J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

3.“Morfologik quti” uslubi
– uslubning mohiyati takomillashtirilayotgan 
ob’ekt kurilmasidan (uning morfologiyasidan) kelib chiqadigan barcha mumkin 
bo‘lgan variantlarni tadqiq qilishda. SHuning uchun u bir muncha g‘alati bo‘lgan 
“morfologik quti” uslubi nomini olgan. 
Uslubni tadbiq qilish uch bosqichda amalga oshiriladi: 
Birinchisi – ob’ektni muhim funksional bog‘larga bo‘lib tashlash. 
Ikkinchisi – barcha bog‘larni mustaqil ravishda ko‘rib chiqish va ular uchun 
barcha mumkin bo‘lgan echimlarni tanlab olish. 
Uchinchisi – yakuniy jadvalni to‘zish (morfologik quti). 
Har bir funksional bog‘ uchun alohida grafa ajratilib, u erda uning barcha 
ehtimoliy echimlari sanab o‘tiladi. Bu grafalar morfologik qutining o‘qi 
hisoblanadi. Agar o‘qlar uchta bo‘lsa, u holda biz odatiy bo‘lgan uch o‘lchamli 
qutini olamiz. Unda tizim yaratishning barcha variantlari beriladi. Natijada 
variantlarni bir-biri bilan taqqoslab ichidan to‘g‘ri keladiganini tanlab olish qoladi. 
Bunda muammoni hal etish uslubi sifatida eksperimentning imkoniyatlarini 
va cheklanishlarini ko‘rib chiqish maqsadli bo‘ladi. 
Tabiiy fanlar sohasida olimlarning vazifasi tabiatni o‘rganishda. Olimlar 
tomonidan bilim va kasbga oid uslublardan foydalanish orqali ushbu vazifani 
bajarish mumkin. 
Masalan, fizik o‘zining kuzatish va o‘lchash bo‘yicha maxsus malakasini 
qo‘llab, sabab va oqibat aloqalarini tadqiq qiladi. Faraz qilaylik, muayyan 


237 
vaziyatda sabab va oqibat o‘rtasidagi munosabatni osonlik bilan aniqlab 
bo‘lmaydi. Bunday holatda eksperimentator hodisaning ishlab turgan modeli 
tuzilmasini eksperiment qilishga keladi. Bunda uning o‘zi kuzatuvchi rolini 
o‘ynaydi. U eksperiment uchun zarur bo‘lgan sharoitni bajaradi. Qayta ishlash 
moslamalaridan foydalanib, qayta ishlash sinxronligini qo‘llovchi vositadan va 
natijalarni yozib borish uchun moslamadan foydalanib ayrim kirishlarni berishni 
ta’minlaydi. Natijani ko‘rib chiqish vaqtida eksperimentator o‘rganilayotgan 
jarayonda nima sodir bo‘lganini aniqlaydi va o‘zining jismoniy olamni tushunishi 
bilan bog‘laydi. 
Eksperimentator o‘z ishini salbiy yoki ijobiy chiqganligidan kelib chiqib 
qaytarishi mumkin. Dastavval, u eksperiment natijalarini taqdim qilish mumkinmi 
yoki yo‘qmi, shuni aniqlashga harakat qiladi. Biroq eksperimentator natijada 
o‘zoqlashishlarni va o‘zgarishlarni ko‘zatish uchun jarayonlarni va uslublarni 
o‘zgartirishdan bir xil manfaatdor. Natijalarni ko‘zatar ekan u olam va o‘zining 
boshlang‘ich natijalari to‘g‘risida ko‘proq narsani bilib olishi mumkin. Oxir oqibat 
eksperimentator o‘rganilayotgan predmetning yashirin mohiyatlariga ta’sir 
o‘tkazish imkoni borligini bilishi mumkin. 
Biroq, shu vaqtgacha davlat boshqaruvi tizimi, eksperimentlar o‘tkazish 
oddiy hol bo‘lgan ilmiy olamdan farqli o‘laroq, eksperimentlarni o‘tkazishga hech 
qachon muhtojlik sezmagan. 
Birinchi eksperimentlar mehnat va texnik ma’lumotlarni qayta ishlash uchun 
hisoblash mashinalarini ishlatgan tashkilotlarda boshlangan. Hisoblash mashinalari 
eksperimentlarni samaradorligini yoki foydasini oshiruvchi ularni anglab etish 
tuzilmasini topishga imkonini yo‘qligi ko‘plab tashkilotlar uchun kattaroq 
qiyinchiliklar keltirib chiqaruvchi holat bo‘lib qolgan. Eksperimentning 
qimmatliligi shubha ostiga olinishi mumkin bo‘lgan sabab bu tuzilmalar ochiq 
tizimlar bo‘lganligi. 
Tuzilmaning ochiqligi shundaki ushbu holatda faoliyat yuritish uchun 
tuzilmalar na foydali va na qimmatli bo‘lgan har xil tasodifiy kirishlarni qabul 
qilishi va filtrdan o‘tkazishi shart. 


238 
Tizimlari tasodifiy kirishdan nisbatan erkin va barcha nisbatan kamroq 
bo‘lgan muqobillarni o‘z ichiga oluvchi tizimlarga ega bo‘lgan fiziklardan farqli 
o‘laroq, zamonaviy rahbar olamda o‘z majburiyatlarini bajaradi. U boshqa bo‘ladi 
va har bir kunni murakkablashtiradi. 
Buning 
ustiga, 
mansabdor 
shaxslarning 
muammolari 
fiziklarning 
muammolaridan tubdan farq qiladi. Mansabdor shaxs mantiqiy bo‘lmagan, ketma-
ketligi yo‘q yoki erkin holatlar sifatida tavsiflovchi hodisalarga ham duch keladi. 
SHunga qaramasdan davlat boshqaruvi tizimi, muammoni hal qilish uchun 
fiziklarning ayrim usullarini qo‘llagan holda ish yuritishni yaxshilashi mumkin. 
Har qanday katta ko‘lamdagi muammoni ko‘rib chiqayotgan har bir mansabdor 
shaxsda buyuk tabiiy sinovchilar bilan muayyan umumiylik mavjud. 
Masalan: 
1. Deyarli barcha mansabdor shaxslar hodisalarni ko‘zatish va axborotlar 
aniqligi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. 
2. Har bir mansabdor shaxs axborot mazmunini uni qanday tushuntirilishiga 
qarab anglab etadi. 
3. Har qanday muammoning tahlili axborotning va uni olish usulining 
haqqoniyligini shubha ostiga olishi mumkin. 
4. Agar axborotning aniqligi yoki haqqoniyligi so‘rov ostiga olinsa, 
mansabdor shaxs ushbu axborot asosida olingan xulosaning haqqoniyligini aniq 
shubha ostiga oladi. 
5. Mansabdor shaxslar ushbu vaziyatga xos bo‘lgan munosabatlar sababi va 
oqibatini noto‘g‘ri tushunishi oqibatida yuzaga kelgan muammolar bilan vaqti-
vaqti bilan xolis tanisha oladi. 
SHunday qilib, davlat boshqaruvi sohasida muammolarni echishning 
umumiy ilmiy-yo‘naltirilgan uslubiyatini qo‘llashga imkon borligi aniqlandi. 
Masala shundaki, to‘liq tuzilmalashtirilmagan ochiq olamda muammolarni echish 
mexanizmini takomillashtirishning imkoni borligini tadqiq qilishdir. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish