Журнал «Интернаука»
№ 8 (231), 2022 г.
59
FILOLOGIYA
QOʻSHMA GAPLARNING USLUBIY-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI
Raximova Maxliyo Raximboy qizi
Qoraqalpoq davlat universiteti
Lingvistika: oʻzbek tili mutaxassisligi
2-kurs magistranti,
Oʻzbekiston, Nukus
Рахимова Махлие Рахимбой кызы
Каракалпакский государственный университет,
Лингвистика: узбекский язык,
Магистрант 2-го курса,
Узбекистан, г. Нукус
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada qoʻshma gaplarning uslubiy-funksional xususiyatlari xususida soʻz boradi, qoʻshma gaplar uslubiy
jihatdan tahlil qilinadi.
АННОТАЦИЯ
В этой статье рассматриваются методологические и функциональные особенности совместных предложе-
ний, анализируются совместные предложения методологически.
Kalit soʻzlar:
Qoʻshma gap, ergashgan qoʻshma gap, bogʻlangan qoʻshma gap, bogʻlovchisiz qoʻshma gap, si-
nonimik qator, uslubiy vositalar, qoʻshma gap tabiati.
Ключевые слова:
совместное предложение, последующее совместное предложение, связанное совместное
предложение, совместное предложение без связующего, синонимический ряд, методические средства, характер
совместного предложения.
Qoʻshma gaplar va ularning turlari, tabiati masalasi
rus, yevropa tilshunoslari qatorida oʻzbek til-
shunosligida ham keng miqyosda oʻrganilgan. Ayniqsa,
bu borada Gʻ.Abdurahmonov, M.Asqarovalarni alohida
qayd etib oʻtish joiz. Oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab
qoʻshma gaplar yangicha nuqtayi nazardan, ya’ni sistem-
struktur yoʻnalishda oʻrganila boshlandi.
Biz ushbu
maqolamizda qoʻshma gaplarning uslubiy xususiyatlari
toʻgʻrisida mulohaza yuritamiz va tahlil qilamiz.
Tilning birlamchi fikr anglatish birligi - sodda gap-
shakl; qo’shma gap shakl esa sodda gapshaklga nis-
batan ikkilamchi, tuzma sintaktik birlik.
Mazmun o’zaro zich bog’liq ikki va undan ortiq
sodda gapshakllarining gaplik ohanggi bilan yaxlitlani-
shi natijasida tuziladigan sintaktik birlikka qo’shma
gapshakl deyiladi. [5:392]
Qismlari qanday bogʻlovchi vositalar yordamida
bogʻlanishiga koʻra qoʻshma gaplar uch turga ajratiladi:
bogʻlangan, bogʻlovchisiz va ergashgan qoʻshma gaplar.
Qoʻshma gap qismlari teng bogʻlovchilar yordamida
bogʻlansa bogʻlangan, ergashtiruvchi bogʻlovchilar
yoramida bogʻlansa ergashgan,
teng va ergashtiruvchi
boglovchilarsiz, faqatgina ohang yordamida bogʻlansa
bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar deb yuritiladi. Bogʻlangan,
ergashgan va boglovchisiz qoʻshma gaplar bir qancha
ma’no noziklilklariga va uslubiy xususiyatlarga ega.
Bogʻlovchisiz qoʻshma gap ifodalagan ma’no
bogʻlangan, ergashgan qoʻshma gaplarda ham ifoda-
lanishi mumkin. Masalan,
U qoʻlimizdan tutdi, biz
gʻalaba qozondik
- bogʻlovchisiz qoʻshma gap. Ushbu
gapda sabab-natija ma’nosi ifodalangan. Xuddi shu
ma’noni bogʻlangan va ergashgan qoʻshma
gaplarda
ham kuzatishimiz mumkin. Masalan,
U qoʻlimizdan
tutdi-yu, biz gʻalaba qozondik
– bogʻlangan qoʻshma
gap;
u qoʻlimizdan tutdi, shuning uchun gʻalaba
qozondik
– ergashgan qoʻshma gap. Ushbu gaplarda
ham sabab-natija ma’nosi ifodalanmoqda. Ushbu
gaplarni mazmun jihatdan bir xil deyish mumkin. Ular
oʻzaro sinonimik gaplar qatorini yuzaga keltiradi, lekin
ushbu gaplar grammatik tomondan, ma’no ottenkasiga
koʻra ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi. Bu
munosabat, avvalo, bogʻlovchilar,
ohang va gaplar
tartibida yuzaga kelgan. Bunday qoʻshma gaplarga
koʻplab misollarni keltirish mumkin. Masalan,
Bemorni
hakimi davron tuzatdilar-u, maqtov eshitgan saroy
tabiblari boʻldi.
[1:223]. Ushbu
gapda zidlik
munosabati
ifodalangan.
Endi
ushbu
gapni
bogʻlovchisiz qoʻshma gapga aylantiramiz:
Bemorni
hakimi davron tuzatdilar, maqtovni eshitgan saroy
tabiblari boʻldi
. Ikkala gapda ham bir xil ma’no, ya’ni
zidlik ma’nosi ifodalanyotganligi uchun bu gaplarni
sinonimik munosabatdagi gaplar sifatida qarash
mumkin.
Yuqorida sinonimik munosabatdagi qoʻshma
gaplar turli ma’no noziklilklariga ega ekanligini aytgan
edik. Bogʻlovchili, ya’ni bogʻlangan va ergashgan
qoʻshma gaplar qismlarida ifodalangan voqea-hodisalar
oʻrtasidagi
munosabat
bogʻlovchisiz
qoʻshma
gaplardagiga nisbatan aniqroq boʻladi.
1. Eshik ochildi, xonaga kimdir kirib keldi.
2. Eshik ochildi va xonaga kimdir kirib keldi.
3. Eshik ochildi-yu, xonaga kimdir kirib keldi.
Журнал «Интернаука»
№ 8 (231), 2022 г.
60
4. Eshik ochildi, chunki xonaga rassom kirib keldi.
Ushbu gaplar bir xil mazmunni ifodalasa ham
ma’lum
ma’no
ottenkasiga
koʻra
bir-biridan
farqlanmoqda. Masalan, 1- va 2-gaplarda qoʻshma gap
qismlarida ifodalangan voqea-hodisalarning birin-ketin
sodir boʻlishi, 3-gapda esa voqealarning tez almashgan-
ligi, 4-gapda voqea-hodisalar oʻrtasida
sabab-oqibat
munosabati mavjud ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Bunday ma’no ottenkalarining vujudga kelishida
bogʻlovchilarning ahamiyati juda katta.
Ayiruv bogʻlovchilari gap mazmunini aniqroq
ochib berishda yoki qoʻshimcha ma’noni tayin etishda
muhim belgi sanaladi [3:3]. Masalan:
Xatlibegim goh
oʻzi aytganlaridan qoʻrqar, goh Beruniyning gaplari-
dan qaltirardi
. [1:36].
Umumlashgan va qiyosiy munosabat ifodalovchi
gaplarda nisbiy olmoshlar bogʻlovchi vazifasini bajara-
di, lekin baribir bunday qurilmalar ham doimo
bogʻlovchilar yordamida shakllanadi:
Nimani eksang,
shuni oʻrasan
(maqol).
Inkor ifodalovchi qoʻshma gaplar ham bogʻlovchi
yordamida qoʻllaniladi. Bunday paytda
na
bogʻlovchisi
ham inkor ma’noni ifodalash, ham bogʻlovchi vazifasi-
ni bajaradi. Masalan,
Na biror soʻz ayta oldi, na
orqasidan keta oldi
.
Bogʻlovchili
qoʻshma
gaplarda
ifoda
imkoniyatlari, bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarga nisbatan
kengroq boʻladi. Jumladan, ergashtiruvchi bogʻlovchi
yordamida hosil boʻlgan qoʻshma gaplarda biror uslubiy
ehtiyoj yuzasidan ergash gapni oʻrnini oʻzgartirish
mumkin. Xususan,
Ona kulsa, olam yasharar - olam
yasharar, ona kulganda
. Ushbu hollar ogʻzaki, badiiy
va publitsistik uslublarda koʻproq kuzatiladi.
Ba’zan qoʻshma gaplarni bogʻlashda ayrim uslubiy
vositalar ham boʻladi.
Bu vositalar orqali voqea-
hodisalarni bir paytda yoki ketma-ket roʻy berishi,
qiyoslanishi, zid qoʻyilishi, maqsad, sabablari, sharti
kabi uslubiy ma’nolari ifodalanadi. Bu uslubiy
ma’nolar qoʻshma gapning har bir turi: bogʻlangan,
bogʻlovchisiz, ergashgan qoʻshma gaplarda oʻziga xos
vositalar bilan ifodalanadi.
Masalan, bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarda ayrim
gap boʻlaklari takrorlanadi:
Eridan ayrilgan yetti yil
yigʻlar, elidan ayrilgan oʻlguncha yigʻlar
.
Bu gapda
kesim takrorlangan, uslub jihatdan bu takror oʻrinli
hisoblanadi, lekin ba’zi takrorlar qoʻshma gaplarda
uslubiy
gʻalizlikni
yuzaga
keltiradi.
Masalan:
Alimardonning qoʻllari pardadan pardaga yengilgina
koʻchar, joʻshqin sadolar yengilgina koʻchar edi.
[4: 15]
Qoʻshma gapni tashkil etgan sodda gaplar orasida
ohangning oʻzgarishi gapning uslubiy mazmuniga
ta’sir etadi:
U mashinaga oʻtirdi, mashina yurib ketdi –
ketma-
ket roʻy bergan holat.
U mashinaga oʻtirdi - mashina yurib ketdi
– tezda
roʻy bergan holat.
Mazmun va uslubdagi oʻzgarish
yozuvda tinish
belgilari orqali yuz bersa, talaffuzda ohang orqali
ifodalanadi.
Xulosa qilib aytganda, qoʻshma gaplarni oʻrganish,
juda koʻp sintaktik tushunchalarni, birinchi navbatda, gap
haqidagi tushunchalarni kengaytiradi, chuqurlashtiradi.
Gapni nutqning kichik birligi sifatida oʻrganishdan
tashqari murakkab sintaktik butunlikning komponenti
sifatida oʻrganishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: