MAVZU:AMORTIZATSIYA FONDI VA
UNDAN SAMARALI FOYDALANISH
YO'LLARI
Musirov Diyorbek
REJA:
1 Iqtisodiyot va bozor.
2 Iqtisodiy sohani boshqarish va tartibga solishning
ma’muriy va iqtisodiy usullari va vositalari .
3 Iqtisodiy siyosatning tipologiyasi va konsepsiyasi
IQTISODIYOT VA BOZOR
•
Zamonaviy iqtisodiyot fani iqtisodiyotni buyruqbozlik, bozor va
aralash turlarga ajratadi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti jamiyatdagi
ishlab chiqarishda davlatning roli etakchi ekanligi bilan
tavsiflanadi. Barcha mulk davlatga tegishli bo’lib, u tomonidan
qabul qilinuvchi qarorlar iqtisodiyotning barcha soha va
tarmoqlari uchun majburiy hisoblanadi
Bozor iqtisodiyoti
– tadbirkorlik faoliyati, xo’jalik hisob-kitoblari,
tovar va xizmatlarni ayirboshlashga, talab va taklif o’rtasida
tartibga solinuvchi nisbatga asoslangan iqtisodiyotdir. Uni ba’zida
erkin tadbirkorlik tizimi deb ham atashadi.
Aralash iqtisodiyot
– turli xil shakllarda bo’lib, bozor iqtisodiyoti va
davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining
uyg’unlashuvi bilan tavsiflanadi. O’tgan asrning 80-yillar oxirida
buyruqbozlik iqtisodiyoti o’rniga bozor iqtisodiyoti kelib, u mos
keluvchi bozor munosabatlari va mulkchilikning turli xil shakllarini
olib keldi.
•
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga
aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi.
Birinchidan,
davlat o‘ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o‘zini-o‘zi
tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‘lmagan yoki
samarali ravishda amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifalarni
oladi.
Ikkinchidan,
bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va
salbiy oqibatlarni tug‘diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki
iste’molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo‘shimcha
ijobiy samarani rag‘batlantirishga va aksincha salbiy samara
bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat
qilishi zarur.
Uchinchidan,
davlatning iqtisodiy jarayonlariga
aralashuvi shu sababli ro‘y
•
beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu
tovarni iste’mol qilishning oqibatlarini ob’ektiv baholay
olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni
kengaytirish va aksincha sog‘liqqa salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o‘z
zimmasiga oladi.
To‘rtinchidan,
davlat o‘z zimmasiga
bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni
qisman yengillashtirish vazifasini oladi.
Beshinchidan,
hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi
Ma’muriy-buyruqbozlik
Do'stlaringiz bilan baham: |