Xulosa
Hozirgi sharоitida faoliyat ko‘rsatuvchi kоrxоnalarning asоsiy fоndlari va
ishlab chiqarish quvvatidan fоydalanish samaradоrligini оshirish alоhida o`rin
tutadi. Kоrxоnaning sanоat ishlab chiqarishdagi o`rni, uning mоliyaviy hоlati,
bоzоrdagi raqоbat bardоshligi ham yuqоridagilarga bоg`liq bo`ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asоsiy fоndlarning har bir elementi rоli,
ularning jismоniy va ma`naviy o`zgarishlari, ulardan fоydalanishga ta`sir etuvchi
оmillar haqida aniq tassavurga ega bo`lgan hоlda asоsiy fоndlar va ishlab chiqarish
quvvatidan fоydalanish samaradоrligini оshirishga imkоn beruvchi, ishlab
chiqarish harajatlarini pasaytirish va mehnat unumdоrligini ko`tarishni usul va
yo`nalishlarni aniqlash mumkin.
Asоsiy fоndlardan va ishlab chiqarish quvvatidan samarali fоydalanishning
ahamiyati beqiyos. Bu vazifani bajarish, jamiyat uchun zarur mahsulоtlar ishlab
chiqishni ko`paytirish, yaratilgan ishlab chiqarish pоtentsialining qaytimini
оshirish va ahоli talabini to`larоq qоndirish, jihоzlar balansini yaxshilash, mahsulоt
tannarxini tushirish, ishlab chiqarish rentabelligi kоrxоna jamg`armasi o`sishi
demakdir.
Hоzirgi sharоitda asоsiy fоndlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan
fоydalanish samaradоrligini ko`tarishga ta`sir ko`rsatuvchi yana bir оmil paydо
bo`ldi. Bu xo`jalik yuritishning hissadоrlik shaklining va kоrxоnalarni
xususiyalashtirishning rivоjlantirishidir. Ҳar ikkala vоqeada ham, mehnat jamоasi
(kоllektivi) asоsiy fоndlarning egasi bo`ladi, ishlab chiqarish vоsitalarini real
bоshqarishga, imkоnga ega bo`ladi, asоsiy fоndlar ishlab chiqarish tarkibini
mustaqil shakllantira оladi, maqsadli investitsiyalashni оshirishga imkоn beradigan
kоrxоna fоydasidan mustaqil fоydalana оladi.
Real sektor korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish asosida
aholining turli – tuman mahsulotlarga bo‘lgan talabini muntazam qondirish hozirgi
davrning eng asosiy masalalaridan biridir.
Bitiruv malakaviy ish ham dolzarb mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, I –
bobda mavzu nazariy jihatdan asoslandi, xususan quvvat tushunchasi, uni aniqlash
usullari, uni belgilovchi omillar yoritildi. Ikkinchi bobda esa bitiruv oldi amaliyoti
o‘tkazilgan korxona misolida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish holatiga
boho berildi.
Korxonaning 2012 yildagi ishlab chiqarish quvvati 10121 tonnaga
teng bo‘lib, xisobot davridagi haqiqiy quvvat 13662 tonnaga teng bo‘lgan,
quvvatdan foydalanish koeffitsienti 0,74 ga teng bo‘lgan. Xisobot yilida ishlab
chiqarilgan maxsulot xajmi 12455 tonnani tashkil etgan bo‘lib, ishlav chiqarish
quvvatidan foydalanish darajasi 91 %ni tashkil etgan.
Buning asosiy sabablari o‘rganilganda, xususan uni belgilovchi
muhim omil jihozlardan foydalanish holati tahlil qilinganda jihozlardan
foydalanish borasida ancha kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Asosiy vositalar
qiymati o‘tgan yili 2625238 ming so‘m bo‘lsa, xisobotda 2945338 ming so‘mga
teng bo‘lgan, ya‘ni ularning qiymati 320097 ming so‘mga ko‘paygan. Bu asosan
uzatish moslamalari, tayyorlov jixozlari, va transport vositalari qiymatining
o‘zgarishi hisobiga ro‘y bergan
Asosiy ishlab chiqarish jixozlari bilan ta‘minlanganlik darajasi o‘tgan
yilda bir ishchiga 12646,75 ming so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich
xisobot yilida 18518,55ming so‘mga to‘g‘ri kelgan. Biz taxlil qilayotgan
―O‘ZBEKISTON― PTZ OAJda sanoat ishlab chiqarish xodimlarining asosiy
vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 5871,18 ming so‘mga
o‘sgan. Bu omil asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi
xisobigadir. Bunday natijani ijobiy xolat sifatida baholash maqsadga muvofiqdir.
Chunki ishchilarning asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasining
ortishi, ishchilarning ish bilan ta‘minlanganlik darajasining oshishiga, mehnat
unumdorligining ortishiga, maxsulot ishlab chiqarish xajmining ortishiga sabab
bo‘ladi.
Bundan tashqari asosiy vositalarni xizmat qilish muddati(davri)
bo‘yicha ham taxlil qilinganda, korxonada asosiy vositalarning o‘rnatilganiga 20
yildan ortganligi va uarning xizmat qilish muddati 16 yil ekanligi aniqlandi.
Bundan tashqari jixozlarning ancha eskirgani, ta‘mirtalab bo‘lib qolgani, Gabarid
o‘lchamlari jixatdan juda katta va qo‘pol bo‘lgaligi sababli ishchilarga
noqulayliklar tug‘dirayotganligi, ta‘mirlash jarayonlari ko‘p vaqt olayotganligi va
boshqa sabalar tufayli zavoddagi 1 ta jinni (4DP- 130), yangisiga (5DP) ga
almashtirish tadbiri ishlab chiqilgan. D jin 4DP ning ishlab chiqarish quvvati 1,5
t/s bo‘lib, yangi kiritilayotgan texnikaning ishlab chiqarish quvvati 1,8 t/soatni
tashkil etadi. Ushbu tadbirni amalga oshirish uchun Lizing beruvchi ―O‘zbeklizing
internationa‖ korxonasi bilan shartnoma asosida, qiymati 43478 AQSH dollari
miqdorida bo‘lgan( 100 000 000 ) texnikani olish maqsadga muvofiqdir.
Tadbirdan oldin maxsulot ishlab chiqarish xajmi xisobot yilida 12455
tonnani tashkil etgan. Bundan kelib chiqib bir jixozga to‘g‘ri keladigan maxsulot
ishlab chiqarish xajmi aniqlanganda , bu ko‘rsatkich 6227,5 tonnani tashkil etdi.
Tadbirdan keyin bir jixozga to‘g‘ri keladigan myillik maxsulot ishlab chiqarish
xajmi aniqlanganda 7992,27 tonnaga ten gbo‘lish aniqlandi. Tadbir xisobiga
Qo‘shimcha ishlab chiqariladigan maxsulot xajmi Q = 7992.27-6227,5= 1764,77
tonnaga ortgan . korxonada ishlab chiqarish xajmining o‘sishi 14 %ni tashkil etgan.
Mehnat unumdorligi ham shu foizda oshadi ya‘ni 14 %. Tadbor natijasida mehnat
unumdorligi o‘sishi xisobiga ish xaqi bo‘yicha 4 048 425 ,4 som iqtisodga
erishiladi. Qo‘shimcha ravishda Shartli doimiy xarajatlar bo‘yicha 318601,19 som
iqtisodga erishildi.
Qoplanish muddati 7 ni tashkil etmoqda. SHuningdek, korxona ishlab
chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo‘nalishlari sifatida
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Tashkiliy yo’nalishlar bo’yicha:
- ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta‘minlashni yaxshilash.
- asosiy jihozlarning faqat korxonaga ish beradigan qisminigina olish;
- smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning
oldini olish;
- uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;
- bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
- eskirgan va mahnaviy talabga javob bermaydigan asosiy vo-sitalarni
hisobdan chiqarish;
- asosiy jihozlarni farqlash va tarkiblashni qayta o‘zgartirish;
- asosiy jihozlarga amortizatsiya hisoblashning muvofiq shakllarini
belgilash va h.k.
Texnik yo’nalishlar bo’yicha:
- ta‘mirlash va profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli ravishda
amalga oshirish;
- eskirgan asosiy jihozlarni yangilari bilan almashtirish;
- avtomatlashtirilgan tizimni yaratish;
-
mexanizatsiyalashni
kuchaytirish
va
h.k.
Ekspluatatsion yo’nalishlar bo’yicha:
- uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
- bir smenalik va ko‘p smenalik;
- ishlab chiqarish hajmiga qarab asosiy jihozlarni texnik holat va harakatini
boshqarish;
- asosiy jihozlar qarovi yuzasidan mashul shaxslarni ajratish;
- asosiy jihozlar bo‘yicha javobgarlik markazlarini belgilash va x.k
Do'stlaringiz bilan baham: |