Maymun-
Maymunjon-(Rubus caesius) ra`noguldoshlar oilasiga kiradigan, bo`yining balandligi 50-150 sm ga yetadigan, yovvoyi holda o`sadigan, mevasi mayda bo`lgan buta. Uning poyasi ko`pincha yotib o`sadi. Bir yillik novdalarida tikanlari ko`p bo`ladi, ba`za dag`al tuklar bilan qoplanadi. Mevasi iyun-iyulda pishadi. Maymunjonning mevasi danakli, qora, yumshoq etli bo`lib, vitaminga boy o`simlik. Maymunjondan , asosan qiyom, murabbo tayyorlash uchun foydalaniladi. May – iyun oylarida gullab, iyun – iyulda meva tugadi. Maymunjon to`qaylarda, ariq, buloq bo`ylarida, tog` yonbag`irlarida o`sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |