Kalit so‘zlar: kitobxonlik madaniyati, oila, ibrat bo‘lish, targ‘ibot
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning
to‘rtinchi yo‘nalishida belgilab berilganidek ―Yoshlarni ma‘naviyatini yuksaltirish,
ular o‘rtasi kitobxonlikni keng targ‘ib qilish‖ g‘oyat muhim hisoblanadi.Yosh
avlodni bilimli bo‘lishida kitobning ahamiyati beqiyos ekani hech kimga sir emas.
Shuni hisobga olgan holda, oilada kitobxonlikni yosh avlod ongiga singdirishda katta
avlod vakillari o‘rnak bo‘lishi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondashuv turli davrlarda turlicha
bo‘lgan. Har bir davrning o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi
belgilangan.Binobarin, har qanday davlatning kuch qudrati o‘z fuqarolarining
ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e‘tibor
berilgan. Bugungi kunda ―Mutolaa madaniyati‖ , ―Kitobxonlik madaniyati‖ , ―O‘qish
madaniyati‖ kabi atamalar bilan qo‘llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot
olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir.
―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
259
www.academiascience.uz
Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5
tashabbus doirasidagi to‘rtinchi tashabbusda ―Yoshlarni ma‘naviyatini yuksaltirish,
ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish‖ bo‘yicha tizimli ishlar tashkil
etilmoqda.Respublikamizdagi barcha jamoat tashkilotlarida, u xoh ta‘lim maskani,
xoh shifoxona yoki oshqatlanish joyi bo‘lsin mo‘jazgina kutubxonalarning tashkil
etilayotganligi ham fikrimizning yaqqol namunasidir.
Kitob o‘qigan va o‘qiganini uqqan insondan hech qachon yomonlik, g‘araz
niyatlar, mudxish fikrlar chiqmaydi.Ilmli inson doimo ezgulikni o‘ylaydi, o‘zgalarga
yaxshilikni ulashishni istaydi.
―Mutolaa‖ so‘zi arabcha ―o‘qish‖ degan ma‘noda kelsada, bugungi kunda u
kitob o‘qishdan ko‘ra kengroq tushunchani anglatmoqda.‖Mutolaa‖ madaniyati
ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma‘lumot olishiga
yo‘naltirilgan jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida
yuz beruvchi o‘zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, meyorlar kabi boshqa bir
manbalardir.
Prosessor E.I.Yo‘ldashev ―O‘qish madaniyati‖ tushunchasiga shunday ta‘rif
beradi: ―O‘qish madaniyati – juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, kitobga qiziqish
va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi
maxsus bilimlarga ega bo‘lishni, shuningdek kitobdan to‘la ravishda foydalanishga
yordam beruvchi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Yosh avlodga zamonaviy ta‘lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy
qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy,
ma‘naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish davlatimizning doimiy
diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Mustaqil O‘zbekistonnig kelajagi ko‘p jihatdan barkamol,salohiyatli avlodni
tarbiyalashga bog‘liq. Shunga ko‘ra, davlatimiz va jamiyatimiz uchun xizmat
qiladigan yetuk, sog‘lom, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalashdan
iboratdir.
Ma‘lumki, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq sog‘lom avlod tarbiyasi
ustuvor yo‘nalish deb belgilandi. Sog‘lom avlodni tarbiyalashda bu yuksak
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, ma‘naviy boy, axloqan yetuk, intelektual
rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora tadbirlarni
amalga oshirish asosiy vositalardan hisoblanadi.
Bobokalonlarimiz bolani har tomonlama uyg‘un rivojlantirishga kata e‘tibor
qaratishgan. Shu bois respublikamizda sog‘lom avlodni tarbiyalash maqsadida bola
tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarishva unga vatanparvar , mehr –
muxabbatli , insonparvar qilib tarbiyalashni bola tug‘ilishidanoq boshlashni va uni
Do'stlaringiz bilan baham: |