Uchinchidan, ta'limning davomiyligi bor-yo‘g‘i +1,5 yilga farq qilishini ko‘rish mumkin. Yuqorida qayd etib o‘tilgan davlatlarda ushbu ko‘rsatkich xususan, Ispaniyada +7,5 yil bo‘lsa, Portugaliyada +8,1 yilni tashkil etmoqda.
Mamlakatimizda inson kapitalining rivojlanish darajasining o‘rtacha guruhiga kirishini qayd etishimiz mumkin. Shu boisdan, aytish lozim, inson kapitali rivojlanishining yuqori guruhi darajasiga olib chiqish masalasi dolzarb masalaga aylanishi lozim.
Biz mazkur vazifaning nechog‘liq muhim ahamiyatga ega ekanligini Prezidentimiz tomonidan ta'kidlangan “Eng ko‘p talab qilinadigan va o‘zini eng ko‘p oqlaydigan sarmoya – bu inson kapitaliga yo‘naltirilgan sarmoyadir” – degan so‘zlari orqali ham ifodalashimiz mumkin.
Shu jihatdan olib qaraganda, aholining yuqori miqyosda ijtimoiy soha xizmatlari bilan qulay va samarali tarzda ta'minlanishi inson kapitali yohud taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.
2015 yil sentyabr oyining oxirlarida BMT Assembleyasining 70-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan ma'ruzada inson taraqqiyotini rivojlantirishga doir maqsadlarini ko‘rsatib o‘tdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston uchun 2030 yilga borib aholi daromadi jahondagi o‘rtacha daromaddan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirishdir.
Resurslarning global darajadagi muhim shakllaridan biri inson kapitalida mujassamlashgan va u mamlakat aholisining ma'lumoti sifatida va malakasida namoyon bo'ladi. Jahon bankining yaqinda o'tkazgan tadqiqoti shuni ko'rsatdiki, Jahonda to'plangan boylik qiymatining deyarli uchdan ikki qismi inson kapitalida jamlangan ekan. Inson kapitalining muhim ahamiyat kasb etishi sanoati yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda yanada yaqqolroq ko'rinadi. Masalan, Yaponiyada yer va tabiiy resurslar o'z iqtisodiy ahamiyati bo'yicha inson kapitalidan ancha ortda turadi. Shunday bo'lsada, Yaponiya veri aholi jon boshiga to'g'ri keladigan resurslar boyligi bo'yicha dunyoda uchinchi o’rinni egallaydi.
Aynan shu kabi, uncha katta bo'imagan tabiiy resurslar zaxirasiga ega orol davlat Singapur ham boy davlatlar qatoridan o'rin olgan, sababi yuqori ma'lumotli va tadbirkor insonlar kapitaliga egadir.
Mamlakat farovonliglning asosini tashkil etuvchi resurslarning qanday taqsimlanishini baholashga va ularning turli mamlakatlar o'rtasida nisbiy taqsimlanishini taqqoslashga bir necha marotaba urinib ko'rildi. Jahon bankining barqaror rivojlanish bo'yicha loyihasida dunyoning 192 mamlakatidagi farovonlik darajasinl baholashga harakat qilindi. Mamlakat boyligi kapitalning turli shakllari - ishlab chiqarilgan, tabiiy va inson resurslari birligidan iborat ekanini ochiq tan olinishi - boylik nimadan iborat ekani va u qanday qllib o'ichanishi to'g'risida yangi fikrlarga olib keldi. Jahon banki tomonidan taqdim etilgan ma'iumotlar, so'zsiz, taxminiy hisoblanadi va yanada chuqurroq tafsilotlarni talab etadi.
Mazkur loyihada inson resurslari ishlab chiqarilgan kapital va tabiiy resurslar omilining qoldig'i sifatida hisoblangan edi. Shu sababli bunday o'lchov nafaqat ta'lim, tajriba va malaka sifatida inson kapitalini, balki Ijtimoiy institutlarning iqtisodiy qiymatlnl ham o'z ichiga oladi. Bu qoldiq ko'rsatkichga shuningdek, jamiyatning unumdorlik xususiyatini yanada ko'tara oladigan madaniy omillar ham kiritiladi. Bu holatning muhimligi yana shundaki, inson kapitalini baholash iqtisodiy tizim samaradorligi bilan birlashtirilgan. Loyihadan olingan ma'iumotiarga muvofiq ravishda quyidagilar aniqlandi:
1. Umumiy boylikning o'rtacha uchdan ikki qismi yoki 64% alohida inson kapitali va ijtimoiy instltutlardan iborat bo'igan inson resurslarida mujassam
2. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan farovonlik ko'rsatkichi bo'yicha eng boy mamlakat - Avstraliya, u juda katta tabiiy resurslarga ega bo'lib, ular esa son jihatdan ko'p bo'imagan, biroq yuqori ma'iumotii aholi o'rtasida taqsimlangan.
3. "Eng yaxshi" 25 mamlakatning katta qismida tabiiy resurslar umumiy
boylikning 10%dan kamini tashkil etadi (ko'pgina mamlakatlarda esa 5%). Bu holat o'z navbatida, azaldan resurslarning ko'pligi emas, balki to'plangan inson kapitali ravnaq topish uchun aynan asos bo'lishini tasdiqlaydi.
4. Boyliklarning aholi jon boshiga notekis taqsimlanishi bo'yicha mamlakatlar o'rtasidagi farq, aholi jon boshiga to'g'n keladigan daromad notekisligiga nisbatan yaqqolroq namoyon bo'ladi. Mamlakatlarning ushbu ro'yxatida yetakchi bo'lganAvstraliya ro'yxatning so'nggida turgan Efiopiyaga nisbatan taxminan 500 marotaba ko'proq boylikka ega.ekan.
Global iqtisodiy rivojlanishning axborot yoki postindustrial deb nomlangan yangi bosqichiga o'tish sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda moddiy va moliyaviy investitsiyalarning, birinchi navbatda intellektual kapital tomon yo'naltirilganligi bilan tanildi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida “Inssad” xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” nomli ma’ruzasiga to’xtalib, bunday degan edi: “Ushbu ma’ruzada dunyoning 141 mamlakatidagi innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo’lib, mazkur ko’rsatkich bo’yicha bizning mamlakatimiz 35-o’rinni egallagan. Ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo’yicha esa O’zbekiston – shunga e’tibor beringlar –dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o’rinni band etgan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |