Iqtisodiy bilim asoslari” fani bo’yicha Sultonova Sevaraning 8-sinflar uchun “Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv” mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi



Download 4,8 Mb.
bet13/63
Sana22.09.2021
Hajmi4,8 Mb.
#182047
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
Bog'liq
Dars ishlanmasi

V. O’quvchilar bilimini baholash.Darsda faol ishtirok etgan guruh aniqlanadi har bir guruhdan eng faol o`quvchilar ragbatlantiriladi

VI. Uyga vazifa:

1.O’quvchilarga uyda mustaqil izlanish uchun muammoli vaziyat ko`rsatilgan jadval beriladi.



Muammoning turi

Buning natijasida kelib chiqadigan oqibatlar

Muammoni yechish yo’llari va sizning harakatlaringiz .

1. Soliqlar o`z vaqtida to`lanmadi.







2. Har bir o’quvchi o’zining oilasida to`lanadigan soliq turlarini bilib kelish.

3.Bilimingizni sinab ko`ring bandidagi savollarga javob topish

Foydalanish uchun matnlar..

Davlat jamiyat oldidagi qator ijtimoiy vazifalarni o’z zimmasiga olar ekan, unga katta miqdordagi pul mablag’lari zarur bo’ladi. Shu bois, davlat ko’rsatiladigan xizmatlar uchun o’z fuqarolari, firma va korxonalardan soliq ko’rinishidagi to’lov undiradi. Demak, mamlakat fuqarosi sifatida har birimiz bizga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat, ta’lim, mudofaa xizmati, jamoat tartibini saqlash kabi xizmatlar uchun davlatga soliq ko’rinishida haq to’lar ekanmiz.

Ikkinchi tomonidan, davlat muayyan sohada faoliyat ko’rsatayotgan firma va korxonalar to’laydigan soliqlar miqdorini kamaytirib, ularga ma’lum soliq imtiyozlari berishi mumkin. Bu esa korxonalar faoliyatini rag’batlantirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining oshishiga olib kelishi mumkin. Demak, soliqlar yordamoda davlat korxonalar iqtisodiy faoliyatini rag’batlantirib turishi mumkin ekan.

Respublikamiz qonunlariga muvofiq tashkil etilgan korxonalar, firmalar,ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish muassasalari yuridik shaxslar hisoblanadi.

Soliq-Jismoniy va yuridik shaxslardan davlat xazinasiga undiriladigan qonunda belgilangan majburiy to`lov.

Soliqlarning quyidagi turlari mavjud:



  • Korxona foydasi (daromadi)dan olinadigan soliq;

  • yer solig’i;

  • qo’shilgan qiymat solig’i;

  • aksiz solig’i.

  • jismoniy shaxslarning daromad solig’i;

  • tabiiy boyliklardan foydalanganlik uchun soliq.

Soliqlar to’g’ri va egri soliq turlariga bo’linadi. Fuqaro va korxonalardan bevosita davlat xazinasiga undiriladigan soliqlar to’g’ri soliqlar deb ataladi. Korxona foydasi (daromadi)dan olinadigan soliq, yer solig’i, daromad solig’i kabilar to’g’ri soliqlar jumlasiga kiradi.

Fuqarolar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri davlatga emas, balki avvaliga muayyan tovarlarni sotuvchi korxonalarga to’lanadigan, soliq esa korxona tomonidan davlatga o’tkaziladigan soliqlar egri soliqlar deb ataladi. Egri soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i kabilar kiradi. Ba’zi soliqlar to’g’ridan to’g’ri davlat xazinasiga kelib tushadi. Bunday soliqlar davlat soliqlari deb ataladi. Davlat soliqlariga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, korxonalar foydasi (daromadi)dan olinadigan soliqlar, fuqarolardan olinadigan daromad solig’i kabilar kiradi.

Mahalliy hokimiyat, viloyat, tuman boshqaruv organlari ixtiyoriga beriladigan soliq turlari mahalliy soliqlar deb yuritiladi. Bunday soliq turlariga yer solig’i, mol-mulk solig’i kabi soliqlar va qator mahalliy yig’imlar hamda soliqdan tashqari ba’zi majburiy to’lovlar kiradi.

Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan “Iqtisodiy tizimlar” mavzusi buyicha dars ishlanmasi.(Darsning texnologik xaritasi).



6- Mavzu

Iqtisodiy tizimlar.(8- sinf)

Maqsad, vazifalar

Maqsad:

a) ta’limiy: Iqtisodiy tizim va uning turlari to’g’risida tuhuncha berish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarning iqtisod fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish, hunarga mehr ko’zi bilan qarashga o’rgatish, xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali ta’lim –tarbiya berish.

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.



O’quv jarayonining mazmuni

Dars jarayonida faollahtiruvchi savol va tophiriqlardan foydalaniladi, Iqtisodiy tizimlar, an’anaviy, markazlashgan rejali buyruqbozlikkka asoslangan iqtisod bozor iqtisodiyoti, aralash iqtisod tushunchalari yoritiladi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Darsturi: Yangi materialni o’rganuvchi dars.

Metod: Aqliy hujum

Vosita: Tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska.

Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizimda


Kutiladigannatijalar

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishiladi. O’quvchi faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqish iuyg’onadi, barcha o’quvchilar baholanadi, o’quvchi tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va javob berishga o’rganadi

Kelgusirejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.



Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"

8- sinf


6- mavzu Iqtisodiy tizimlar

1.Dars maqsadi :



  • Iqtisodiy tizim mohiyatini tushuntirib berish ;

  • Iqtisodiy tizim turlarini sanab bera olish;

  • Eng maqbul iqtisodiy tizim haqida xulosa chiqara olish.

II.Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy atama va tushunchalar:

  • Iqtisodiy tizim;

  • An’anaviy iqtisodiyot;

  • Bozor iqtisodiyoti:

  • Markazlashgan rejali iqtisodiyot;

  • Aralash iqtisodiy tizim.

III. Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari:Ko`rsatmalar,tarqatma materiallar,8-sinf darsligi

IV.Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:



1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

Yangi mavzuni boshlashga xozirlik

3 daqiqa

3.

Yangi mavzuni yoritish:

Mavzuni tushuntirish;

Mashq ishlash

xulosa;

8 daqiqa

5 daqiqa


5 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

16 daqiqa

5.

Baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa

3 daqiqa

Darsning tafsilotlari:

1.Tashkiliy qism.

Oquvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi. Oquvchilarni guruhlarga ajratish.

2.Uyga berilgan vazifalar boyicha savol –javob o`tkazish

Mehnat taqsimoti nima? Mahsuldorlik mazmunini ayting. Mehnat unumdorligi deganda nimani tushunasiz? Ixtisoslashuv nima? Mehnat taqsimotining ijobiy va salbiy tomonlarini ayting. Mehnat taqsimotidan ko`zlangan asosiy maqsad nima?

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik. O`quvchilar guruhlarga bo`linadi.

3. Yangi mavzuni tushuntirish:Iqtisodiy tizim mohiyati tushuntirilib beriladi Iqtisodiyotning uch savoli mazmuni tushuntiriladi.

Iqtisodiy tizim-mamlakat iqtisodiy hayotini boshqarish shakli.

Har bir guruh uchun iqtisodiy tizim turlari bo`yicha topshiriq beriladi. Guruhlar javoblari tinglanadi. Guruhlar javoblari umumlashtirilib iqtisodiy tizimlar mazmuni tushuntirilib beriladi.

An’anaviy iqtisodiyot- iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatdagi an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.

Aralash iqtisodiyot- bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning maqbul tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan zamonaviy iqtisodiy tizim.

Bozor iqtisodiyoti- xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy yechimlar bozor mehanizmi yordamida aniqlanadigan iqtisodiy tizim.

Markazlashgan rejali iqtisodiyot - deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tasarrufida bo’lib, iqtisodiy yechimlar markazlashgan holda davlat tomonidan qabul qilinadigan va rejaga ko’ra amalgam oshiriladigan iqtisodiy tizim.

4. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga mosini toping jadvali beriladi

4.1. Quyidagi jadvalda berilgan atamalarga mos talqinlarni topib katakchaga belgilang (d,e,a,b,c to`g`ri javob)



Atama nomi

javobi

talqini

Iqtisodiy tizim




a)xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy yechimlar bozor mehanizmi yordamida aniqlanadigan iqtisodiy tizim.

An’anaviy iqtisodiyot




b)deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tasarrufida bo’lib, iqtisodiy yechimlar markazlashgan holda davlat tomonidan qabul qilinadigan va rejaga ko’ra amalgam oshiriladigan iqtisodiy tizim.

Bozor iqtisodiyoti




c)bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning maqbul tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan zamonaviy iqtisodiy tizim.

Markazlashgan rejali iqtisodiyt




d)jamiyat( mamlakat) iqtisodiy hayotini tashkil qilish shakli.

Aralash iqtisodiy tizim




e)iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatdagi an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.

4.2. Quyida berilgan iqtisodiyotning uch savoli qanday muammolarni o`z ichiga qamrab oladi?

4.3. Eng maqbul iqtisodiy tizim qaysi deb o`ylaysiz? Ayni paytda mamlakatimizda qaysi iqtisodiy tizim amal qilmoqda? (Bozor iqtisodiyoti)

5. Darsni yakunlab darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholsh.

6. Uyga vazifa.

Bilimingizni sinab ko`ring bandidagi savollarga og`zaki javob topish;

Mashqni bajarish; Har qanday mamlakat uchun asosiy iqtisodiy muammo bu: a) aholining ko’payib ketishi; b) resurslarning yetishmasligi; d) ishsizlik; e) inflatsiya; f) soliqlarni yig’ish/

Buni yodda tuting bandidagilarni yodlash.
Mavzu uchun ma’ruza matni


Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish