Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua



Download 4,83 Mb.
bet15/188
Sana13.03.2022
Hajmi4,83 Mb.
#492609
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188
Bog'liq
Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fani

1. Inqiroz – bu ishlab chiqarishni pasayishi va to’xtab qolishini yuzaga keltiruvchi iqtisodiyotdagi muvozanatni buzilishi. Bozor iqtisodiyoti uchun ortiqcha ishlab chiqarishning inqirozi xos bo’lib, uning oqibatida narxning qat’iy tushishi yuz beradi (1929-1933 yillar AQShda narxlar 54 foizga pasaydi. Keyin ishlab chiqarish hajmi pasayadi, bu ishsizlikni o’sishiga, demak aholi daromadlarini pasayishiga, o’z navbatida to’lov qobiliyatli talabni qisqarishiga olib keladi.Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo narxning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va tanazzul davri boshlanadi.
2. Tanazzul – tovarlar ortiqchaligi muayyan vaqt davomida asta-sekin sarflanadigan davr (bir qismi past narxlarda, bir qismi buziladi). Tovarlarni sotish qayta tiklanadi, narxlarni pasayishi to’xtaydi. Ishlab chiqarish hajmi bir muncha ko’payadi, biroq savdo sust bo’ladi. Shuning uchun kapital, sanoat va savdoda o’z qo’llanilishini topmaydi, bankda saqlanadi va pul taklifini ko’paytiradi hamda ssuda foizini me’yorini pasaytiradi.
3. Jonlanish – sanoat ishlab chiqarishining inqirozdan oldingi hajminiqayta tiklash davri bo’lib, bu davr davomida narxlar, foyda, ish haqi ko’tariladi, uning oqibatida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin to’liq bandlikka va quvvatlarning to’liq yuklashga qadar, ya’ni cho’qqigacha oshib boradi
4. Cho’qqi – ishlab chiqarish quvvatlari to’liq yuklanganligi, yuqori bandlik, narxlar, ish haqi va foizning juda yuqori darajasi bilan ifodalanadi.Iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u «cho’qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish to’la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning narx darajasining o’sish holati kuzatiladi.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o’rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha mamlakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (1-chizma).
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi.
Y aIM


cho’qqi retsessiya cho’qqi
potentsial YaIM trendi
ko’tarilish

iqtisodiy davr pasayishning quyi nuqtasi


vaqt t
1-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish