tashqi muhitga tarqatish u yoki bu shaklda umumlashtirilgan natijalarni tayyorlash.
Ko’rsatilgan vazifalar belgilangan tuzilmalarni ajratish orqali detallashtirilishi
ko’rsatadigan keng xizmat ko’rsatish doirasiga ega bo’lgan yirik korxonalarga
Shunday qilib, firma innovatsiya boshqaruvining nazariy modeli o’ziga
143
Sifatni boshqarishga zamonaviy yondashishning mohiyati «iste’molchilar
talabini qondirish» so’zi orqali ifodalanishi mumkin.
Bu lozung odatiy bo’lmagan tarkibga ega:
bunga ko’ra mijoz bu nafaqat oxirgi iste’molchi balki ishlab chiqarish
jarayonining har bir ishtirokchisi hisoblanadi. Boshqa so’z bilan aytganda, har bir
ishchining asosiy vazifasi bo’lib, texnologik jarayonning keyingi ishtirokchisi
talablariga to’g’ri keladigan mehnat sifatiga erishish hisoblanadi. Sifatni
boshqarishning bunday falsafasiga rioya qilish oxirgi iste’molchining talabini to’la
qondirish imkonini beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki,
mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash tizimli yondashuv usulining asosi
bo’lib hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlari asosida tizimli yondashishni qo’llandan oldin tovar va
xizmatlarning chiqish parametrlari tuziladi, ya’ni nima ishlab chiqarish, qanday
sifatda, qanday xarajatlar bilan, kimga va qanday narxlarda sotish kabilar.
Meyorlar bo’yicha tovar chiqishi raqobatbardosh bo’lishi lozim.
Keyin esa kirish parametrlari ya’ni jarayon uchun qanday resurs va axborotlar
kerakligi aniqlanadi.
Resurs va axborotlarga talab tashkiliy - texnik va ishlab chiqarishning
ijtimoiy darajasi: texnik darajasi, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkillashtirish,
personalni boshqarish va tashqi muhit parametrlarini o’rganishdan keyin
bashoratlanadi.
Bunday holatda tovarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun:
marketing tadqiqotlarining natijalari tovar etkazib berish vaqtiga eng
so’ngi yangiliklarni ta’minlab berishi kerak;
«kirish» tizimining a’lo sifatda bo’lishi;
tashkiliy-texnik va ijtimoiy tizimlar sifatli «chiqish»da sifatli «kirish»
tizimlarini ishlab chiqish imkoniga ega bo’lishi kerak.
«Chiqish» tizimining yuqori sifatini ta’minlash uchun birinchi navbatda
«kirish» tizimini yuqori sifatini ta’minlash kerak.
Keyin esa tashqi muhit va jarayonlarning yuqori sifatini ta’minlash kerak.
Agar «kirish» sifati korxonada qoniqarli bo’lsa (korxona texnologiyasi, kadrlari,
jihozlari), u xolda «chiqish» sifati ham qoniqarli bo’ladi.
Agar «kirish» sifati a’lo bo’lib, jarayon sifati qoniqarli bo’lsa, u xolda
«chiqish» sifati ham qoniqarli bo’ladi, ya’ni «chiqish» sifatining bahosi undan
oldingi elementlarning eng past bahosiga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: