1.Bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi va uning asosiy modellari
Кishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo‘jaligi negizida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u borgan sari rivojlanib borishini ko‘rsatdi. XVII–XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo‘lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi.
O‘zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan yutuqlari bilan jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar «Amerika», «Yaponiya», «Germaniya», «Shvetsiya», «Janubiy Кoreya», «Xitoy» modeli va boshqalar hisoblanadi.
«AQSH modeli» liberal model sifatida tavsiflanadi. Amerikacha andozaningo‘ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng yoyishga, ommaviylikka erishishni ta’minlashga asoslanganligidadir. U jamiyat a’zolaridan har birining ishbilarmonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni, xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart-sharoit yaratishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |