» bo‘yicha beradigan maslahatlari ham 
tovarlarga qo‘shimcha psixologik qiziqish uyg‘otadi.
Amerikaning «Baskin Robins» kompaniyasi Rossiya bozoriga 
«Amerikada eng mashhur muzqaymoq» shiori bilan kirib kelgan. Lekin 
biroz fursat o ‘tgach, bu kompaniya umuman boshqa qadoqda, boshqa 
shior bilan muzqaymoqni bir necha xil navlarini ishlab chiqara boshladi. 
0 ‘tkazilgan marketing tadqiqotlari natijalari, Rossiya iste’molchilari 
Amerika iste’molchilaridan farqli o'laroq, kaloriyali, qaymoqli, o ‘ta 
shirin va quyuq muzqaymoqni afzal ko‘rishlari ma’lum bo‘lgan. «Baskin 
Robins» mevali muzqaymoqlaming bir necha navlarini hamda ulaming 
afzalliklarini ham ko'rsata boshlagan. Britaniyaning «Yunayted 
Distellerz» kompaniyasi Shotlandiyaning viski va jinlarini taklif qilib, 
kompaniya o‘z iste’molchilarining ichish odatlarini keskin o ‘zgartirishni 
emas, balki ichishda turli-tumanlikni taklif qilgan.
«Baskin Robbins» va «Koka kola» kompaniyalarining reklamalari, 
ularning mahsulotlarini iste’mol qilgandan so‘ng, odamning quw ati 
oshishini ta’kidlab o‘tiladi. Bu katta samara bermoqda va hozirda «Pepsi» 
ichimligining o ‘rnini «Koka kola» egallab olgan. Bundan kelib chiqib, 
biz yana bir karra o'zimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni chet el 
bozorlarida o ‘z xaridorlarini tez topishida asosiy dastak deya olamiz. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingida reklama xarajatlari keyingi yillarda 
keskin o ‘sib bormoqda. Masalan, AQSHda XX asrning 70-yillarida 
reklama xarajatlari 20 mlrd. dollami, 80-yillarda 50 mlrd. dollarni, 90- 
yillarda 70 mlrd. dollami va 2002-yilda 100 mlrd. dollami tashkil etgan. 
Shuning uchun, ayrim davlatlarda, reklama xarajatlarining nihoyatda 
qimmatga tushayotganini e’tiborga olib, ularni qisqartirish yo'lidan 
borilmoqda. Yaponiyada reklama xarajatlarining eng yuqori nuqtasi 
belgilangan. U mahsulot narxining 1,1 dan 1,2 %gachasini tashkil 
qilishi mumkin. Biz ham respublikam izda m ahsulotlar um um iy


xarajatlarida tovarlar reklamasi 0,5—1 % salmoqqa teng bo‘lishini istar 
edik. Mavjud adabiyotlarda, ayrim mutaxassislar reklama xarajatlarining 
k o ‘p qism ini o rtiq ch a deb hisoblaydilar. U lar rek lam an in g
maqsadsizligini keng miqyosli raqobat kurashida va uning keragidan 
ortiqchaligida deb biladilar hamda reklama uchun xarajatlar soliqqa 
tortilgan foydadan ajratib hisoblanadi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, tadbirkorlar reklama uchun m o‘ljallangan 
puldan soliq to ‘lamaydilar, shuning uchun ularga reklama arzonroq 
tushadi. Bu holda, xarajatlarning bir qismini iste’molchilar to'laydilar.
Ba’zi bir adabiyotlarda, mualliflar reklamani davlat institutlari 
bo‘lgan maktab, machit, cherkovlar bilan tenglashtiradilar. Biz bu 
fikiga qo'shila olmaymiz, AQSHda reklama uchun har qanday davlatdagi 
ommaviy axborot vositalariga sarflanadigan qog‘ozlardan ko‘proq 
qog‘oz sarflanadi. Ommaviy axborot vositalari, radio va televidenieda 
reklama ayrim hollarda juda ko‘payib ketganligi sababli, AQSHda bu 
sohada bir qancha cheklashlar qilingan, masalan, Amerika yoMlarida 
800000 reklama alvonlari olib tashlangan, qonuniy boimagan reklamaga 
qarshi kurash o ‘tkazilmoqda. Reklamani tekshirish organlari tuzilib, 
reklama kodekslari qabul qilingan, ayrim tovarlarning reklamasi man 
etilgan. Qaroqchilik yo‘li bilan chet el radiostantsiyalaridan va boshqa 
joylardan reklama g‘oyalarini o ‘g‘irlash, rivojlangan davlatlar bilan 
reklama sohasida xalqaro tashkilotlar tuzish reklama tanqidi, bulaming 
barchasi zamonaviy reklamaning rivojlanishiga zamin yaratadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda reklama tayyorlashda ilmiy, iqtisodiy- 
ijtimoiy, statistik, psixologik usullardan foydalaniladi. Lekin, nazariyot- 
chilar va amaliyotchilar hamon, -qanday qilib reklamaning harakatiga 
asos yaratish va reklama maqsadliligini ta’minlash kerak? — degan hal 
qiluvchi savolga aniq javob bera olmayaptilar. Yaqin vaqtlarga qadar bu 
savolga ko‘pchilik e’tibor bermas edi. Bunga sabab, albatta, bu savol 
bilan shug‘ullanmaganlikdagina emas, balki ommaviy iqtisodiy muam- 
molar bilan bog‘liq holda reklamaning jamiyatdagi o‘mi, funktsiyalari
bu boradagi uslubiy izlanishlar, g‘oyalar yordamida reklama faoliyatini 
samaraliligiga erishishidadir. Bizning fikrimizcha, bu masalalar yechimi 
bo‘yicha olingan alohida natijalar yordamida, jamiyatda reklamaning 
ahamiyati va samaradorligiga erishib boMmaydi. Quyida Yevropa, 
Shimoliy Amerika va Osiyo mamlakatlarida reklamani tarqatuvchi 
vositalarning holati keltirilgan (17-jadval). Kabel televideniesidan 
foydalanish darajasi* — 0,5 %dan kam. M.e. — mavjud emas.


Jadval ma’lumotlari birmuncha eskirgan bo‘lsada, biroq, u hanuz- 
gacha o ‘z mohiyatini yo‘qotgani yo‘q va deyarli shu miqdor 1,0—1,05 
orasida farqlanadi, xolos.
AQSHda har kuni amerikaliklar o ‘rtacha 1600 ta reklama xabarlari 
bilan tanishadi. Olingan ma’lumotlarga qaraganda, ana shu xabarlaming 
kichik bir qismi o‘ziga diqqat-e’tibor jalb qilib, 1600 ta e’londan atigi 
76 tasigina (ya’ni 5 %igina) kishining ixtiyorini tortishi ma’lum bo‘lgan. 
Biroq hozirgi kunda tashqi iqtisodiy faoliyat marketingida reklama 
e ’lonlarining narxlari yuqoriligi salbiy ta ’sir ko‘rsatib, reklama 
beruvchilarning soni kamaygan. Ular kabel televideniyesi va hattoki, 
do‘konlarda tovarlami olib yurishda foydalaniladigan aravachalardagi, 
taksi, avtomobil to ‘xtash joyidagi tashqi reklamalarga qiziqishi ortgan. 
Yuqorida keltirilgan 17-jadval m a’lumotlariga ko‘ra AQSHda bir necha 
yillardan buyon televidenie va jurnallardagi reklama e’lonlari eng 
samarali hisoblanib, bu reklama vositalarining narxlari ham talab yuqori 
bo‘lganligi uchun baland bo‘lganligi m a’lum bo‘ldi.

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish