3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari
Bozor munosabatlari sharoitida pul resurslarini uzluksiz shakllantirish va ularni daromad keltiruvchi ob`ektlarga samarali investitsiyalash moliya bozori yordamida ta`minlanadi. Ushbu bozor o`zida pul bozori, kredit bozori va fond bozorini mujassam etadi. Fond bozorida moliyaviy (portfel) investitsiyalar amal qiladi-ki, ular qimmatli qog`ozlarni sotib olishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko`paytirish maqsadida investor tasarrufida bo`lgan korxona aktivlari. Mohiyat jihatdan «qimmatli qog`ozlarga (aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar), ya`ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi»4.
Moliyaviy investitsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |