J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari


 Tizimli tahlilda eksperimental usul



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

2. Tizimli tahlilda eksperimental usul.


239 
Hodisalarni formallashtirilgan tahlili eksperimentning klassik jarayonida 
mujassamlashgan. Hodisaning kirishi yoki natijalari ma’lumotlar deb atalishi 
mumkin. “Ma’lumot” atamasi jarayonga kiritiladigan yoki undan olinadigan 
kattalik, son yoki munosabat sifatida aniqlanadi. Ma’lumotlar sonli bo‘lmasligi 
ham mumkin. Masalan, dalillar, tamoyillar, tasdiqlar yoki boshqa materiallarga 
asoslanuvchi argumentlar ham ma’lumotlar sifatida ko‘rilishi mumkin.
Axborot ma’lumotlarni tahlilidan olingan bilim sifatida belgilanadi. 
Hodisalarni ko‘zatish orqali olingan ma’lumotlar anglab etish orqali qayta tuzilishi 
mumkin. Faqat ular noto‘g‘ri talqin qilinmagan yoki fundamental tarzda 
o‘zgartirilmagan holda taqdim qilinishi mumkin. Tadqiqotchi mavjud 
ma’lumotlardan voqelikning mohiyatini chiqaradi va uning yordamida noaniq 
bo‘lgan holatni izohlaydi. U ma’lumotlar qo‘yilgan shartlarni ta’minlay oladimi 
yoki yo‘qmi, aynan shuni aniqlashga harakat qiladi. SHart-sharoit barcha kerak 
bo‘lgan holatlarni (ular cheklash va izohlash orqali tizim tavsifini aniqlaydi) 
tashkillashtiradi. 
Eksperimentator ma’lumotlar va shart sharoitlar kombinatsiyasi, hodisalarni 
yaxlit yoki noaniqlikni aks etadigan bir qismini tushuntirish uchun etarli yoki etarli 
bo‘lmaganligini aniqlashga harakat qilishi mumkin. Ushbu jarayon davomida u 
modellarni to‘zishi, o‘z eksperimentlarini qaytarishi, ko‘proq ma’lumotlar 
to‘plashi, ma’lumotlarning to‘liq tanlovi ichida moslikni tekshirishi va 
noaniqliklarni qayta ko‘rishi mumkin. 
CHeksiz takrorlanishlardan farqli o‘laroq eksperimentator o‘xshash, lekin 
o‘xshash ma’lumotlari shubha uyg‘otmaydigan hal qilingan muammoga yoki 
bo‘lmasa o‘xshash shart-sharoitga (ma’lum bo‘lgan jarayonning majbo‘rlovchi 
aloqalarini aniqlovchi) murojaat qilishi mumkin. SHunday qilib, bu erda 
muammoning dastlabki yondashuv nuqtasi belgilanadi: yangi muammoning echimi 
eski muammoning echimida bo‘lishi mumkin. Echimni topish uchun 
eksperimentatorga zarur bo‘lgan yagona kalit ma’lumotlarni o‘rganib chiqishning 
maxsus usuli bo‘lishi mumkin. YOki bo‘lmasa, u echimni yangi muammoga ilova 
qilingan, yaxshi tanish bo‘lgan, murakkab munosabatlar qatorida ko‘rishi mumkin. 


240 
YAngicha tushuncha bilan “qurollangan” eksperimentator yangi yondashuvni 
qo‘llashi va ishni yangi yo‘nalishga qo‘yishi mumkin. 
SHunga qaramasdan uni ushbu holatda muvaffaqiyatsizlik kutishi mumkin. 
Qo‘ldan kelgan barcha narsani qildim deb o‘ylab eksperimentator muammoni o‘ta 
katta hajmli deb hisoblashi oqibatida, bir usulda hal qilish mumkin emas degan 
to‘xtamga kelishi mumkin. SHunda u muammoni tadqiqotga to‘g‘ri keladigan 
mayda qismlarga ajratadi. Bunda eksperimentator murakkab bo‘lgan bir hodisa 
o‘rniga sodda bo‘lgan bir necha hodisalar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. U muammoni qismlarga bo‘lib o‘z muammosi to‘g‘risida ko‘p narsani 
bilib olishi mumkin. Bunia esa ko‘p bosqichli jarayonning oxirgi natijasi bo‘lgan 
faqatgina ko‘zatish yo‘li bilan tushunib olish qiyin bo‘lar edi. Echimni tadqiq 
qilishning ushbu bosqichida muammoning bir qismi o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lib 
qolganda, uning boshqa qismlari o‘z echimini topmagan bo‘lib qolaveradi. Doim 
shunday bir ehtimol mavjud bo‘ladiki, unda muammoning muayyan qismi so‘nggi 
echimdan cheksiz chetlanib qolaveradi.
Biroq eksperimentatorda boshqa muqobillar
 
ham mavjud. U ma’lum bir 
vaqtga o‘zini qiziqtirayotgan muammoni chetga surib qo‘yib, o‘ziga yaqin bo‘lgan 
muammolarga (eksperimentatorga foydali natijalar keltirishi mumkin bo‘lgan 
muammolarga) “hujum” qilishi mumkin. Tanish muammo bilan ishlash 
eksperimentatorni echimni to‘liq ta’minlab beruvchi bevosita yoki bilvosita fikrlar 
bilan ta’minlashi mumkin. Biroq, bunda ham muvaffaqiyatsizlikka uchraganda, u 
noaniqlikni tizimli ravishda o‘zgartirishi mumkin yoki bo‘lmasa mos kelmaydigan 
natijalarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni almashtirishi 
mumkin. Eksperiment jarayonida noaniqliklarni, shart-sharoitlarni yoki har qanday 
boshqa qismlarni o‘zgartirish ishlari nazorat ostida amalga oshirilishi kerak. 
Eksperimentator jarayonlarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni yozib borishni to‘liq 
va aniq holda saqlashi hamda ularning eksperimental natijalarga ta’sirini hisobga 
olishi shart. SHuningdek, u o‘zi tomonidan qo‘shilgan yoki chiqarib tashlangan 
jarayonlarni va buning oqibatida paydo bo‘lgan yoki g‘oyib bo‘lgan hodisalarning 
elementlarini identifikatsiya qila bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. 


241 
YUqorida izohlangan uslubning umumiy tuzilmasi “sinash va xato” uslubi 
nazorati asosida o‘tkaziladigan holatga o‘xshash. Bunda vositabo‘lib metodik 
ravishdagi iterativ jarayon hisoblanadi. U eksperimental natijalarni ma’lum va 
noma’lumlar bilan taqqoslaydi. Eksperiment quyidagi 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish