Qurt-qumursqa-
Quruq yoqilg`i-
Quruqlik-
Qush- tanasi pat va parlar bilan qoplanga hamda oldingi oyog`I qnotga aylangan, issiqqonli umurtqali hayvon. Qushlarning jag` suyaklari tishsiz bo`lib, tumshuqni hosil qiluvchi shox g`ilofga o`raglan bo`ladi. Tumshuqning shakli va katta-kichikligi ovqatlanishga va uni toppish usuliga bog`liq ravisha turlicha bo`ldi. Qushlarning aksariyat turi qanotlari yordamida uchadi. Shu bilan birga tuyaqush va pingvinlar ucha olmaydi. Qushlarning 9000 ga yaqin turi bor. Qushlar Arktikadan boshlab Antarktika sohalarigacha boʻlgan barcha tabiiy mintaqalarda, koʻpchilik (80% ga yaqin) turlari tropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekiston qushlarning 19 turkumga oid 440 dan koʻproq turi maʼlum. Yashash joyiga binoan qushlarni bir necha yirik ekologik guruhlar, masalan, oʻrmon qushi, choʻl va dasht qushi, suv havzalari (suvda suzuvchi qushlar) yashovchi kabi turlarga bo`linadi. Oziqlanishiga ko`ra esa donxo`r qushlar, yirtqich qushlar, hammaxo`r qushlar va hasharotxo`r qush kabi turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |