―ИҚтисодиёт‖ факультети


Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda klasterni qo`llash ahamiyati



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda klasterni qo`llash ahamiyati
Agrar-industrial mamlakat hisoblangan O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining 
muhim tarmoqlaridan birini qishloq xo‘jaligi tashkil qiladi.Respublikada ishlab chiqarilgan 


392 
mahsulot va intellektual salohiyatining yarmidan ortig`i muayyan tarzda qishloq xo`jaligi 
bilan bog`liq.
Qishloq xo`jalik mahsulotlari eksporti mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizdan 
ortig`ini ta‘minlaydigan muhim bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada olib 
qaraydigan bo‘lsak, mamlakat aholisining turmush darajasi,uning moddiy farovonligi, 
iqtisodiyotdagi inflyatsiya dinamikasi qishloq xo`jaligidagi ishlarning ahvoliga, uni 
rivojlantirishning tezkorligi va samaradorligiga uzviy bog`liqdir. 
Respublika qishloq xo`jaligida mamlakatning iqlim, yer - suv va mehnat resurslaridan 
unumli foydalanish, qulay siyosiy muhit, hamda xalqning asrlar davomida to`plagan 
dehqonchilik madaniyati tufayli tez suratlarda rivojlanib, klaster ishlab chiqarish darajasiga 
yetmoqda. 
Qishloq xo‘jaligida klaster usulining joriy etilishi yerni shudgorlashdan hosilni 
yetishtirishgacha, xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayondagi ko‘p bosqichli 
kompleks yondashuv tizimini yaratdi. Ayniqsa, yengil sanoat korxonalarining xom ashyo 
yetishtirish manbai sanalgan dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorligini yanada mus-
tahkamlashda mazkur usul yaxshi natijalar bermoqda.
So‘nggi o‘n yillikda butun dunyoda iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini 
oshirishning keng tarqalgan usullaridan biri – klaster usulidan keng foydalanilayotir. Klaster 
strategiyasi Yevropa ittifoqi tomonidan keng targ‘ib qilinayapti. Yevrokomissiya ittifoq 
hududida klaster rivojlanishini yanada qo‘llab-quvvatlamoqda. 
Ayni paytda Rossiya Federasiyasida 25 ta klaster mavjud. Sankt-Peterburg shahrida 
aerokosmik sohada, Federasiya janubida agrar sohada klasterlar faoliyat yuritmoqda. Xitoy 
Xalq Respublikasida avtomobilsozlik, kimyo, farmasevtika, elektrotexnika, maishiy 
texnikalar, to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari, qurilish, qishloq va o‘rmon xo‘ja-
ligi, baliqchilik kabi ko‘plab sohalarda klaster usulida ish olib borilayotir. O‘zbekistonda 
ham klaster uslubida faoliyat yuritadigan qishloq xo`jaligi korxonalari yanada qo‘llab-
quvvatlanmoqda. Xususan, ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, ishlab chiqarishga 
yangi va ilg‗or texnologiyalarni joriy etish, ekin navlari va chorva mollari zotini, 
urug‗chilik-seleksiya ishlarini tubdan yaxshilash borasida keng qamrovli hamda puxta 
o‗ylangan ishlar amalga oshirilmoqda. 
Qishloq joylariga sanoatni olib kirish, zamonaviy texnologiyaga ega bo`lgan kichik 
korxoanalarni ochish bilan birga yangi ish joylarini yaratish ustivor vazifa hisoblanadi. 
Qishloq xo`jaligi korxonalariga servis xizmat ko`rsatish qanchadan - qancha aholini ish 
bilan band qilishga imkon yaratadi. Qishloq xo`jaligida xizmat ko`rsatish sohasini yetarli 
darajada tashkil etish zarur. 
Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirishda erishilgan 
yutuqlar, ekinlar hosildorligini oshirish, mehnat unumdorligini ko`tarishda hal qiluvchi 
ahamiyatga egadir. Respublikada qishloq xo`jaligini ishlab chiqarish vositalari bilan 
ta`minlaydigan sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uning moddiy - texnika bazasini 
mustahkamlaydi. 
So‗nggi yillarda O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real tarmoqlarida ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash tadbirlariga alohida e‘tibor 
qaratilmoqda. Jumladan, agrar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va yangi bosqichga 
ko‗tarish masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda.
1990 yilda O`zbekiston Respublikasi aholisi iste‘moli uchun zarur bo‗lgan g‗allaning 
82 foizi, go‗sht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini, 
kartoshkaning 50 foizi, shakar va quruq sutning barchasi chetdan keltirilgan bo`lsa, hozirgi 
kunga kelib asosiy iste‘mol mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyoji deyarli to‗liq o‗z ishlab 


393 
chiqarishimiz hisobidan ta‘minlanmoqda
244
. 2017 yilning yanvar – dekabr oylarida 3 014,6 
ming tonna (101,9 foiz) kartoshka ishlab chiqarildi, 11 433,6 ming tonna (101,4 foiz) 
sabzavotlar, 2 094,8 ming tonna (102,4 foiz) oziqbop poliz, 3 076,3 ming tonna (101,1 foiz) 
meva va rezavorlar, 1 748,9 ming tonna (100,8 foiz) uzum yig‘ib olindi. Bundan tashqari 
8,1 mln.tonnadan ortiq don ekinlari ishlab chiqarildi, 2,9 mln.tonnadan oshiq paxta hom-
ashyosi yig‘ib olindi
245

2018-yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini umumiy hajmining o‘sishi 2017-yilning mos davriga nisbatan 101,3% ni,shu 
jumladan,dehqonchilik mahsulotlari-97,5% ni,chorvachilik mahsulotlari-107,0% ni tashkil 
qildi
246

O`zbekiston Respublikasi aholisini meva va sabzavotlar bilan yil davomida bir 
me‘yorda ta‘minlab boorish uchun keng tarmoqli sovutish kameralariga ega bo‗lgan 
omborlar tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 105-sonli Qaroriga muvofiq, ichki va tashqi bozorlarga yil davomida 
muntazam meva-sabzavotlarni sof holda yetkazib berish maqsadida 8 ming tonna sig‗imga 
ega yangi sovutish kameralarini qurish va 49,1 ming tonna sig‗imga ega mavjud sovutish 
kameralarini modernizatsiya qilish ko‗zda tutilgan. 
Fikrimizcha, qishloq xo‘jaligida klaster tizimini rivojlantirishga keng imkoniyatlar 
yaratib berish mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli manfaat olib keladi. Qishloq xo‘jaligida 
band inson o‘z mahsulotini keying bosqich korxonasiga xom-ashyo sifatida emas, balki 
oxirgi iste‘molchiga tayyor mahsulot sifatida sotsa, u ko‘proq daromad oladi, mahsulot o‘z 
sifatini tashish, saqlash, xom ashyo xususiyatlarini yaxshi tushunmaslik sababidan 
yo‘qotmaydi. Buning natijasida agrar va industrial tizimlar bir biri bilan bog‘liq holda 
faoliyat yuritib, sinergik samaradorlikka erishiladi. 
А. Турдибоев - ассистент, Тош ДАУ
 

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish