Imitatsion modellashtirish usuli
Imitatsion modellashtirish usuli tizim strukturasining variant- larini, tizimni boshqarish turli algoritmlar samarasini, tizimning turli parametrlarini o‘zgarishining ta’sirini baholash masalalarini inobatga olib, S katta tizimlar tahlili masalalarini yechishga imkon beradi. Samaradorlikni baholashning ba’zi mezonlari bo‘yicha opti- mal boigan maium chegaralanishlarda berilgan xarakteristikalari bilan tizimni yaratish talab qilinganda imitatsion modellashtirish katta tizimlarning strukturaviy, algoritmik va parametrik sintezi asosida qo‘yilishi mumkin.
Imitatsion modellar asosida tizimlaming mashinali sintezi masalalarini yechishda, qayd qilingan tizimning tahlili uchun modellashtirish algoritmlarini ishlab chiqishdan tashqari, tizimning
optimal variantini qidirish algoritmini ham ishlab chiqish kerak. Mashinali modellashtirish uslubiyatini asosiy mazmuni berilgan modellashtirish algoritmlari bilan tizimlarning tahlili va sintezi masalalariga mos keluvchi ikkita asosiy bo‘limga ajratamiz: statika va dinamika.
Do'stlaringiz bilan baham: |