«интернаука» Научный журнал №8(231) Март 022 г. Часть Издается с ноября 2016 года Москва 2022 ббк 94 И73 Председатель редакционной коллегии: Еникеев Анатолий Анатольевич



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/50
Sana04.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#527267
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
8(231 4)

Adabiyotlar ro’yxati: 
1
Egamov Sh. Bo’yoqlar bilan ishlash. – T. : O’qituvchi, 1981. 
2
Nabiev M. Rangshunoslik. – T. : O’qituvchi. 1996. 
3
Ҳасанов Р. Мактабда тасвирий санъатни ўқитиш методикаси. -Т.: Фан. 2004. 


Журнал «Интернаука» 
№ 8 (231), 2022 г. 
59
FILOLOGIYA 
 
QOʻSHMA GAPLARNING USLUBIY-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI 
Raximova Maxliyo Raximboy qizi 
Qoraqalpoq davlat universiteti 
Lingvistika: oʻzbek tili mutaxassisligi 
2-kurs magistranti, 
Oʻzbekiston, Nukus 
Рахимова Махлие Рахимбой кызы 
Каракалпакский государственный университет, 
Лингвистика: узбекский язык, 
Магистрант 2-го курса, 
Узбекистан, г. Нукус 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada qoʻshma gaplarning uslubiy-funksional xususiyatlari xususida soʻz boradi, qoʻshma gaplar uslubiy 
jihatdan tahlil qilinadi. 
АННОТАЦИЯ 
В этой статье рассматриваются методологические и функциональные особенности совместных предложе-
ний, анализируются совместные предложения методологически. 
 
Kalit soʻzlar:
Qoʻshma gap, ergashgan qoʻshma gap, bogʻlangan qoʻshma gap, bogʻlovchisiz qoʻshma gap, si-
nonimik qator, uslubiy vositalar, qoʻshma gap tabiati. 
Ключевые слова:
совместное предложение, последующее совместное предложение, связанное совместное 
предложение, совместное предложение без связующего, синонимический ряд, методические средства, характер 
совместного предложения. 
Qoʻshma gaplar va ularning turlari, tabiati masalasi 
rus, yevropa tilshunoslari qatorida oʻzbek til-
shunosligida ham keng miqyosda oʻrganilgan. Ayniqsa, 
bu borada Gʻ.Abdurahmonov, M.Asqarovalarni alohida 
qayd etib oʻtish joiz. Oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab 
qoʻshma gaplar yangicha nuqtayi nazardan, ya’ni sistem-
struktur yoʻnalishda oʻrganila boshlandi. Biz ushbu 
maqolamizda qoʻshma gaplarning uslubiy xususiyatlari 
toʻgʻrisida mulohaza yuritamiz va tahlil qilamiz. 
Tilning birlamchi fikr anglatish birligi - sodda gap-
shakl; qo’shma gap shakl esa sodda gapshaklga nis-
batan ikkilamchi, tuzma sintaktik birlik.
Mazmun o’zaro zich bog’liq ikki va undan ortiq 
sodda gapshakllarining gaplik ohanggi bilan yaxlitlani-
shi natijasida tuziladigan sintaktik birlikka qo’shma 
gapshakl deyiladi. [5:392] 
Qismlari qanday bogʻlovchi vositalar yordamida 
bogʻlanishiga koʻra qoʻshma gaplar uch turga ajratiladi: 
bogʻlangan, bogʻlovchisiz va ergashgan qoʻshma gaplar. 
Qoʻshma gap qismlari teng bogʻlovchilar yordamida 
bogʻlansa bogʻlangan, ergashtiruvchi bogʻlovchilar 
yoramida bogʻlansa ergashgan, teng va ergashtiruvchi 
boglovchilarsiz, faqatgina ohang yordamida bogʻlansa 
bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar deb yuritiladi. Bogʻlangan, 
ergashgan va boglovchisiz qoʻshma gaplar bir qancha 
ma’no noziklilklariga va uslubiy xususiyatlarga ega.
Bogʻlovchisiz qoʻshma gap ifodalagan ma’no 
bogʻlangan, ergashgan qoʻshma gaplarda ham ifoda-
lanishi mumkin. Masalan, 
U qoʻlimizdan tutdi, biz 
gʻalaba qozondik
- bogʻlovchisiz qoʻshma gap. Ushbu 
gapda sabab-natija ma’nosi ifodalangan. Xuddi shu 
ma’noni bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplarda 
ham kuzatishimiz mumkin. Masalan, 
U qoʻlimizdan 
tutdi-yu, biz gʻalaba qozondik
– bogʻlangan qoʻshma 
gap; 
u qoʻlimizdan tutdi, shuning uchun gʻalaba 
qozondik
– ergashgan qoʻshma gap. Ushbu gaplarda 
ham sabab-natija ma’nosi ifodalanmoqda. Ushbu 
gaplarni mazmun jihatdan bir xil deyish mumkin. Ular 
oʻzaro sinonimik gaplar qatorini yuzaga keltiradi, lekin 
ushbu gaplar grammatik tomondan, ma’no ottenkasiga 
koʻra ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi. Bu 
munosabat, avvalo, bogʻlovchilar, ohang va gaplar 
tartibida yuzaga kelgan. Bunday qoʻshma gaplarga 
koʻplab misollarni keltirish mumkin. Masalan, 
Bemorni 
hakimi davron tuzatdilar-u, maqtov eshitgan saroy 
tabiblari boʻldi.
[1:223]. Ushbu 
gapda zidlik 
munosabati 
ifodalangan. 
Endi 
ushbu 
gapni 
bogʻlovchisiz qoʻshma gapga aylantiramiz: 
Bemorni 
hakimi davron tuzatdilar, maqtovni eshitgan saroy 
tabiblari boʻldi
. Ikkala gapda ham bir xil ma’no, ya’ni 
zidlik ma’nosi ifodalanyotganligi uchun bu gaplarni 
sinonimik munosabatdagi gaplar sifatida qarash 
mumkin. 
Yuqorida sinonimik munosabatdagi qoʻshma 
gaplar turli ma’no noziklilklariga ega ekanligini aytgan 
edik. Bogʻlovchili, ya’ni bogʻlangan va ergashgan 
qoʻshma gaplar qismlarida ifodalangan voqea-hodisalar 
oʻrtasidagi 
munosabat 
bogʻlovchisiz 
qoʻshma 
gaplardagiga nisbatan aniqroq boʻladi. 
1. Eshik ochildi, xonaga kimdir kirib keldi. 
2. Eshik ochildi va xonaga kimdir kirib keldi. 
3. Eshik ochildi-yu, xonaga kimdir kirib keldi. 


Журнал «Интернаука» 
№ 8 (231), 2022 г. 
60
4. Eshik ochildi, chunki xonaga rassom kirib keldi.
Ushbu gaplar bir xil mazmunni ifodalasa ham 
ma’lum 
ma’no 
ottenkasiga 
koʻra 
bir-biridan 
farqlanmoqda. Masalan, 1- va 2-gaplarda qoʻshma gap 
qismlarida ifodalangan voqea-hodisalarning birin-ketin 
sodir boʻlishi, 3-gapda esa voqealarning tez almashgan-
ligi, 4-gapda voqea-hodisalar oʻrtasida sabab-oqibat 
munosabati mavjud ekanligini koʻrishimiz mumkin. 
Bunday ma’no ottenkalarining vujudga kelishida 
bogʻlovchilarning ahamiyati juda katta. 
Ayiruv bogʻlovchilari gap mazmunini aniqroq 
ochib berishda yoki qoʻshimcha ma’noni tayin etishda 
muhim belgi sanaladi [3:3]. Masalan: 
Xatlibegim goh 
oʻzi aytganlaridan qoʻrqar, goh Beruniyning gaplari-
dan qaltirardi
. [1:36]. 
Umumlashgan va qiyosiy munosabat ifodalovchi 
gaplarda nisbiy olmoshlar bogʻlovchi vazifasini bajara-
di, lekin baribir bunday qurilmalar ham doimo 
bogʻlovchilar yordamida shakllanadi: 
Nimani eksang, 
shuni oʻrasan
(maqol). 
Inkor ifodalovchi qoʻshma gaplar ham bogʻlovchi 
yordamida qoʻllaniladi. Bunday paytda 
na
bogʻlovchisi 
ham inkor ma’noni ifodalash, ham bogʻlovchi vazifasi-
ni bajaradi. Masalan, 
Na biror soʻz ayta oldi, na 
orqasidan keta oldi

Bogʻlovchili 
qoʻshma 
gaplarda 
ifoda 
imkoniyatlari, bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarga nisbatan 
kengroq boʻladi. Jumladan, ergashtiruvchi bogʻlovchi 
yordamida hosil boʻlgan qoʻshma gaplarda biror uslubiy 
ehtiyoj yuzasidan ergash gapni oʻrnini oʻzgartirish 
mumkin. Xususan, 
Ona kulsa, olam yasharar - olam 
yasharar, ona kulganda
. Ushbu hollar ogʻzaki, badiiy 
va publitsistik uslublarda koʻproq kuzatiladi.
Ba’zan qoʻshma gaplarni bogʻlashda ayrim uslubiy 
vositalar ham boʻladi. Bu vositalar orqali voqea-
hodisalarni bir paytda yoki ketma-ket roʻy berishi, 
qiyoslanishi, zid qoʻyilishi, maqsad, sabablari, sharti 
kabi uslubiy ma’nolari ifodalanadi. Bu uslubiy 
ma’nolar qoʻshma gapning har bir turi: bogʻlangan, 
bogʻlovchisiz, ergashgan qoʻshma gaplarda oʻziga xos 
vositalar bilan ifodalanadi. 
Masalan, bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarda ayrim 
gap boʻlaklari takrorlanadi: 
Eridan ayrilgan yetti yil 
yigʻlar, elidan ayrilgan oʻlguncha yigʻlar
. Bu gapda 
kesim takrorlangan, uslub jihatdan bu takror oʻrinli 
hisoblanadi, lekin ba’zi takrorlar qoʻshma gaplarda 
uslubiy 
gʻalizlikni 
yuzaga 
keltiradi. 
Masalan: 
Alimardonning qoʻllari pardadan pardaga yengilgina 
koʻchar, joʻshqin sadolar yengilgina koʻchar edi.
[4: 15] 
Qoʻshma gapni tashkil etgan sodda gaplar orasida 
ohangning oʻzgarishi gapning uslubiy mazmuniga 
ta’sir etadi:
U mashinaga oʻtirdi, mashina yurib ketdi – 
ketma-
ket roʻy bergan holat.
 
U mashinaga oʻtirdi - mashina yurib ketdi
– tezda 
roʻy bergan holat.
Mazmun va uslubdagi oʻzgarish yozuvda tinish 
belgilari orqali yuz bersa, talaffuzda ohang orqali 
ifodalanadi.
Xulosa qilib aytganda, qoʻshma gaplarni oʻrganish, 
juda koʻp sintaktik tushunchalarni, birinchi navbatda, gap 
haqidagi tushunchalarni kengaytiradi, chuqurlashtiradi. 
Gapni nutqning kichik birligi sifatida oʻrganishdan 
tashqari murakkab sintaktik butunlikning komponenti 
sifatida oʻrganishga yordam beradi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish