O’rganish strukturasi.
Britaniya singari juda ham raqobat kuchli muhitda biznes faoliyatini
yuritishiga qaramasdan, riteyler Tesco kompaniyasi savdolarning bozorlardan
boshqa joylarda davom etishi naqadar muhim ekanligini anglab etmoqda. Buni
amalga oshirish uchun esa kompaniya Tesco in a Box vositasidan foydalanadi. Bu
mukammal ishlangan informatsion texnologiya tizimi bo’lib, kompaniyaning
xalqaro biznes operatsiyalari uchun ishlangan modeldir. Bu yondashuv
operatsiyalarning muntazam borishiga va innovatsiyalarning keng tarqalishiga
sharoit yaratadi. Tesco aynan o’rganish strukturasiga misoldir, bunday tashkilotda
muntazam ravishda o’rganish va o’zgarish uchun sharoit yaratiladi. “Bugungi
menedjmentning asosiy vazifasi bilimli mutaxassislarni muntazam ravishda
yechimsiz muammolarga yechim topish uchun rag’batlantirishdir”. O’rganish
strukturasida esa ishchilar muntazam ravishda bir-birlari bilan bilimlarini
bo’lishadilar va o’rganilgan yangi bilimlarni ish va qaror qabul qilish jarayonlarida
ishga soladilar. Ba’zi tashkiliy nazariyachilar tashkilotning bu siyosatni olib
borishi – ya’ni o’rganish va o’rganilgan bilimlarni qo’llashga undash –
raqobatlarda ustunlik beruvchi yagona
yo’ldir, deb ta’kidlashadi. O’rganish
strukturasi
qanday
strukturaviy
xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
Butun
tashkilot
bo’ylab
barcha
ishchilar
–
turli
xil
funktsional
mutaxassisliklarga ega bo’lgan va turli
tashkiliy
darajalardagi
ishchilar
informatsiya bilan bo’lishishlari va ish
jarayonlarida hamkorlik qilishlari kerak.
Bunday muhit uchun esa strukturaviy va
jismoniy to’siqlarning minimal bo’lishi
talab etiladi, bu esa ishchilarning tashkilot ishlarini hamjihatlikda olib borilishiga
yo’l ochadi va shu orada ular bir-birlaridan o’rganishadi
29
. Bundan tashqari,
bunday ishchilar jamoasi tashkilot strukturaviy dizaynining asosiy xususiyatiga
aylanib qoladi. Bunday jamoalar loyiha uchun kerakli bo’lgan barcha qarorlarni
29
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 280-310-betlar.
Masofadan turib boshqarishning
ijobiy va salbiy tomonlari bordir.
Ijobiy
tarafi
shundaki,
bu
ishchilarga
kreativ
bo’lish
imkoni yaratadi va ularning
o’sishi uchun sharoitni yaratadi.
Salbiy tarafiga esa qaror qabul
qilish, ishchilarni jalb qilmasdan
jarayonlarni
olib
borish
va
ishchilarni
boshqarishdan
uzoqlashishni anglatadi.
96
qabul qila oladilar. Bunday ishchilar va jamoalar bor joyda nazorat uchun
menejerlarning bo’lishi talab etilmaydi. Aksincha, menejerlar bunda murabbiylik
vazifasini olib borishadi
30
.
Do'stlaringiz bilan baham: |