Metallurgiya kombinati-
Metan-(kon gazi, botqoq gazi), rangsiz, hidsiz gaz. Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi. U o`simlik poyalari va barglarining chirishidan hosil bo`ladi. Saturn, Yupiter va uning yo'ldoshi bo'lgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. Metan sanoatda ham olinishi mumkin. Metandan turli xilmahsulotlar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Metan gazi unchalik zaxarli emas, ammo portlash xususiyatga ega. Shuning uchun ayrim konlar va o`rmonzorlarda yong`in kelib chiqadi. Bundan tashqari uylarda va xonadonlarda ishlatiladigan tabiiy gaz ham metandir.
Meteor- Quyosh sistemasidagi asteroid va kometalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Meteorlar kosmik fazodan Yer atmosferasiga, havo qatlamiga kirar ekan, havoga ishqalanish natijasida 2000-3000°C gacha qiziydi va yonib yo‘q bo‘lib ketadi. Lekin yirik meteorlar atmosferada yonib ulgurmasdan Yerga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |