J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

tabiiy modellashtirish
(naturnoe modelirovanie) 
deb ataladi. Tabiiy modellashtirish ilmiy tajriba, yalpi sinovlar o‘tkazish va ishlab 
chiqarish tajribasiga taqsimlanadi. Ilmiy tajriba avtomatlashtirish vositalaridan 
keng foydalanish, axborotga ishlov berishning o‘ta turli tuman vositalarini 
qo‘llash, tajriba o‘tkazish jarayoniga inson aralashuvi imkoniyati mavjudligi bilan 
xususiyatlanadi. Tajriba o‘tkazish ko‘rinishlaridan biri – yalpi sinovlar o‘tkazish 


111 
bo‘lib bular jarayonida umuman ob’ektlarni (yoki tizimning katta qismlarini) 
takroran sinovdan o‘tkazish oqibatida ushbu ob’ektlarning sifat xossalari, 
ishonchliligi to‘g‘risidagi umumiy qonuniyatlar aniqlanadi. Maxsus tashkil 
qilingan sinovlar bilan bir qatorda ishlab chiqarish chog‘ida jamlangan tajribani 
umumlashtirish yo‘li bilan tabiiy modellashtirishni amalga oshirish, ya’ni ishlab 
chiqarish tajribasi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Bu erda o‘xshashlik nazariyasi 
asosida ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha statistik materialga ishlov beriladi va 
umumlashgan xossalar qo‘lga kiritiladi. Tajribani jarayonning aniq kechishidan 
farq qilishini yodda tutish zarur. Bu farq shundan iboratki, tajriba o‘tkazishda 
ayrim inqirozli vaziyatlar yuzaga kelishi va jarayong barqarorligi chegaralari 
aniqlanishi mumkin. Tajriba o‘tkazish chog‘ida ob’ektning faoliyat ko‘rsatish 
jarayoniga yangi omillar va qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar kiritiladi. 
Aniq modellashtirishning boshqa bir ko‘rinishi jismoniy modellashtirish 
bo‘lib u tadqiqotlar hodisalarning tabiatini saqlab qoladigan va jismoniy 
o‘xshashlikka ega bo‘lgan qurilmalarda amalga oshirilishi bilan tabiiy 
modellashtirishdan farq qiladi. Tabiiy modellashtirish jarayonida tashqi muhitning 
ayrim xossalari beriladi va yo aniq ob’ektning, yohud uning tashqi muhitning 
berilgan yoki sun’iy yaratiladigan modeli xatti-harakati tadqiq qilinadi.Tabiiy
modellashtirish vaqtning aniq va modellashtirilgan (qalbaki aniq) ko‘lamlarida 
kechishi yoki vaqt hisobga olmagan tarzda ko‘rib chiqilishi mumkin. So‘nggi 
holatda vaqtning qandaydir oralig‘ida “muzlatilgan” deb ataluvchi jarayonlar 
o‘rganib chiqilishi zarur. 
Model va modellashtirish qaror qabul qilish jarayonida juda muhim rol 
uynaydi. Amaliyotda boshqaruvda foydalanilayotgan juda ko‘p modellar 
murakabdir, lekin modellashtirish mazmuni judda sodda. Modellashtirish ishlab 
chiqarish jarayoni bulib, ma’lum bir modelning qo‘llanilishi tushuniladi. 
Iqtisodiyotda va boshqaruvda modellashtirishni qo‘llanilishiga sabab, bir 
tomondan iqtisodiy xarakterdagi tajribalarni o‘tkazish narxi juda qimmatligi yoki 
o‘zini qoplamaydi, va boshqa tomondan turli vaqt momentlarida iqtisodiy, siyosiy, 


112 
ijtimoiy va boshqa sohalarda muammoli vaziyatlarni holatlari qaytarib 
bo‘lmasiligidadir. 
Model atamasiga turli mualliflar tomonidan berilgan ta’riflarga ko‘ra, 
iqtisodiy matematik model haqiqatga yaqin, modellashtirilayotgan obektning 
bog‘lanishlari va xususiyatlarini aks etishi kerak. 
Model qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) Boshqaruv ob’ekti xususiyatari va strukturasiga mos bo‘lishi; 
2)Modelning qaror vabul qiluvchi shaxsning talablariga va boshqaruvda 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalanish 
ko‘nikmalariga 
moslashtirilganligi; 
3)Model asosida o‘tkaziluvchi modellashtirish metodlari va tajribalarini 
o‘tkazish talablari va imkoniyatlariga mosligi; 
4) Echilayotgan boshqaruv masalasi talablariga mosligi. 
Iqtisodiy matematik model aniq bir strukturaga ega bo‘lib, asosiy 
elementlari qo‘yidagilar: 
1) qaror qabul qilish holati; 
2) qaror qabul qilish vaqti; 
3) echim uchun zarur resurslar; 
4) qaror qabul qiluvchi shaxs yoki tashkilotning resurslari; 
5) boshqariluvchi omillar tizimi; 
6) boshqarib bo‘lmaydigan omillar tizimi; 
7)boshqariluvchi va boshqarib bo‘lmaydigan omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar 
tizimi; 
8) alternativ echimlar tizimi; 
9)qabul qilingan qarorlarni baholash uchun parametrlar tizimi (baholash 
tizimi). 
3.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish